0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi




NURMATOV DILSHODBEK NABIJONOVICH
Bo'lim boshlig'i. Iqtisod fanlari nomzodi.
Telefon: 0(374) 223-83-70
Mob.: (90) 259-10-71
E-pochta: talimsifati@adu.uz
KURBANOV MUZAFFAR ABDUMUTALIBOVICH
Bosh mutaxassis
Telefon: 0(374) 223-83-70
Mob.: (93) 631-00-04
E-pochta: adusifat@mail.ru
KURBANOV ELBEK ELMURODOVICH
Bosh mutaxassis
Telefon: 0(374) 223-83-70
Mob.: (97) 338-80-20

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

OTM talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar holati, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

OTMni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

OTMdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

OTM Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish.

 

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi nizomi

Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan bizga murojaat yo'llang

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining

2018 yil I chorak (yanvar-mart) ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan

HISOBOTI

Andijon davlat universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.

Shu boisdan, ADU tarkibida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (kelgusida TSNQB, bo‘lim yoki Inspeksiya) tashkil qilinganligi yuzasidan universitet Kengashida e’lon qilinib, bo‘lim faoliyati bilan qisqacha tanishtirib o‘tildi va universitet rektorining 2018 yil 5 yanvardagi 3 - sonli buyrug‘iga asosan OTM tarkibiy tuzilmasi sifatida kiritildi. Shuningdek, bo‘lim Nizomi, bo‘lim xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari va ish rejalari namunaviy xujjatlar asosida ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishildi va OTM Kengashida tasdiqlandi.

Inspeksiya asosan oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, talabalari, kadr iste’molchilari (ish beruvchilar) va fuqarolarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan fikr-mulohaza, taklif, murojaat va e’tirozlarini o‘rganib borish, xamda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish va ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlar belgilash xamda yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlili asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqib, universitet rektori (Kengashi) va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga  taqdim qilish bilan shug‘ullanadi.

Shunga ko‘ra, TSNQB tomonidan 2018 yil I-chorak (yanvar-mart) uchun ish rejasi asosida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirildi:

Andijon davlat universitetining tajribali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi yordamida 8 ta fakultetlarda akademik guruhlarning kuzgi semestr reyting qaydnomalari tanlov asosida o‘rganilgan bo‘lib, ularda talabalarning bilimini baholashda xolislik, shaffoflik va sifat darajasi tahlil qilindi. Natijada, bugungi kunda OTMda tahsil olayotgan 7132 nafar talabalarning fanlarni o‘zlashtirish va sifati ko‘rsatkichlari fakultetlar kesimida tahlil qilingan bo‘lsa, yetarli reyting ballarni to‘play olmagan talabalar ko‘rsatkichlari va o‘zlashtira olmaganligi sabablari o‘rganildi.  Bundan tashqari, tanlov asosida 8 ta fakultetlarning 12 ta mutaxassislik yo‘nalishlari guruh talabalaridan olingan yozma ishlar natijalari yuqoridagi guruhlarda kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkich baholar (reyting qaydnomasi) bilan solishtirilib, o‘zlashtirishda va sifat ko‘rsatkichlarida farq qilgan xolatlar bo‘lim tomonidan tahlil qilindi, aniqlangan xolatlar tahlili asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, universitet rektori (Kengashi)ga taqdim qilindi.

Rejalashtirilgan ishlar mazmuni

Ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning qisqacha mazmuni

1.

OTM veb - saytida Bo‘limning maxsus sahifasini ochish va unda talabalar, professor - o‘qituvchilar, xodimlar va fuqarolarning murojaati, taklifi va e’tirozlarini qabul qilishni tashkil qilish.

Andijon davlat universiteti tarkibida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (TSNQB) tashkil qilinganligi yuzasidan www.adu.uz. veb-saytida bo‘lim maxsus sahifasi ochilib, unda bo‘lim to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, xususan, bo‘lim Nizomi va asosiy vazifalari, xodimlarning ismi-sharifi, aloqa bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar kiritildi. 

O‘z navbatida, kelgusida bo‘lim bilan oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, talabalari, kadrlar iste’molchilari va fuqarolarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan fikr-mulohaza, taklif, murojaat va e’tirozlarini o‘rganib borish, xamda unga ta’sir qiluvchi salbiy omillar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish va ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida, OTM veb-saytida bo‘limning “Ta’lim sifati” rukni ishga tushirildi. Hisobot davrida 10 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma tayyorlandi va OTM rektori (Kengashi)ga muhokama uchun taqdim qilindi. 

Bundan tashqari, TSNQB tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning joylardagi bo‘limlari, shu jumladan, OTMdagi TSNQB faoliyatlarini yoritish, unga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari xamda  kadrlar iste’molchilari (ish beruvchilar)ning bo‘lim xodimlari tomonidan ta’lim sifatini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlariga bo‘lgan qiziqishlarini qondirish maqsadida, “Andijon yoshlari” gazetasining 2018 yil 27 mart kungi 6-sonida “Ta’lim sifati – yutuqlar garovi” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Mazkur maqolada TSNQB faoliyati, qisqa muddat ichida ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirgan ishlari va universitetning mavkeini ko‘tarish borasida bajarilgan chora-tadbirlari yoritildi.

2.

Bo‘limning faoliyati uchun zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasini shakllantirish, uni belgilangan tartibda tasdiqlash va yuritilishini tashkil etish

Andijon davlat universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyatini to‘laqonli va samarali olib borish, o‘z navbatida, ularni qonuniyligi va amaldagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga mos ravishda olib borilishini ta’minlash maqsadida, bo‘limda me’yoriy-xuquqiy xujjatlar nomenklaturasi va ularning elektron shakli bazasi (belgilangan ro‘yhat asosida) shakllantirilib, bo‘lim faoliyatida foydalanilmoqda. O‘z navbatida, bo‘lim xujjatlarini to‘g‘ri yuritilishi, xususan, ularni me’yoriy qonunlar asosida ro‘yxatga olinishi, jamlanishi va saqlanishlarini tartibga solish maqsadida, tegishli “ro‘yxatga olish kitoblari” va “yig‘ma ishjildlar” yuritildi.

3.

OTM, fakultetlar, kafedralar va tegishli bo‘limlarning ish rejalarini tahliliy o‘rganish va ularning mazmunidan kelib chiqib, tegishli tarkibiy tuzilmalarga ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalarni kiritish bo‘yicha takliflar berish

Andijon davlat universitetida 1 ta boshqarma, 2 ta malaka oshirish (uning 5 ta kafedralari), axborot-resurs va axborot-texnologiyalari markazlari, 8 ta bo‘lim, 1 ta akademik litsey (uning 6 ta kafedralari) va 8 ta fakultetlar xamda ularning tasarrufidagi 31 ta kafedralarning 2017-2018 o‘quv yili (bo‘limlarda kalendar rejaga asosan 2018 yil) uchun Ish rejalari tarjribali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi yordamida tahliliy o‘rganib chiqildi. Biroq, olib borilgan o‘rganishlar davomida 2017-2018 o‘quv yili uchun ish rejalari “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi xamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini belgilash qoidalari” (Vaqt me’yorlari) va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga mos ravishda tuzilgan bo‘lsada, ularda bajarish muddati va ijrosini umumiy tarzda berilganligi, OTM, fakultetlar, kafedralar va tegishli bo‘limlarning ish rejalarini xar o‘quv yili uchun oldingi o‘quv yilining so‘ngida ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqligi kabi 10 ta taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, tahliliy ma’lumotnoma universitet rektoriga taqdim etildi.

4.

Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlarni ichki ekspertlarni jalb qilgan holda chuqur o‘rganish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va Davlat inspeksiyasiga taqdim etish

Universitetda “Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid” me’yoriy - huquqiy hujjatlarni chuqur tahlil qilish yuzasidan ichki ekspertlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra attestatsiya va akkreditatsiya o‘tkazishga oid ekspertlardan quyidagi takliflar olindi:

4-bo‘limning 34-bandiga - tayanch oliy talim muassasalari turdosh talim muassasalarining attestatsiyadan o‘tishida masulligini oshirish.

2-bo‘limning 10-bandi g qismiga - maktabgacha ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan OTMning maktabgacha talim muassasalari bilan xamkorligini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishda inobatga olish va boshqalar.

Takliflar kelgusida oliy ta’lim muassasalarni attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida qo‘llash va inobatga olish uchun Davlat inspeksiyasiga taqdim qilindi.

5.

OTMda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish

Universitetida 8 ta fakultet va ularning tasarrufidagi 31 ta kafedralarda o‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganib chiqildi va xujjatlar tahlil qilindi. Natijada, kafedralarda ishchi o‘quv rejalari, ishchi fan dasturlari va majmualar DTS talablari va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarga mos ravishda shakllantirilgan bo‘lsada, ayrimlarida O‘UMni sifatli qilib yaratishda muammolar mavjudligi aniqlandi. Shu sababli, kafedralarda O‘UMni yaratish bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf qilish va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular universitet rektori (Kengashi)ga taqdim etildi.

6.

Professor - o‘qituvchilarning yarim yillik shaxsiy ish rejalarining bajarilishini o‘rganish

Andijon davlat universitetida tajribali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tuzilib, ular 8 ta fakultet tasarrufidagi 31 ta, ADU akademik litsey tasarrufidagi 5 ta xamda XTXQT va MO xududiy markazi tasarrufidagi 6 ta, jami 42 ta kafedralar professor-o‘qituvchilarining “Vaqt me’yorlari” asosida shakllantirilgan shaxsiy ish rejalarni 1-yarim o‘quv yilida bajarilishi holatlari va to‘g‘ri taqsimlanganligi tahliliy o‘rganib chiqildi. Unga ko‘ra, kafedralarning professor-o‘qituvchilari o‘z shaxsiy ish rejalarini Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliginnig 2017 yil 7 avgust kungi 87-02-2574-sonli shaxsiy ish rejalarni shakllantirish jarayonida foydalanish uchun yuborilgan aloqa xati asosida 2017-2018 o‘quv yiliga mos ravishda tuzganligi va olib borayotganligi, biroq, Ilmiy-tadqiqot, Ma’naviy-ma’rifiy va Tashkiliy bo‘limlarda chora-tadbirlar aniq soatini yoki chop etiladigan maqola, tadbirlar va boshqa ishlarning sonini va vaqtini ko‘rsatishda ayrim tushunmovchiliklarga duch kelganligi ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra, kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini shakllantirishda foydalanish uchun 10 ta taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, tahliliy ma’lumotnoma universitet rektoriga taqdim etildi.

7.

OTM moddiy - texnik bazasini o‘rganish

Universitetda 8 ta fakultet va ularning tasarrufidagi 31 ta kafedralarda moddiy-texnik bazasining holati o‘rganib chiqildi. Natijada, bugungi kunda kafedralar ixtiyorida jami 260 ta auditoriyalarni mavjudligi, ularning 89 tasini amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan maxsus o‘quv xonalarni tashkil qilishi aniqlandi. Mazkur 89 ta xonalarda foydalanish uchun 50 ta statsionar o‘quv prezentatsion, 39 ta multimedia qurilmalar va 686 ta kompyuter vositalari mavjud bo‘lib, biroq kafedralarda Wi-Fi xududlarni tashkil qilish, internet tezligi, 45 ta fanlardan laboratoriya ishlari uchun reaktivlar va shisha idishlarni yetishmasligi xamda 12 ta fanlarda esa zamonaviy jihozlarga extiyoj mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, universitet kafedralari tomonidan moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida 4 ta xalqaro grant: IQAT loyihasi doirasida 41140 AQSh dollari qiymatida orgtexnika vositalari (jami summa 68299 AQSh dollari), ModeHED loyixasi doirasida 16918 AQSh dollari qiymatida orgtexnika va tibbiy jixozlar (jami summa 51057 AQSh dollari), RENES loyihasi doirasida 40000 AQSh dollari qiymatida laboratoriya jihozlari (jami summa 93054 AQSh dollari) va KOICA loyihasi doirasida 12000 AQSh dollari qiymatida o‘quv adabiyotlari va orgtexnika vositalari, maxalliy grantlar doirasida esa jami 25 mln. 378 ming so‘m qiymatida kompyuter va boshqa turdagi orgtexnika vositalarini olinganligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, universitetda Fizika (5 ta), Biologiya va ekologiya (3 ta), O‘zbek tili va adabiyoti (3 ta), Pedagogika (2 ta), Falsafa (1 ta) va Milliy g‘oya: MAHT (1 ta) kafedralari tomonidan jami 15 ta innovatsion, funademental, amaliy va yosh olimlar loyihalarini qo‘lga kiritishganligi va jami 2 mlrd. 191 mln. 133 ming so‘m qiymatidagi loyiha dasturi doirasida nafaqat universitet moddiy-texnika bazasi, balki uning ilmiy salohiyatini ham oshirishiga samarali xizmat qilib kelayotganligini xamda xo‘jalik shartnomalari asosida OTM hisob raqamiga (Iqtisodiyot va Psixologiya) jami 8 mln. 626 ming 530 so‘m xisobida shartnoma pullarini tushirganligi, biroq, ayrim kafedralarda ushbu yo‘nalishda ishlar samaradorligini oshirish talab etilayotganligi aniqlandi.

Kafedralarda moddiy-texnik bazasi holatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular universitet rektori (Kengashi)ga taqdim etildi.

8.

OTM ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining fanlar bo‘yicha asosiy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini ARM va kafedralar kesimida o‘rganish

ADU Axborot–resurs markazi va 8 ta fakultetlar tasarrufidagi 31 ta kafedralarda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejadagi fanlarning o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holatlari o‘rganildi. Natijada, 2017-2018 o‘quv yili uchun 31 ta kafedralarning o‘quv rejasida jami 2924 ta o‘quv adabiyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ARM fondida ularning 2098 tasi bosma kitob shaklida va 150 tasi elektron shaklida (jami 2248 ta) mavjudligi, o‘z navbatida 2248 ta o‘quv adabiyotlarning 1373 tasi o‘zbek tilida, 588 tasi rus tilida va 287 tasi esa chet tillarida (224 tasi ingliz, 22 tasi nemis va 41 tasi fransuz) tashkil qilmoqda. Shu boisdan kafedralarda rejadagi asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi xolatlarini yanada samarali tashkil qilish, mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 mart kungi 87-02-788-sonli aloqa xati talablarini inobatga olgan xolda shaklllantirish zarurligi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular universitet rektoriga taqdim qilindi.

9.

Professor - o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini o‘rganish

ADUda 8 ta fakultetlar va ularning tasarrufidagi 31 ta kafedralarda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati o‘rganib chiqildi va qiyosiy o‘rganish orqali tahlil qilindi. Unga ko‘ra, universitetda asosiy, ichki va tashqi o‘rindoshlik va soatbayda asosida faoliyat olib borayotgan jami professor-o‘qituvchilar 730 nafarni tashkil etib, ularning 1 nafar akademik, 39 nafar fan doktori va 147 nafari esa fan nomzodlari bo‘lib, ilmiy saloxiyat 25,47 foizni tashkil etadi. Aytish joizki, universitet tomonidan so‘nggi 3 yilda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatni oshirish yuzasidan keng ko‘lamdagi ishlar bajarilgan bo‘lib, bunga 2016-2018 yillarda jami 21 nafar professor-o‘qituvchilar (ularning 8 tasi DCs va 13 tasi esa PhD) dissertatsiya mavzularini muvaffaqiyatli himoya qilganligi (2016 yilda 4 ta DCs, 2017 yilda 2 ta DCs va 6 ta PhD, 2018 yil I-chorakning o‘zida esa 2 ta DCs va 7 ta PhD ) ma’lum bo‘ldi.

Shunga qaramasdan, ayrim kafedralarda ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilar tarkibi yosh jihatidan katta yoshni tashkil etayotganligi bois, kelgusida OTM yosh tadqiqotchilari o‘rtasida ilmiy faoliyatni rivojlantirishga oid bir qator takliflar ishlab chiqildi va universitet rektori (Kengashi)ga taqdim qilindi.

10.

Professor – o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslarning o‘tkazilish holatini tahliliy o‘rganish

ADU tajribali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan 8 ta fakultet, 2 ta malaka oshirish markazlari, akademik litsey, Magistratura va Maxsus sirtqi bo‘limlardagi professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini o‘tkazilish holatlari o‘rganilmoqda. Shunga ko‘ra, xisobot davrida 102 nafar professor-o‘qituvchilarning dars jarayonlari tahlil qilingan bo‘lib, asosan ularning sifati va samarasi, me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni talab darajasida to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, axborot kommunikatsiya texnika vositalaridan samarali foydalanib kelishi va boshqalar o‘rganilmoqda.

Shu munosabat bilan ishchi guruhi tomonidan dars mashg‘ulotlarini o‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar,  ta’lim sifatini oshirish yuzasidan bergan fikr-mulohazalar va taklif-tavsiyalar bo‘limda jamlanib borilayotgan bo‘lib, o‘rganish natijalariga ko‘ra (bahorgi semestr yakuni bo‘yicha), tahliliy ma’lumotnomani universitet rektori (Kengashi)ga taqdim qilish rejalashtirildi.

11.

Kafedralarda mustaqil ta’limning tashkil etilganligini o‘rganish

ADU Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, 8 ta fakultet negizidagi 31 ta kafedralar va Talabalar turar joylarida mustaqil ta’limning tashkil etilganligi holatlari tahliliy o‘rganildi. Kafedralar tomonidan mustaqil ta’limni tashkil etishda keng ko‘lamdagi ishlar bajarilgan bo‘lishiga qaramasdan, ular tomonidan hujjatlarni yuritish ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, ayrim kafedralarda esa kompyuter va orgtexnika vositalari, zaruriy asbob-uskunalar, sport jihozlari, matoli materiallar, yangi o‘quv adabiyotlar, cholg‘u asboblari, internet va boshqa texnika vositalari bilan bog‘liq muammolarni mavjudligi sababli,  talabalarga mustaqil ta’limni tashkil etishda bir qator muammolar keltirib chiqarmoqda. O‘z navbatida, mustaqil ta’lim asosan referat, mustaqil ishi va bitiruv malakaviy ishlarini yozish xamda test yechish, og‘zaki va yozma so‘rovnomalar tashkil qilish orqali amalga oshirib kelinayotganligi, lekin uning zamonaviy metodlaridan samarali foydalanish amaliyotda kam qo‘llanilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur xolatlar tahliliy o‘rganilgan bo‘lib, ular yuzasidan mustaqil ta’limni oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi va 2018 yil 5 mart kungi Universitet Kengashida atroflicha muhokama qilindi.

12.

Kuzgi semestr yakuni bo‘yicha talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash

Andijon davlat universitetining tajribali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi yordamida 8 ta fakultetlarda akademik guruhlarning kuzgi semestr reyting qaydnomalari tanlov asosida o‘rganilgan bo‘lib, ularda talabalarning bilimini baholashda xolislik, shaffoflik va sifat darajasi tahlil qilindi. Natijada, bugungi kunda OTMda tahsil olayotgan 7132 nafar talabalarning fanlarni o‘zlashtirish va sifati ko‘rsatkichlari fakultetlar kesimida tahlil qilingan bo‘lsa, yetarli reyting ballarni to‘play olmagan talabalar ko‘rsatkichlari va o‘zlashtira olmaganligi sabablari o‘rganildi. Bundan tashqari, tanlov asosida 8 ta fakultetlarning 12 ta mutaxassislik yo‘nalishlari guruh talabalaridan olingan yozma ishlar natijalari yuqoridagi guruhlarda kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkich baholar (reyting qaydnomasi) bilan solishtirilib, o‘zlashtirishda va sifat ko‘rsatkichlarida farq qilgan xolatlar bo‘lim tomonidan tahlil qilindi, aniqlangan xolatlar tahlili asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, universitet rektori (Kengashi)ga taqdim qilindi.

13.

Oxirgi 3 yilda BMI va MD mavzularini ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste’molchilari) muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligini hamda ulardagi takrorlanishlarning mavjudligini o‘rganish

Universitetning 8 ta fakultet tasarrufidagi 31 ta kafedralarda Bitiruv malakaviy ishi (BMI) va magistrlik dissertatsisi (MD) mavzularining yo‘nalish xususiyatlari hamda maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda dolzarb muammolar asosida shakllantirilganligi va ulardagi takrorlanishlarning mavjudligi o‘rganildi. Natijada, deyarli barcha kafedralarda BMI va MD mavzulari yo‘nalish xususiyatlari hamda maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda dolzarb muammolar asosida shakllantirilganligi, biroq, ayrim kafedralarda bir-biriga yaqin yoki uning mazmunini aks ettiruvchi mavzularning 3 yil davomida takrorlanib kelinayotganligi aniqlanib, ularni mutaxassislar yordamida ekspertlik xulosasini olish va kelgusida tegishli chora-tadbirlarni belgilash uchun   OTM Kengashiga taqdim qilindi.

14.

Kadrlar iste’molchilarining fan dasturlari va bitiruvchilar malakasi  bo‘yicha fikr - mulohazalarini o‘rganish

Andijon davlat universitetini oxirgi 2 yilda tamomlagan bitiruvchilarini ishga joylashish holatlari monitoring qilindi. Natijada, TSNQB tashabbusi bilan Andijon davlat universiteti uchun asosiy kadr iste’molchilari (ish beruvchilar) hisoblangan Andijon viloyatidagi Bandlik bosh boshqarmasi, Xalq ta’limi boshqarmasi, Arxiv ishi bosh boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Iqtisodiyot va xududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, so‘nggi 2 yilda OTMni tamomlagan bitiruvchilarning nazariy bilim va mutaxassislik malakalarini baholab berish uchun aloqa xatlari bilan murojaat qilindi. Boshqarmalar tomonidan bitiruvchi kadrlarning bilim va mutaxassislik malakalarini baxolash yuzasidan bergan fikr-mulohazalari va e’tirozlari jamlangan bo‘lib, ularning natijalaridan kelib chiqib ta’lim sifatini oshirishda qaysi jabhalarga e’tibor qaratish kerakligi, zaruriy xolatlarda bitiruvchilar bilan ishlash jarayonlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish xamda kadrlar iste’molchilarining ushbu boradagi bergan fikr-mulohaza va e’tirozlari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi va universitet rektoriga taqdim qilindi.

15.

OTMda chet tilini o‘rganish bo‘yicha yaratilgan sharoitlarni tahlil qilish

Andijon davlat universitetining 8 ta fakultet, 2 ta malaka oshirish va 1 ta akademik litseylarda chet tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha kurslarning tashkil etilganligi va ularning samarasi o‘rganildi. Unga ko‘ra, universitetning Chet tillar fakultetida ingliz, nemis va fransuz tillaridan o‘z mutaxassislik yo‘nalishidagi talabalari uchun qo‘shimcha ilmiy to‘garaklarni faoliyat olib  borayotganligi, biroq, nomutaxassislik yo‘nalishidagi talaba va professor-o‘qituvchilarning chet tili bilimini oshirish yuzasidan alohida kurslarni tashkil qilinmaganligi sababli, ularni samarali tashkil qilish uchun bo‘lim tomonidan takliflar ishlab chiqilib, universitet rektori (Kengashi)ga taqdim qilindi.

16.

Chet tili o‘qituvchilarning til bilish darajasini tahliliy o‘rganish

2018 yilning 21-22 fevral kunlari tanlov asosida Andijon davlat universitetining Chet tillari fakulteti Ingliz tili yo‘nalishi 309 gurux talabalaridan Nazariy grammatika fani, Nemis tili yo‘nalishi 302 gurux talabalardan Til satxlarini o‘qitishga kommunikativ yondashuv fani, Fransuz tili yo‘nalishi 301 gurux talabalaridan Nazariy grammatika fani xamda Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish 302 guruh (o‘zbek tili) va 310 guruh (rus tili) talabalaridan Chet tili (ingliz) fanlaridan test sinovlari va anonim ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi. Test sinovi natijalari talabalarning kuzgi semester yakunida olingan baholari bilan solishtirilgan bo‘lsa, anonim so‘rovnomalarda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohaza va mavjud muammolar (dars jarayonlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan kam foydalanilishi, lingafon kabinetlaridan unumli foydalanilmayotganligi, chet tili fanlarini o‘qitishda turizm soxasidagi korxona-tashkilotlar bilan doimiy amaliy aloqalar olib borilishi, ARMni chet tillarda yangi o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanishi, chet tilidan talabalar bilmini baxolashda ko‘proq muloqot shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi va boshqalar) yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar (kafedralarda chet tilidan dars berayotgan professor-o‘qituvchilarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va boshqalar) ishlab chiqilgan bo‘lib, ular universitet rektoriga taqdim etildi.

17.

Mutaxassislik fanlarining chet tilida o‘qitilishi va rag‘batlantirish mexanizmlarini o‘rganish

Andijon davlat universitetinin 8 ta fakultetlar tasarrufidagi 31 kafedralarda mutaxassislik fanlarining chet tilida o‘qitilishi holati, uning universitet bo‘yicha salmog‘i va sifatlari xamda chet tilida dars beruvchi o‘qituvchi-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirib kelishi o‘rganildi. Natijada, 2017-2018 o‘quv yilida universitetda 15 nafar professor-o‘qituvchilar (shu jumladan akademik S.Zaynobidinov, professor R.Shamsutdinov, fan doktori O.Komilov, fan nomzodi R.Mullajonov, o‘qituvchi M.Zokirova va boshqalar) o‘z mutaxassislik fanlaridan ayrim mavzularini ingliz tilida olib borayotganligi va bosqichma-bosqich fanni to‘liq chet tilida o‘tishga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Chunki, bir tomondan mutaxassislik fanlarini chet tilida o‘qitilishi uchun mazkur professor-o‘qituvchilarni muayyan chet tili kurslarida mahsus tayyorgarlikdan o‘tishi talab qilinib, ularni o‘z ustida ishlashi, tilni mukammal yoki talab darajasida o‘zlashtirish lozimligi, ikkinchi tomondan esa talabalarni mutaxassislik fanlarni o‘zlashtirishda chet tilida tinglab tushinishda nutq malakalarini yo‘qligi bois, qator qiyinchiliklarga olib kelishi bilan kutilayotgan samaraga erishib bo‘lmasligi ham omil bo‘lmoqda. Shu sababli, bo‘lim tomonidan kafedralarda professor-o‘qituvchilar tomonidan mutaxassislik fanlarni chet tilida o‘tishini samarali tashkil etish, o‘qituvchi-mutaxassislarni mahsus tayyorgarlikdan o‘tkazish va rejali o‘qitish holati, uning universitet bo‘yicha salmog‘i va sifati xamda ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish (masalan, ustama xaq to‘lash, yillik o‘quv yuklamalarini kamaytirish va boshqalar) yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ular universitet rektori (Kengashi)ga taqdim etildi.

18.

Davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan talablar asosida tarkibiy tuzilmalardan OTM ichki attestatsiyasiga oid ma’lumotlarni olish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish

Andijon davlat universitetida ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida 2018 yil mart-aprel oylarida I-bosqich (savolnoma jadvali asosida kafedra, markaz va bo‘lim faoliyatlari o‘rganish) va may-iyun oylarida esa II-bosqich (o‘quv yili yakuni bo‘yicha savolnoma asosida yakuniy xulosa qabul qilish) orqali Universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazish loyihasi Kengashga muhokamaga berildi. Natijada, 2018 yil 5 mart kungi Universitet Kengashida oliy ta’lim muassasasining 8 ta fakulteti, ular tasarrufidagi 31 ta kafedralar, 1 ta o‘quv-uslubiy boshqarma, 7 ta bo‘lim, 1 ta litsey va uning tasarrufidagi 5 ta kafedralar, 4 ta markazlar (shu jumladan malaka oshirish markazi tasarrufidagi 6 ta kafedralar)ni ichki attestatsiyadan o‘tkazish qarori qabul qilinib, xozirda uning I-bosqich ishlari amalga oshirilmoqda.

19.

OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ular bilan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish

Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Aytish joizki, bugungi kunda universitetda alohida “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi tashkil qilinmagan bo‘lsada, iqtidorli talabalar bilan ishlash vazifalari OTMning Ilmiy va Manaviy-ahloqiy tarbiya  bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan reja asosida samarali bajarib kelinayotganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyati, turli xil tanlovlar, yoshlar olimlar ilmiy-amaliy loyihalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etishi Ilmiy bo‘lim tomonidan olib borilayotgan bo‘lib, bugungi kunda oliy ta’lim muassasasida jami 372 nafar iqtidorli talabalar bilan ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy loyihalari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar ustida izlanishlarni olib borayotganligi, respublika va mahalliy ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashib kelayotganligi, nomdor stipendiyalarning soxiblariga aylanayotganligi, respublika va halqaro olimpiada va sport turnirlarida nufuzli o‘rinlarni egallashib kelayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir.

Shunga qaramasdan, universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada rivojlantirish, ularni ilmiy faoliyatga yana ham qiziqtirish va kengroq jalb qilish ishlarini samarali tashkil qilishni qaytadan ko‘rib chiqish talab etilayotgan bo‘lib, asosiy e’tiborni talabalarni ilmiy sohada erishayotgan yutuqlarini kafedralar kesimida tanqidiy tahliliga qaratish lozimligi aniqlandi. O‘z navatida, o‘quv yili boshida iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bilan ishlarni yana ham samarali tashkil qilish, xususan, iqtidorli talabalarni xorijiy ilmiy jurnallarda maqola (tezis)lar chop etish va ixtirolarni yaratish orqali patentlarni qo‘lga kiritish xamda OTMda “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi”ni tashkil etish va boshqalarga oid tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, universitet rektoriga (Kengashiga) taqdim qilindi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!