Jismoniy madaniyat fakulteti
|
JUMAQULOV ZOXIDJON PATIDINOVICH
Fakultet dekani. Dotsent.
Telefon: ish: 0(374)2258280; qo'l telefon: +998 93 255 06 03
Qabul kunlari: Har kuni
|
Fakultet dekani biografiyasi:
- 2000-2004 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
- 2004-2006 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yoʻnalishi magistranti
- 2006-2015 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi katta oʻqituvchisi
- 2015-2016 yy. - Andijon davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta oʻqituvchisi
- 2016- 2020 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
- 2020 y. fevral - h.v. - Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani
![]() |
Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti, sobiq Andijon davlat pedagogika institutining Ximiya-biologiya fakulteti qoshida “Jismoniy tarbiya” bo’limi sifatida 1958-yil tashkil qilindi. Shu vaqtda ximiya-biologiya fakulteti dekani G.Sh.Ilyasov bo’limga bevosita rahbarlik qildi. Shu yil jismoniy tarbiya mutaxassisligiga talabalar qabul qilindi.
1964-yilda kimyo, biologiya fakultetlari alohida mustaqil fakultetlarga ajratildi. Jismoniy tarbiya bo’limi biologiya fakulteti ixtiyoriga o’tkazildi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.X.Yunusov tayinlandi. Kafedralar soni ko’paydi, ularga iqtidorli yoshlar qabul qilindi. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.L.Myasnikov shu dargohda ish faoliyatini o’qituvchidan boshlab fakultet dekanigacha bo’lgan hamma bosqichlarni bosib o’tdi. Umrining so’nggi daqiqalarigacha yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdek oliyjanob ishga sarflab keldi.
Kurash bo’yicha G.G.Ayvazov, V.A.Alyoxin basketbol, R.R.Murtazin gimnastika, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Gaydes jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo’yicha yoshlarga ta’lim-tarbiya berdilar.
1965-yil “Jismoniy tarbiya” fakulteti mustaqil fakultet bo’lib ajralib chiqdi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi O.Z.Ergashev tayinlandi. Fakultetga talabalar o’zbek va rus guruhlariga alohida-alohida qabul qilindi. Fakultetning moddiy bazasi yaxshilandi. Kafedrada sezilarli o’zgarishlar qilindi. Fakultet talabasi F.Pak boks bo’yicha sobiq SSSR, Yevropa birinchiligida g’alabalarga erishib xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi, fakultetning obro’yi va nufuzi butun Respublikaga tanila boshladi.
1966 yil fakultetga tarix fanlari nomzodi, dotsent R.T.Komilov dekan etib tayinlandi. Fakultet terma jamoalari shahar, viloyat, Respublika birinchiligi musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib fakultetda sportning klassik kurash va milliy kurash hamda sambo turlari bo’yicha SSSR sport ustalari etishib chiqdilar.
1974 yilda fakultet dekani etib fakultetda uzoq yillar ishlab kelgan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.D.Myasnikov tayinlandi. Fakultetning o’qituvchilari SH.Abdullaev va N.Qoraboevlar taniqli olimlar tibbiyot fanlari doktorlari T.Murav’yov hamda A.Yarotskiylarning ilmiy rahbarligi va maslahatchiligi ko’magida ilmiy izlanishlar boshlandi. Talabalarni sportdagi muvaffaqiyatlari ham sezilarli darajada ortib bordi. Fakultet talabalari shahar, viloyat va Respublika miqyosidagi musobaqalarda qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultetda 3ta “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Sport o’yinlari va jismoniy tarbiya” kafedralari faoliyat ko’rsata boshladi. Fakultetga bir qancha iqtidorli yoshlar o’qituvchilikka qabul qilindi. O.J.Cholakov, N.K.Yuldashev, pedagogika fanlari nomzodi A.M.O’rinboev, V.S.Bayramova, Sh.G.Saidjonov, A.Madaminov, A.Mamatoxunovlarga o’zlarining ustoz va murabbiylar bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bordilar. Ular rahbarligida sport mahoratini oshirish guruhlarida shug’ullangan talabalar shahar, viloyat va Respublika birinchiligi musobaqalarida bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultet talabalari bir qancha yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnasha boshladilar. Og’ir atletika O.Turg’unov o’z og’irligi bo’yicha rekord o’rnatib, Xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi. Sobiq SSSR terma jamoa tarkibiga kiritildi. Fakultet talabalari S.Ulmasova 3000 m yugurishda SSSR va jahon rekordini o’rnatib SSSRda xizmat ko’rsatgan sport ustasi unvonini oldi. 1000 m ga yugurishda talaba Z.Axtyanova sobik SSSR rekordini o’rnatib xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi normasini bajardi. Andijonda chim ustida xokkey qizlar jamoasi vakillari, fakultet talabalari L.Axmedova, N.Nabatnikovalar SSSR birinchiligi g’olibligini qo’lga kiritib fakultetning nufuzli, butun mamlakat bo’ylab yoyilishida munosib ulush qo’shdilar.
Fakultetda ilmiy tadqiqot ishlarga alohida e’tibor berildi. Fakultet o’qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, mamlakatimizning etuk ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqalar yo’lga qo’yildi. Izlanuvchi tadqiqotchilik ishlariga aloxida e’tibor berildi.
Undan so‘ng fakultetga E.K.Xalilov (1988-1997) I.Mamatoxunov (1997-2000), N. Yuldashev(2000-2008), S.Niyazov (2008-2010), X.X. Soliev (2010-2013), B.M.Nosirov (2013-2020) lar dekan lavozimida ishlab keldilar. 2020-yil fevral oyidan fakultet jamoasini iqtidorli yosh olim, pedagogika fanlari nomzodi Jumaqulov Zoxidjon Patidinovich boshqarib kelmoqda.
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
![]() |
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi 1958-yilda Ximiya-biologiya fakulteti qoshida jismoniy tarbiya va sport turlari bo‘yicha nazariya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun tashkil etilgan.
Shu yildan pedagogika fanlari nomzodi A.Mamatoxunov kafedra mudiri lavozimida faoliyatini boshladi. Kafedraga bir qancha iqtidorli yoshlar o‘qituvchilikka qabul qilingan. O.J.Cholakov., N.K.Yuldashev, pedagogika fanlari nomzodi M.A.O‘rinboev, A.A.Abdullaev, V.S.Bayramova, Sh.G.Saidjonov, A.Madaminov, A.Mamatoxunovlar o‘zlarining ustoz va murabbiylar bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bordilar. Ular rahbarligida sport mahoratini oshirish guruhlarida shug‘ullangan talabalar shahar, viloyat va respublika birinchiligi musobaqalarida bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
1998-yil 28-noyabrda Jismoniy madaniyat fakultetida kunduzgi va maxsus sirtqi bo‘lim o‘quv jarayonlarini takomillashtirish maqsadida universitet Ilmiy Kengashining tavsiyasi bilan Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasiga aylantirildi.
Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasiga 1998-2010-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.X.Soliev, 2010-2014-yillarda katta o‘qituvchi T.I.Yusupov, 2014-2016-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.X.Soliev kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordilar.
2015-yil 25-avgustda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i va universitet Ilmiy Kengashning tavsiyasi bilan Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi deb yuritila boshladi.
2016-yilda Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasiga dotsent, belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni, Xalqaro toifadagi sport ustasi Z.Jumaqulov kafedra mudiri etib tayinlandi.
Kafedrada 16 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
№ |
Professor-o’qituvchining F.I.Sh. |
Ilmiy darajasi va unvoni |
Qaysi fandan dars beradi |
Rasm |
1 |
To’xtaxo’jaev Xanjarbek Baxodirovich |
Kafedra mudiri pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent |
1. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish 2. Jismoniy tarbiya metodikasi bo’yicha mutaxassislarini tayorlash modulining asoslari. 3. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyoti. 4. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi. |
![]() |
2 |
Saliev Xamidullo Xashimjonovich |
Kafedra professori, pedagogika fanlari nomzodi |
1. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish 2. Jismoniy tarbiya metodikasi bo’yicha mutaxassislarini tayorlash modulining asoslari. 3. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyoti. 4. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi. 5. Sport turlarini o’qitish nazariyasi va metodikasi |
![]() |
3 |
Jumaqulov Zoxidjon Patidinovich |
Kafedra dotsent |
1. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi 2. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi |
![]() |
4 |
Zuxritdinov Rustam |
Pedagogika fanlari nomzodi, katta o’qituvchi |
1. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi. 2. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish. 3. Jismoniy rivojlanishni nazorat qilishning nazariy va amaliy asoslari. |
![]() |
5 |
Nasirov Botir Munirovich |
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent |
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 2. Suzish va uni o’qitish metodikasi. |
![]() |
6 |
Yusupov To’lanboy Ibroximovich |
Kafedra dotsent |
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi |
![]() |
7 |
Ashurov Asadillo Abdusattorovich |
Katta o’qituvchi |
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 2. Suzish va uni o’qitish metodikasi. |
![]() |
8 |
Ibragimov Xasanboy Abdusalomovich |
Katta o’qituvchi |
1.Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi |
![]() |
9 |
Mirzakarimov Yuldashboy Abdinabiyevich |
Katta o’qituvchi |
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. |
![]() |
10 |
Madaminov Xayrullo Axmadjonovich |
Katta o’qituvchi |
1. Sport trenirovkasining nazariy asoslari. 2.Turizm va uni o’qitish metodikasi |
![]() |
11 |
Axmedov Erkinjon Mamirdjanovich |
O’qituvchi |
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. 2.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi |
![]() |
12 |
Mamadaliev Qudratbek Maripovich |
O’qituvchi |
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi |
![]() |
13 |
Xakimov Shoyatbek Tolibovich |
O’qituvchi, sport ustasi |
1. Turizm. 2.Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi |
![]() |
14 |
Ochilova Shoiraxon Abdurashitovna |
O’qituvchi, sport ustasi |
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi 2.Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi |
![]() |
15 |
Solaydinov Elmurod Shoroidinovich |
O’qituvchi, sport ustasiga nomzod |
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi 2.Kurash turlari va uni o’qitish metodikasi 3. Jismoniy madaniyatni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish |
![]() |
16 |
Mirzabekov Ibroximjon Adaxamjon o’g’li |
O’qituvchi |
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi 2. Suzish va uni o’qitish metodikasi 3. Jismoniy madaniyatni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish |
![]() |
17 |
Jo'rayev Bobomurod Ramozonali o’g’li |
O’qituvchi |
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 2. Suzish va uni o’qitish metodikasi 3. Jismoniy madaniyatni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish |
![]() |
18 |
Muxtorova Xusnida Abdug’oporovna |
O’qituvchi |
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 2. Suzish va uni o’qitish metodikasi 3. Jismoniy madaniyatni o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish |
![]() |
19 |
Eshpo’latova Dilnoza Mamaniyoz qizi |
O’qituvchi |
1. Bolalar va o’smirla sporti. 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. |
![]() |
20 |
Olimjonov Omadbek Odiljon o’g’li |
O’qituvchi |
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 2. Ta’lim muassasalarida sport mashg’ulotlarini tashkil e’tish va o’tkazish metodikasi |
![]() |
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida 2018-2019 o‘quv yili xolatiga ko‘ra bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 7 ta, magistratura mutaxassisliklariga 7 ta jami 14 ta fandan talabalarga bilim beradilar. Jumladan, bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, Turizm, Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, Suzish va uni o‘qitish metodikasi, Jismoniy mashqlar valeologiyasi, Sport trenirovkasining nazariy asoslari, Turizm va uni o‘qitish metodikasi; Magistratura mutaxassisliklari uchun esa Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi, Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ilmiy tadqiq qilish, Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, Jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyoti, Jismoniy tarbiya metodikasi bo‘yicha mutaxassislarini tayorlash modulining asoslari, Jismoniy rivojlanishni nazorat qilishning nazariy va amaliy asoslari, Sport turlarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanlaridan dars mashg’ilotlari olib boriladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida sportning kurash turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat yuritadi. To‘garakka kurash sport turi bo‘yicha Xalqaro toifadagi sport ustalari va sport ustaligiga nomzod malakali murabbiylar rahbarlik qiladilar.
To’garaklarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №237 buyrug‘ida keltirlgan iqtidorli talabalar bilan ishlash rejalari tuzilib ular bilan muntazam Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan to‘garagida mashg‘ulotlar tashkil etib kelinmoqda. Iqtidorli talabalarimiz sport musobaqalari hamda turli konferensiyalarda muntazam ishtirok etib qator yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Xususan, kafedra iqtidorli talabasi Iqboljon Xoldarov boks sport turi bo’yicha, Sodiqov Jasurbek dzyudo vas sambo sport turlari bo’yicha Respublikamiz va xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqdalar. 2018-yilda Iqboljon Xoldarov “Mard o’glon” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi hamda “Yil talabasi” Respublika ko’rik tanlovida faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek, u 2013-yil Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 3-o‘rinni, 2014-yil Bolgariyadagi Jahon chempionatida 3-o‘rinni, 2015-yil Ozarbayjon, Litva, Qozog‘iston davlatlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirlarida 1-o‘rinni, 2016-yil Rossiya Federativ Respublikasining Xanti-Mansiyskda o‘tkazilgan Jahon kubogida 1-o‘rinni, 2017-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni, 2017-yil Germaniya davlatida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida 2-o‘rinni qo’lga kiritdi.
Iqtidorli talabalarimizdan Sodiqov Jasurbek dzyudo sport turi bo’yicha 2 karra, sambo bo’yicha 5 karra O’zbekiston chempioni, 2014-yili sambo bo‘yicha Kiprda o’tgan Jahon chempionatida 3-o‘rinni, 2015 yilda Bosniya va Gersegovinada dzyu-do sport turi bo‘yicha o’tgan Jahon chempionatida 3-o‘rinni, 2015 yil Tailandning Bangkok shahrida dzyu-do bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni, 2015-yili Toshkent shahrida dyuz-do bo‘yicha Osiyo kubogida 3-o‘rinni, 2015-yil Qozog‘iston Respublikasi Karaganda shahrida dyuz-do bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida 1-o‘rinni, 2016 yilda Sambo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 3-o‘rinni, 2016-yil sambo sport turi bo‘yicha Ruminiyaning Buxarest shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 3-o‘rinni, 2017-yil Toshkent shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1 o‘rinni, 2018 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan dzyu-do bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo kubogida 2 o‘rinni, 2018-yil sambo bo‘yicha Gruziyaning Tblisi shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan.
Kafedrada O‘zbekiston Jismoniy tarbiya instituti va Andijon viloyati kurash federatsiyasi bilan xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasining yetuk professor-o‘qituvchilari hamda dotsentlari hamkorligida olib boriladi. Ulardan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya instituti professor o‘qituvchilari hamda dotsentlari J.Akramov, A.A.Ruziev, R.Hamraqulov, F.Kerimov hamda Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti dotsenti X. Tulenovalarni ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, Farg‘ona davlat universitetidan professor Sh.X.Xonkeldiev, dotsentlar S.Sobirov, A.Abdullaev, R.Hamraqulov hamda Namangan davlat universitetida dotsentlar X.Usmonov, S.Azizovlarni ilmiy va uslubiy aloqalarini ta’kidlash mumkin. Ular magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalar mavzusi bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlariga rahbarlik qilish hamda kafedra professor-o‘qituvchilari nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlashida maslahatlar berib borish uchun muntazam jalb etiladilar.
Kafedra bilan Andijon viloyati kurash federatsiyasi o’rtasida 5 yilga mo’ljallangan hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Andijon viloyati kurash federatsiyasi shartnomaga ko‘ra, fakultetda o‘tkaziladigan kurash musobaqalarida hakamlik qilish universitet tadbirlarida faol ishtrok etishlari, talaba yoshlarni qiziqishlarini inobatga olgan xolda sport turlariga yo‘naltirish ishida hamkorlik qiladi. Sport turlari bo‘yicha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratish kabi ishlarni amalga oshiriladi.
FAKULTETLARARO JISMONIY MADANIYAT VA SPORT KAFEDRASI
ODAM FIZIOLOGIYASI VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI KAFEDRASI
![]() |