2026-05-14 10:48:00Tadbirlar 37

Andijon davlat universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida giyohvandlikka qarshi kurashish, uning kelajak hayotiga salbiy ta’sirini san’at orqali ifodalash hamda talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Men giyohvandlikka qarshiman” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Sport va madaniyat fakulteti tomonidan tashkil etilgan tanlovda talabalar giyohvandlikning sog‘liq, ruhiy holat va kelajak hayotiga salbiy ta’sirini turli san’at vositalari orqali mazmunli ifodalab, o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shdilar.
