0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

TTJ nizomi




«Talabalar turar joyi» to‘grisidagi

NIZOM

I. Umumiy qoidalar 

  1. Ushbu «Nizom» 2005 yil 9 aprrldagi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani bo‘yicha» maxsus metodologik komissiya qarori hamda OO‘MTV ning 2005 yil 18 maydagi 107-sonli «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida milliy istiqlol g‘oyasinii talabalar ongiga siigdirishda ta’lim jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va ta’limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2006 yil 17 yanvardagi 11-sonli "Talabalar turar joyi" buyrug‘i asosida ishlab chiqildi.
  2. Andijon Davlat universitetiga uzoq shahar va viloyatlardan kelib ta’lim   olayotgan   talaba,   magistr   va   tadqiqot   ishlari   olib borayotgan    aspirantlarni    vaqtincha    yashash    joyi    bilan    ta’minlash  maqsadida «Talabalar turar joyi» tashkil etiladi.
  3. Mazkur Nizom universitet rahbariyati  tomonidan shakllantirildi    hamda   o‘z   faoliyati    yo‘nalishiga,    ish   rejasi  va dasturiga, maxsus muxriga, shtat birligiga ega bo‘lib, talabalar uyining ma’muriy, xo‘jalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.
  4. Talabalar turar  joyida talaba  va o‘quvchilarning yashashi,  o‘z ustida  mustaqil ishlashi, dam olishi  hamda sport, san’at va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.
  5. Talabalar turar   joyining   moddiy-texnik   ta’minoti,   uni kapital  va   joriy  ta’mirlash.   binodagi   qattiq va  yumshoq  krovat, mebel,   xona   jihozlari    (ko‘rpa-to‘shak, yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini  saqlash, ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligani ta’minlash, kommunal-xo‘jalik xizmatlari  (issiq  va sovuq suv  ta’minoti,  kanalizatsiya,  issiq  suv quvurlarini ta’mirlash) va boshqa shart-sharoitlar ta’lim muassasasi tomonidan ta’minlanadi.
  6. Talabalar turar   joyi   olish   uchun   talaba (magistr, aspirant) fakultet  dekani   yoki  ma’naviy- ma’rifiy   ishlar   bo‘yicha   1-prorektor  nomiga   ariza yozadi   va   unga   pasport   nusxasini   ilova qiladi. Mazkur ariza o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgach, talabalar turar   joylariga   joylashtirish   bo‘yicha   ma’naviy — ma’rifiy   ishlar bo‘yicha  prorektor yoki  mazkur yo‘nalish  bo‘yicha dekan  o‘rinbosari va kasaba uyushmasi  ruxsati  bilan berilgan order    asosida    amalga oshiriladi.
  7. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba, magistr va aspirantlar   O‘zbekiston    Re.spublikasi    Ichki    ishlar    vazirligi tomonidan  ta’sis  etilgan  qoidalar asosida  vaqtincha    ro‘yxatga olinadilar.  Ro‘yxatga olish ishlari Boshqaruv raisi   (mudir)    va pasportist(ka) tomonidan amalga oshiriladi.
  8. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog‘lomlashtirish ishlari   va talabalar   turar   joyida   yashovchilarga    maishiy    xizmat   ko‘rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik ta’lim muassasalari rektori zimmasiga yuklatiladi.
  9. Talabalar turar joylariga o‘quv muassasasi ishchi-xizmatchilari, begonalar, o‘quvchi hamda talaba va aspirantlarning oila a’zolarini joylashtirish qat’iyan man etiladi.
  10. Talabalar turar joylarida yashash uchun to‘lov miqdori oliy ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan belgilanadi.

 

 II. Talabalar turar joyida yashovchilarning huquq va majburiyatlari

 

  1. Talabalar turar  joyida  yashovchilarning  huquqlari quyidagilardan iborat:

      -o‘ziga   ajratilgan   xonada   o‘rnatilgan   ichki   tartib -qoidalarga rioya qilgan holda yashash;

-talabalar   turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;

-foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta’mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni   bartaraf   etishni   so‘rab rahbariyatga murojaat qilish;

-talabalar   turar   joylarida   o‘tkaziladigan   ommaviy 

madaniy. sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;

-yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha ta’lim muassasasi

ma’muriyatiga takliflar bilan chiqish;

-«Talabalar kengashi» ning a’zolarini saylash va unga saylanish;

-«Talabalar kengashi» orqali talabalar turar joyining

maishiy ta’minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash  xonalarini  jihozlash   bo‘yicha   masalalarni   hal etishda ishtirok etish.

12.Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagi   majburiyatlar yuklanadi:

      -ichkn tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish;

-ma’muriyat bilan tuzilgan o‘zaro mas’uliyat to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga rioya qilish;

-navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda,    qavat   va    kirish joylarida navbatchilik     qilish,     dam     olish     joylarida     namunali tozalikni ta’minlash;

-gaz   va   elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

-yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;

-xonadoshlar hamda talabalar gurar joyida yashayotgan talaba yoki o‘quvchilar bilan samimiy va ahil munosabatda bo‘lish;

-qavat va seksiya sardorlari, talabalar kengashi raisi topshiriqlzrini   bajarish;

-talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifoner,   krovat,   tumbochka,   stol,   stul   va   h.k.)   namunali   darajada tutish;

-talabalar turar joyi  va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo‘yilgan  oynalarni sindirmaslik.  eshik qulflarini talabalar turar joyi mudiriniig ruxsatisiz almashtirmaslik;

-umumiy foydalanish joylariga o‘rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini  ehtiyot qilish, yuvinish  xonasi,    oshxona    hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari jixozlaridan to‘g‘ri foydalanish;

-elektr va gaz plitalaridan tejab foydalanish,   qo‘lbola elektr isitgich asboblaridan foydalanmaslik:

-jadval bo‘yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy  foydalani  joylarini  (xojatxona,  yuvinish xonalari, ovqat pishirish  xonasi  va boshqalar)  tozalash,  maishiy  chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga o‘z vaqtida chiqarib tashlash;

-talabalar  turar joyida  o‘tkaziladigan hashar, ko‘kalam-zorlashtirish   va   obodonlashtirish   ishlarida   muntazam,   faol qatnashish;

-talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki   ta’tilga,   dam   olishga,   amaliyotga)   xonadagi   jihozlar   va  xona kalitini talabalar turar joyi boshqaruvi raisi (mudir)ga topshirish.

-bitiruv   malakaviy   ishlarini   tutallagandan   so‘ng   yoki   ta’lim muassasasidan   chetlashtirish   to‘grisida   buyruq   chiqarilgan   taqdirda xona va  undagi  jihozlarni bir hafta muddat ichida talabalar turar joyi boshqaruvi raisi (mudir)ga topshirish.

  1. Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi:

-talabalar turar joyi boshqaruv raisi  (mudir)ning ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chib o‘tish;

      -yashash xonasida kir yuvish;

-xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz ko‘chirish;

-xonadagi elektr tarmoqlarini o‘z xohishicha o‘zgartirish   va qo‘shimcha yoritqich o‘rnatish;

-devorlarga turli rasmlar chizish, har xil qog‘ozlar yopishtirish;

-ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozini xona tashqarisidan yuqori eshitilishi, yuqori ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;

-elektr   isitgichlar    va   kerosindan   foydalanib   ishlandigan asboblarni ishlatish;

-begona odamga tunab qolish uchun joy berish;

-spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash, sotish taqiqlanadi.

  1. Talabalar turar    joyi    hayotida    faol    ishtirok    etayotgan, namunaviy xulqli talabalar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladilar:

-minnatdorchilik bildiriladi;

-maqtov yorlig‘i;

-esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi;

-moddiy rag‘batlantiriladi.

  1. Talabalar turar joyi  ichki tartib-qoidalarini  buzganlarga nisbatan quyidagi choralar qo‘llaniladi:

-ogohlantiriladi;

-talaba yoki o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkaziladi;

-hayfsan e’lon qilinadi;

-talabalar uyidan chiqariladi;

-ta’lim muassasasi rektoriga talabalar safidan chiqarish bo‘yicha taklif kiritiladi;

-talaba yoki o‘quvchilar o‘z turar joylarida foydalanib kelayotgan mol-mulkka   bevosita   yetkazilgan   xaqiqiy   zararni, agar zarar uni bartaraf egish mumkin bo‘lmagan kuchlar, noreal xo‘jalik tavakkalchiligi    oqibatida,  oxirgi    zarurat yoki zaruriy mudofaa natijasida kelib chiqqan bo‘lmasa to‘lashi shart.

 

III. Ta’lim muassasasi ma’muriyatining majburiyatlari

 

  1. Rektor, prorrktorlar, dekanlar, komendantlar talabalar turar joyi tozaligi, sanitariya holati,   talabalar  turar  joyida yashovchilarning daxlsizligi   va   tarbiyaviy   ishlar  samaradorligi  uchun mas’uldirlar
  2. Ta’lin muassasasi ma’muriyatining majburiyatlari:

-talabalar turar joyida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilishini taminlash;

-talabalar turar joyini tegishli  choyshab, yostiq jildlari  va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash;

-talabalar   turar   joyida   o‘tkaziladigan   tadbirlar,   madaniy-ommaviy ishlar hamda sport musobaqalarini o‘tkazishni ta’minlash;

-talabalar  turar  joyini   joriy  ta’mirlash   ishlarini  amalga oshirish;

-talabalar turar joyida yashash sharoitlarini tegishli me’yorlar asosida jihozlar bilan ta’minlash;

-talabalar turar joyida faoliyat yurituvchi shaxslarni zaruriy ish o‘rinlari bilan ta’minlash;

-talabalar turar joyida yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish  va qayta tug‘ilmasligining oldini olishdan iborat.

  1. Ta’lim muassasasi ma’muriyati har bir talabalar turar joyiga alohida mas’ul etib, talabalar turar joylari Boshqaruv raisi (mudir)ni tayinlaydi.

IV. Talabalar turar joyi faoliyatini va boshqaruvini tashkil etish. 

  1. Talabalar turar joyining o‘rnatilgan me’yoriy talablar asosida faoliyat yuritishi uchun shaxsan rektor mas’uldir.
  2. Talabalar turar joyida o‘quv zali, ma’naviyat va  ma’rifat xonasi,  dam  olish  (ota-onalar) xonasi,  gigiena xonasi,  tarbiyachilar xonasi, oshxsna, hojatxona, yuvinish  xonasi, dush  tashkil  etilishi lozim.
  3. Talabalar turar joyida kutubxona filiali tashkil etiladi va reja asosida o‘z faoliyatini olib boradi.
  4. Talabalar turar joyidagi oshxonalar gaz yoki elektr plitalari, stol-stul, suv tarmog‘i, sanitariya jihrzlari   bilan  ta’minlanishi hamda yong‘in havfsizligi talablariga to‘liq javob berishi shart.
  5. Talabalar turar joyidan  foydalanish, me’yoriy-axloqiy tartiblarga rioya qilinishini ta’minlash, talaba va o‘quvchilarga qulay sharoitni yaratish maqsadida talabalar turar joyi Boshqaruvi tashkil etiladi. Boshqaruv tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar oliy ta’lim muassasasi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi. Namunaviy shtat birligida ko‘zda tutulmagan xodimlar jamoatchilik asosida ishga jalb etiladi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

-Boshliq (mudir);

- Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir muovini-(Boshliq o‘rinbosari);

-Talabalar Kengashi raisi (Boshliq o‘rinbosari);

-pedagog-tarbiyachilar va boshqalar.

  1. Talabalar turar joyi Boshqaruvini tashkil etish, olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish mas’uliyati 1-prorektor zimmasiga yuklatiladi.
  2. Talabalar turar joyi boshqaruvining shtatlar   birligini ta’minlash,   ish  haqini  belgilash,  xodimlarni   ishga  jalb  etish,  ular tomonidan   o‘z  xizmat  vazifalarining  bajarilishini   nazorat qilish, talabalar uchun  zarur shart-sharoitlarni yaratib berish va ijtimoiy himoya qilish hamda istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida tashkiliy, xo‘jalik.     huquqiy-tarbiyaviy     ishlarni    olib    borish    mas’uliyati tegishli prorektorlar tomonidan amalga oshiriladi.
  3. Talabalar turar joyi boshqaruvi tarkibidagi barcha xodimlar rektor tomonidan tayinlanadi. Boshqaruvning yillik ish rejasi oliy ta’lim muassasalari Ilmiy kengashi tomonidan, tasdiqlanadi va har yarim yilda o‘z faoliyati bo‘yicha Ilmiy kengashga hisobot beradi.

Eslatma: Talabalar turar joylari joylashishi yaqin bo‘lib, ularda yashovchilar soni bir ming va undan ortiq bo‘lsa «Talabalar shaxarchasi» direksiyasi tashkil etilishi mumkin. Uning faoliyati ta’lim muassasasiga ajratilgan mablag‘lar va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

 

V. Talabalar turar joyi boshqaruvi raisi (mudir)ning vazifalari

 

  1. Boshqaruv raisi (mudir)-talabalar turar joyi faoliyatini tashkil etishning barcha yo‘nalishlari bo‘iicha umumiy rahbarlikni olib boradi.
  2. Boshqaruv raisi (mudir) lavozimiga tayinlanadigan shaxs tajribali bo‘lishi shart.

Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

-talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqadi;

-joriy yilda olib borgan faoliyati bo‘yicha har yarim yilda oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashiga hisobot beradi;

-talabalar turar joyi boshqaruvidagi    lavozimlarga    shtat birliklari asosida xodimlar va   ishchilarni   tanlaydi,   ishga   qabul qilish  va   ishdan   ozod   etish   bo‘yicha   o‘z   tavsiyalarini   rahbariyatga rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;

-talabalarni xonalarga joylashtiradi;

-sanitariya me’yorlarining bajarilishini ta’minlaydi;

-o‘riilarni talaba va o‘quvchiniig jinsi, fakultetlar bo‘yicha taqsimotini   brlgilaydi, ular   haqidagi   umumiy   ma’lumotlar   banki, axborotlar, statistik jadvallarni tayyorlaydi, ushbu   ma’lumotlar bilan   oliy   ta’lim   muassasasi   rahbarlarini   doimo   xabardor   etib turadi;

-talabalar turar joyining moddiy-texnik ta’minotini tahlil etadi.  ehtiyoj va talablar asosida zarur  materiallar, jihozlar uchun buyurtmalar beradi;

-talabalarning yashashi, dars tayyorlashi va dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

-pasport tizimi, talabalar uyiga kirib-chiqish qoidalarining qatiy bajarilishini ta’minlaydi;

-pedagog-tarbiyachnlar faoliyatini tashkil etadi;

-doimiy navbatchilikning uzluksizligini ta’minlaydi;

-haftalik yig‘ilishlar, tadbirlarda   ishtirok   etadi, talabalar turar joyiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha huquq-tartibot organlari, tashkilotlar, muassasalar    bilan    hamkorlikda    ish   olib boradi;

-nazoratchilar guruhi faoliyatini tashkillashtiradi hamda «Mahalla posbonlari», «Yosh posbonlar» bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlaydi;

-talabalar   bo‘sh   vaqtyni   foydali   mehnat   bilan   to‘ldirishni amalga oshiradi.

 

 VI. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirning vazifalari

 

  1. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir faoliyatini bevosita boshqaruv raisi (mudir) yo‘naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
  2. Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimiga tayinlanadigan shaxs oliy ma’lumotli va kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
  3. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

-talabalar turar joyi va uning hududidagi xo‘jalik ishlarini olib boradi;

-talabalarni   zarur   bo‘lgan   qattiq   va   yumshoq   mebellar,   xona jihozlari, yuvinish vositalari bilan ta’minlaydi;

-mavjud xo‘jalik muammolari va kamchiliklarni boshqaruv raisi (mudir) bilan birgalikda bartaraf etadi;

-xonalarni, o‘quv xonasini zarur jihozlar va vositalar bilan ta’minlab turadi;

-talabalar turar joyi hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlash-tirish, sanitariya ishlarini amalga oshiradi;

-talabalar turar joyining sovuq va issiq suv, gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanadi, kamchiliklarni bartaraf etadi;

-xona jihozlari (choyshablar, yostiq jildi, ko‘rpa-to‘shak, sochiqlar)ni davriy ravishda almashtirilishini amalga oshiradi;

-tegishli hududdagi ekologiya, atrof-muhit tozaligi, daraxtlarni parvarishlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib boradi;

-tegeshli hududdagi   elektr   tarmoqlari, yoritgichlar   ishlashini ta’minlaydi;

-xavfsizlik    va    yong‘in    xavfsizligiga    oid   ishlarni    amalga oshiradi;

-sanitar xonalar (gigiena xonasi, dush, hojatxona) faoliyatini nazorat qiladi;

-xo‘jalik sohasida xizmat qiluvchi texnik xodimlar- farrosh, vaxtyor, elektrik, santexnik, bog‘bon va boshqalarning faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi.

 

VII. Pedagog-tarbiyachi faoliyatini tashkil etish

 

  1. Pedagog-tarbiyachi oliy  ta’lim   muassasasi  prorektori     asosida talabalar turar joyi boshqaruviga jalb etiladi.
  2. Pedagog-tarbiyachi vazifasiga   jalb   etiladigan    shaxs   oliy pedagogik   ma’lumotli   va   kamida   5   yillik   ish   stajiga   ega   bo‘lishi lozim.
  3. Pedagog-tarbiyachi ma’naviy-axloqiy tarbiya   samaradorligi uchun  mas’uldir.   Pedagog-tarbiyachilarning  ish  vaqti   smena  asosida tashkil etiladi.
  4. Pedagog-tarbiyachilarning ish rejasi va dasturini ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha prorektor tasdiqlaydi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, yo‘naltiradi hamda boshqaradi.
  5. Pedagog-tarbiyachilar o‘z  faoliyatini  «Talabalar turar  joyi pedagog-tarbiyachilarining huquqiy maqomi va qoidalari» to‘g‘risidagi hujjat asosida amalga oshiradi.
  6. Pedagog-tarbiyachining vazifalari:

-talaba   va   o‘quvchilarning   bo‘sh   vaqtlarida  talabalar   ongi   va qalbiga hukumatimizning ichki va tashqi siyosati, Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan farmon hamda qarorlari, millny istiqlol g‘oyasini singdirish bo‘yicha dolzarb ma’naviy, huquqiy,   axloqiy  mavzular   bo‘yicha davra  suhbatlari,   treninglar   va boshqa turli tadbirlarni tashkil etadi;

-talabalar uchun sport-sog‘lomlashtirish seksiyalari faoliyatini tashkil qiladi;

-sotsiologik-psixologik so‘rovlar o‘tkazadi;

-ijtimoiy-axloqiy muhitni nazorat qiladi;

-talaba   va   o‘quvchilarning   o‘zini-o‘zi   boshqarish   jarayonini tashkil etadi, ularning ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi;

-milliy, umumbashariy qadriyatlarni targ‘ib etadi;

-sport (futbol.   basketbol,   shaxmat,   shashka,   stol  tennisi   va boshqa) turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etadi;

-ijtimoiy   himoyaga   muhtoj   talaba   va   o‘quvchilarga   moddiy yordamlar berish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.

 

VIII. Talabalar turar joyida talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruvini tashkil etish

 

  1. Talabalar turar joyida talaba va o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqaruvini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida «Talabalar kengashi» (keyingi o‘rinlarda «Krngash») tashkil etiladi.
  2. Kengash tarkibi umumiy ovoz berish  orqali, talabalar tomonidan saylanadi. Talabalar boshqaruvi a’zolari «yaxshi» va «a’lo» baholarga o‘qiydigan, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan, mustaqil fikrlovchi hamda jamoat ishlarida faol   ishtirok   etuvchi shaxslar bo‘lishi lozim.
  3. Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruvi   demokratik   asoslarga quriladi. Kengashning faoliyatini yo‘naltirish, muvofiqlashtirish ishlarini prdagog- tarbiyachilar amalga oshiradi.
  4. Kengash raisi bir yil muddatga saylanadi.
  5. Kengashning ish rejasi va  dasturi  kengash  raisi  tomonidan ishlab chiqilib, boshqaruv a’zolari, pedagog-tarbiyachilar bilan muxokama  qilinadi hamda o‘rnatilgan tartibda rektor tomonidan tasdiqlanadi.
  6. Har bir bo‘linma  va  qavatda  sardorlar  saylanadi.  Sardorlar yashovchilarning xona(geksiya)dagi mulkni, tozalik va tartib — intizomni sa^ashini  nazorat qiladi. Sardorlar Kengash qarorlariga asoslangan holda faoliyat olib boradi.
  7. Kengash o‘z faoliyatiii   «Talabalar   kengashi»  haqidagi  Nizom asosida tashkil etadi va olib boradi.
  8. Quyidagi masalalar Kengash bilan kelishilgan holda hal etiladi:

-ma’muriyat tomonidan yashovchining bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chirilishi;

-yashovchilarni rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rish.

  1. Ta’lim muassasalarida «Talabalar shaharchasi»   direksiyasi tashkil   etilgan hollarda  «Talabalar birlashgan    kengashi»    tashkil etilishi mumkin.  Mazkur kengash bir nechta talabalar turar joylari kengashlarini o‘zida  birlashtiradi  va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

 

 IX. Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlar

 

  1. Talabalar turar joyida  tarbiyaviy ishlar ta’lim  muassasasi faoliyatining ustuvor tarkibiy  qismi  sanalib, rektor rahbarligida tegishli bo‘limlar, jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshiriladi.
  2. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda shaxsan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor masul sanaladi. U talabalar turar joyi ma’muriyati, dekanatlar, kafedralar hamda professor-o‘kituvchilar tarkibi va   kasaba   uyushmasi   bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni boshqaradi.
  3. Talabalar turar joyida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar ta’lim muassasasining maxsus  ishlab chiqilgan  rejasi asosida turli davlat va jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda olib boriladi.

Talabalar turar joylarida badiiy va texnik ijodiy havaskor to‘garaklar, sport va turistik seksiyalar hamda qiziqishlar bo‘yicha klublar, shuningdek, fan, san’at, adabiyot namoyandalari bnlan uchrashuvlar, disputlar, tematik kechalar va bayram tadbirlari tashkil etiladi.

X. Talabalar turar joyida yashovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar

 

  1. Talabalar turar joyida vaqtincha foydalanilmay turgan xonalarda o‘rnatilgan tartibda turli xil  (pullik) xizmatlar tashkil etilishi mumkin.
  2. Talabalar turar joyida quyidagi xonalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:

-ma’naviyat va ma’rifat xonasi;    

-o‘quv va dars tayyorlash xonasi;

-kutubxona;

-dam olish xonasi (ota —onalar xonasi);

-gigiena xonasi;

-yuvinish xonasi;

-buyumlarni saqlash xonasi;

-oshxona;

-sport zali va boshqalar.

 XI. Talabalar turar joylari holatini nazorat qilish 

  1. Talabalar turar joylari holati ta’lim muassasasi rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan maxsus   reja  asosida   o‘rganib boriladi hamda uning natijalari Ilmiy kengashlarda muhokama etiladi.
  2. Talabalar turar joylari faoliyati ta’lim muassasasining tegashli prorektorlari tomonidan doimiy nazorat etib boriladi va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha   vazifalarni   amalga   oshirish   yuzasidan   rektorga takliflar kiritadi.
  3. Har bir talabalar turar joyida bildirilgan mulohaza va fikrlarini yozish uchun qaydnoma daftari (1 nusxa, muhrlangan) bo‘lishi lozim.
  4. Talabalar turar joylarida «Adolat qutisi» tashkil etiladi va yashovchilar tomonidan bildirilgan fikr- mulohazalar har haftada bir marta o‘rganilib, muhokaka qilinadi  hamda tegashli  chora —tadbirlar amalga oshiriladi. 

XII. Talabalar turar joylarini moliyalashtirish

  1. Talabalar turar joyi oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan mablag‘, byudjet, byudjetdan tashqari (to‘lov - kontrakt) tushadigan, tadbirkorlik asosida ishlab topilgan hamda o‘quvchi hamda talaba va aspirantlar istiqomat qilishlari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
  2. Talabalar turar joyi shtat birliklari amaldagi oliy ta’lim muassasalarining shtat birliklari asosida belgilanadi. 

XIII. Nizomga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va bekor qilish 

  1. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdrk kuchini yo‘qotgan deb  topish  Oliy   va  o‘rta  maxsus  ta’lim   vazirligi bilan  kelishgan holda universitet ma’muriyati  buyrug‘i bilan  amalga oshiriladi.

 

Talabalar turar joyiga kirish-chiqish tartibi

 

  1. Talabalar turar joyiga kirish va chiqish talabalik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
  2. Talabalar turar joyiga kirish yoki chiqishda ruxsatnoma talabalik guvohnomasi bilan birgalikda navbatchi eshikbonga hamda navbatchi-talabaga ko‘rsatilish shart.
  3. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarga yozgi vaqtda kech soat 2200 va  qishki  vaqtda  kech  soat  2100  gacha talabalar uyiga  kirishga ruxsat beriladi. Darsdan bo‘sh vaqtlarda turli    tashkilotlarda ishlaydiganlarning ro‘yxati  talabalar turar     joyi  boshqaruvi tomonidan tuziladi va tasdiqlab qo‘yiladi.
  4. Talabalar turar joyiga  kelgan mehmonlar, ota-onalar, qarindoshlar, do‘stlar va boshqa talabalarning kirish-chiqishiga faqat boshqaruv raisi yoki pedagog-tarbiyachi ruxsat berish mumkin.
  5. Chetdan kelganlar haqidagi ma’lumotlar (kelish va ketish vaqti, pasport nomeri, xona raqami  ko‘rsatilgan holda) qaydnoma daftariga yozib qo‘yiladi va ularning yotoqxonadan soat 20.00 gacha chiqib ketishi qat’iy nazorat ostida bo‘lishi shart.
  6. Talabalar turar joyi ichki tartib- qoidalarini, kirish -chiqish qoidasini buzgan talabalar ogohlantiriladi hamda rasmiy qayd etiladi, agar bu holat yana qaytarilsa u talabalar turar joyida yashash huquqidan maxrum etiladi.
  7. Talabalar turar joyi eshikboni, xodimlar va yashovchilar atrofda shubhali kishilar va buyumlarni ko‘rib yoki sezib qolganlarida zudlik bilan militsiya tayanch punktiga xabar berishlari lozim.
  8. Xalabalar turar joyi eshikboni tashqi va ichki telefon tarmog‘i bilan ta’minlanishi shart. Uning stolida tez yordam, militsiya, yong‘in xavfsizligi, rektor prorektorlar, fakultetlarning d«kanlari, elektr, gaz tarmoqlarining telefon raqamlari hamda talabalar uyi boshqaruvi raisining ish va uy telefon raqamlari bo‘lishi shart.

 

Talabalar turar joylarida yashovchilar amal qiladigan ichki tartib-qoidalar

 

  1. Talaba, magistr va aspirantlarning talabalar turar joylariga joylashishi order orqali amalga oshiriladi, order ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor va kasaba uyushmasi ruxsati bilan brriladi.
  2. Talaba, magistr va aspirantlar yashash davrida zarurat tug‘ilsa, belgilangan tartibda talabalar turar joyining bir xonasidan ikkinchi xonasiga   yoki   bir   talabalar turar joyidan   boshqa   talabalar   turar joylariga ko‘chib o‘tishi mumkin.
  3. Talabalar turar joyida yashovchilar shaxsiy mulkdan foydalanishi maxsus qayd etish qog‘ozi orqali amalga oshiriladi va ularni ehtiyotlash foydalaiishga olgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.
  4. Talabalar navbatchilik   jadvaliga   binoan   xonalarda,   qavat va kirish joylariga navbatchilik qiladilar, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlaydilar.
  5. Gaz va elektr asboblaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiladilar.
  6. Talabalar turar  joyidan  uzoq  muddatta  ketayotib   (dam  olishga, amaliyotga) talabalar uyi ma’muriyatini -yakki kun oldin yozma ravishda ogoxlantirib qo‘yishlari kerak.
  7. Kundalik ehtiyojga   ega   bo‘lmagan   katta   hajmdagi   shaxsiy   va qimmatbaho   buyumlarni   talabalar   turar   joyining   buyumlar   saqlash xonasiga  topshirishlari  kerak.   Buyum  saqlash  xonasiga topshirilmagan buyumlar uchun talabalar turar joyi ma’muriyati javobgar bo‘lmaydi.
  8. Talaba yashab   turgan   xonasi    va   boshqa   umumiy   foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozim.
  9. Hamxonalar va talabalar turar joyida yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo‘lish kerak.
  10. Talabalardan turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifonrr, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada tutish talab etiladi.
  11. Umumiy foydalanish joylariga o‘rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalaridan to‘g‘ri foydalanish lozim.
  12. Elektr va gaz plitalaridan to‘g‘ri hamda tejamli foydalanish, qo‘lbola elektr isitgich asboblaridan mutlaqo foydalanmaslik lozim.
  13. Talabalar turar  joyida  o‘tkaziladigan  hasharlarda,  tevarak-atroflarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish     ishlarida muntazam ravishda qatnashishlari lozim.
  14. O‘qishni bitirgan   talabalar   ikki   hafta   ichida   yashab   turgan xonalarini bo‘shatishlari kerak.

 

Talabalar turar joylari pedagog-tarbiyachilari faoliyatining huquqiy maqomi  va qoidalari

 

  1. Umumiy qoidalar
  2. 1997 yil      29      avgustda      qabul      qilingan      O‘zbekiston Respublikasining   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   qonuni,   Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’lim-tarbiya   sohasiga oid qabul qilingan farmon  va qarorlarda belgilangan    vazifalarning    bajarilishini ta’minlash,    kelajak    avlodni    komil    inson    etib    shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish  va  samaradorligani oshirish,   ta’lim   muassasalarida yuqori   malakali,   zamon  talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
  3. Oliy ta’lim muassasasi, fakultetlar, talabalar turar joylarida talabalarning o‘qish jarayoni va darsdan tashqari vaqtlardagi faoliyati tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash, talabalar turar   joylarida    ularni ijtimoiy  foydali fikrlar, qiziqarli tadbirlar    bilan    qamrab    olish,    ularning    ma’naviy  va madaniy dam olishlarini tashkil etish, fanlarni o‘zlashtirish va dars tayyorlash shart-sharoitlarini yaxshilash, talabalar turar joylariga kirish va chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilish, turli yot mafkuraviy oqimlarning maqsad va intilishlaridan ogoh etish, giyohvandlik, OITS (SPID) kabi illatlardan saqlash bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.
  4. O‘zbekiston qahramonlari, deputatlar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, huquqshunoslar va turli kasb egalari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, mulk va jihozlarni avaylash, yigitlar va qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzp. o‘zaro hurmat, yuksak ma’navny fazilatlarni kamol toptiryash kabi vazifalarni bajarish talabalar turar joylari pedagog-tarbiyachilari faoliyatining asosiy yo‘nalishidir.
  5. Talabalar turar joylari pedagog-tarbiyachilari faoliyatining asosiy qoidalari

Pedagog-tarbiyachining ish vaqti kech soat 2000 dan ertalab soat 800 gacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.

Pedagog-tarbiyachilar talabalar kengashi ishini tashkil etish va masuliyatini oshirishga ko‘maklashadi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda talabalar xulq-atvorini talaba lar kengashi muhokamasiga qo‘yadi.

Birkktirilgan talabalar turar joyida ta’lim-tarbiya jarayonini, qavatlar va xokalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki kosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni talabalar turar joyi Boshqaruv raisi (mudir) va ta’lim muassasasi rahbariyati e’tiboriga havola etadi.

Talabalar turar joyida «Namunali xona» ko‘rigani o‘tkazish, g‘olib xonani rag‘batlantirish va talabalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi.

Talabalar kengashi bilan hamkorlikda doimiy ravishda talabalar turar joyida pasport va kirish-chiqish tizimi, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini olib boradi.

Talabalar turar joylarida joriy etilgan tartib intizom va qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, axloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talaba va o‘quvchilarni muxokama qilish, ularni talabalar turar joyidan chetlatish bo‘iicha talabalar uylari ma’muriyati va fakultet dyakanlari, prorektorlarga ma’lumotlar kiritadi.

Talabalar turar joylarida o‘tkazilishi belgilangan tadbirlarni ta’minlamagan professor-o‘qituvchilar va kafedralar faoliyati bo‘yicha ularga ma’muriy-tashkilly choralar ko‘rish masalalarini qo‘yish xuquqlariga ega.

Talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan ma’naviy- ma’rifiy, huquqiy-tarbiyaviy tadbirlar «Ma’naviy-ma’rifiy masalalar» bo‘yicha prorektor va «Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi» tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga oshirilishini e’tiborda tutishi lozim.

 

Sh. Pedagog —tarbiyachilar faoliyatining asosiy mezonlari

 

Talabalar turar joyi pedagog —tarbiyachisi, avvalo, talabalarning hurmat e’tiborlarini qozonishi, ularning eng yaqin sirdoshi va maslahatgo‘yiga aylanishi, quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lishi lozim.

Talabalar turar joyi pedagog-tarbyayachilari hayotiy tajriba, ko‘p qirrali bilimga, ma’naviy-ma’rifiy sohada yuksak salohiyatga ega bo‘lishi, o‘zi va o‘zgalarni hurmat qila bilishi, ruxan tushkunlikka tushmaslik, qiyinchiliklardan cho‘chimaslik, o‘rnak bo‘lish, talaba va o‘kuvchilarni aniq maqsadlar sari yo‘naltirish qobiliyatini namoyon qilishi zarur.

Prdagog-tarbiyachi o‘zini o‘ta mas’uliyatli va sharafli bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashga daxldor, uning kelajagi va kamolotiga hissa qo‘shuvchi shaxs sifatida bilishi lozim.

 

 Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari

 

Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari quyidagilardan iborat:

-talabalar   ongiga   insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirib borish;

-talabalar  turar   joyi   «Ma’naviyat   va  ma’rifat»   xonalarida ma’naviy va ma’rifiy ishlar rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz bayramlari  va  tantanali  sanalarga  bag‘ishlab  ko‘zga  ko‘ringan  jamoat arboblari,   olimlar,   yozuvchilar,   shoirlar   va  san’at  arboblari  bilan uchrashuvlar,   suxbatlar  va  savol-javob  kechalarini  o‘tkazishda faol iigtirok etish, ta’lim muassasasi ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan kelishilgan   holda   talaba   va   o‘quvchilarning   muzeylar,   teatrlar   va ko‘rgazmalarga tashrifini tashkil etish;

-talabalarning huquqiy ongani oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida yilning har choragida xuquq-tartibot organlari-prokuratura, sud va militsiya xodimlari bilan   ta’lim    muassasasi    raxbariyati    tomonidan    rejalashtirilgan uchrashuvlarniig yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash;

-talabalarni ta’lim muassasasi hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari faoliyati, shuningdek bo‘lajak mutaxassislar sifatida qo‘yilgan talablar bilan tanishtirib borish;

-talabalar turar   joyi   mudiri   bilan   hamkorlikda   har   bir qavatda qavat boshligani tayinlash, tozalik, sanitariya hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;

-talabalar yashaydigan xonalarni o‘z vaqtida yumshoq jihozlar va choyshablar bilan ta’minlash, ularning belgilangan muddatda almashtirilishini nazorat qilish, ulardan asrab-avaylab foydalanish kerakligini tushuntirib borish;

-talabalar turar joylarida joriy qonun-qoidalarning bajarilishi   ta’lim   muassasasi, fakultetlar rahbarlari, talabalar uyi    komendanti    ko‘rsatmalariga    qat’iy    rioya     etilishi    borasida talabalar bilan davra suhbatlari o‘tkazib borish;

-talabalar turar joylaridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» xonalarida turli gazg‘ta va jurnallar bo‘lishi, ularning saqlanishini nazorat qilish;

-talabalar turmush hayotini doimiy kuzatib borish, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantirish, ozoda va tartibli xonalarni mukofotlashga tavsiya etish;

-talabalar turar joyi bo‘yicha yashovchilar ro‘yxati, ular haqida to‘la   ma’lumotlar   baiki   bo‘lishi, ularning   sog‘lig‘i, ruhiy   holati, ijtimoiy ahvolini o‘rganib borish va kam ta’minlangan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatnsh lozimligini rahbariyat oldiga qo‘yish, teshshli barcha ma’lumotlarni kompyuter tizimiga kiritilishi bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash;

-ish jarayonida aniqlangan maishiy-xo‘jalik sohasidagi kamchiliklar, nosozliklar, ya’ni issiq va sovuq suv, yoritgichlar bilan ta’minlash, umumiy foydalanish joylari va tartibbuzarliklar haqida talabalar turar joyidagi alohida navbatchilikni qayd etish daftariga yozish va talabalar turar joyi Boshqaruv raisi (mudir)ga xabar berish kabi vazifalardan iborat.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.   
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!