0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Maxsus sirtqi bo'limi




SHAHOBIDDINOVA SHOHIDA HOSHIMOVNA
Bo‘limi boshlig‘i. Filologiya fanlari doktori, professor.
E-pochta: shohidas@rambler.ru
SHAVKATBEK MAXAMMADYUNUSOV
Bo‘lim metodisti
E-pochta:  muhammadyunusov_bek@mail.ru

Maxsus sirtqi bo‘limining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-son qaroriga muvofiq Andijon davlat universitetida ham  maxsus sirtqi bo‘limi tashkil etildi.

Qarorga muvofiq Andijon davlat universitetiga maxsus sirtqi bo‘limiga 3 yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan va saralash bosqichlaridan o‘tganlar pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2018 yil 14 fevral kuni Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, davlat-xusussiy sherikchilik asosida nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni bartaraf hamda istiqbolli vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018 yil 20 fevraldagi 2690-xx-son topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash masalasi haqida hamda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 14/1-987  sonli topshirig‘i ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyaisi majlisining 2018 yil 27 fevraldagi 14-son bayoni ijrosi yuzasidan maxsus sirtqi bo‘limi “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga 180 nafar talaba qabul qilindi.

2017-2018 o‘quv yilida Maxsus sirtqi bo‘limida jami 1173 nafar talaba (39 ta guruh) tahsil olmoqda.

Hozirgi kunda Maxsus sirtqi bo‘limida 2017-2018 o‘quv yilida 7 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, bular quyidagilar:

5111700

Boshlang‘ich ta’lim va sport- tarbiyaviy ish

5111800

Maktabgacha ta’lim

5111100

Musiqa ta’limi

5112100

Mehnat ta’limi

5112000

Jismoniy madaniyat

5110800

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

5110900

Pedagogika va psixologiya

Maxsus sirtqi bo‘limida 2017-2018 o‘quv yilining 1-semestrida quyidagi professor-o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini olib borishdi:

Ilmiy daraja

Professor-o‘qituvchining F.I.O.

Fani

1

Prfessor

T.Xasanov

Umumiy pedagogika

2

Dotsent va fan nomzodlari

M.Artiqova, A.Teshaboev, Z.Azimova, A.Negmatova, N.Abdullaeva, M.Xo‘jamberdiev

Umumiy pedagogika

S.Xoshimov, M. Alixojiev, D.Sobirova, E.Erkaev, E.Yusupov, M.Abdullaev

O‘zbekiston tarixi

M.Mamadaliev,F.Yunusov

Matematika

G‘.Jo‘raqulov, N.Noralieva

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

F.Kiyikboev, T.G‘aniev

Ona tili va adabiyoti

N.Xalimova

Umumiy psixologiya

T.Raxmonov, I.Umirzaqov

Rus tili va adabiyoti

3

Katta o‘qituvchi

I.Oxunov, F.Komilova, M.Qurbonova, I.Sattarova

Umumiy pedagogika

O.Abduraupov, E.Tojimirzaev, J.Xasanov, A.Xakimov, N.Xudoyorov

O‘zbekiston tarixi

B.Mamadaliev, A.Sotvoldiev, A.Ismanov, G.ismanova, I.Abdullaev

Matematika

Akmal Yuldashev

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

F.Musaeva, Yo.Altmisheva, M.Xudoyberdieva

Rus tili va adabiyoti

N.Jo‘raeva, Z.Jo‘raboeva

Ona tili va adabiyoti

B.Qo‘chqarov

Qalam tasvir

M.Karimova

Bolalar musiqa adabiyoti

F.Mirzabekova, Z.Dumaeva

Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi. Yosh fiziologiya va gigiena

R.Isaqov

Sport va harakat o‘yinlarni o‘qitish metodikasi

T.Yusupov

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

G.Mamajonova

Texnologiya ta’limi praktikumi

4

Assistent

M.G‘anieva

O‘zbekiston tarixi

A.Akbarov

Matematika

M.Jaynaqov, A.Abdurazzaqov, F.G‘offrov

Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish

S.Kamolxodjaeva, G‘.Xudoyqulov, O.Sultonqulov, Ye.Alekseenko, N.Xaydarova

Rus tili va adabiyoti

Professor - 1 ta

Dotsent va fan nomzodlari -21 ta

Katta o‘qituvchi -27 ta

Assistent-10 ta

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun sessiya oralig‘i nazorat ishlarini tayyorlash tartibi.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bo‘lim yakuni bo‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, maxsus sirtqi bo‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bo‘yicha o‘tiladigan boblar, bo‘limlar, mavzular yoki to‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bo‘yicha to‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi va har bir fan bo‘yicha 70 maksimal ballni tashkil etadi. Fanning boblari, bo‘limlari va mavzulari bo‘yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholash uchun ajratilgan 70 ball o‘zaro taqsimlanadi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishida fanning barcha bo‘limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, nazorat ishida qo‘yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-o‘qituvchining amaliy faoliyati bilan bog‘lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bo‘limi alohida mustaqil ish turini qo‘llashdan iborat topshiriqlar to‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bo‘yicha tuzish mumkin:

  1. Fan bo‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bo‘yicha aniq savollar ro‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bo‘lishi mumkin).
  2. Har bir fan bo‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bo‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bo‘lmasligi kerak).
  3. Har bir mavzu bo‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bo‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi.
  4. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar to‘plamini tayyorlash.
  5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba o‘tkazish mavzulari banki yaratiladi.
  6. Talabaning o‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga alohida individual variantdan iborat bo‘ladi.

Maxsus sirtqi bo‘lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari o‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Maxsus sirtqi bo‘lim”ga taqdim etiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida fan o‘qituvchilari tomonidan baholanadi.

Fan bo‘yicha yakuniy baholash uchun test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanadi va yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!