MAMAJONOV ULUG`BEK IBRAGIMOVICH
Xo`jalik bo`limi boshlig`i
Xo‘jalik bo‘limi universitetning moliya va iqtisodiyot bo‘limi tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita prorektor boshqaruvida faoliyat olib boradi.Xo‘jalik bo‘limi o‘z tarkibida o‘quv bino va talabalar turar joylari obodonlashtirish, issiqlik, Mexnatni muxofaza qilish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
Xo‘jalik bo‘limi boshlig‘ini lavozim vazifalari:
- Rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish;
- Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- Universitet binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini boshqarish;
- Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish;
- O‘quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o‘quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini tashkillashtirish.
- Xonalardagi jihozlarni talab darajasida saqlanishini nazorat qilish;
- Jihozlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
- Xo‘jalik ishlariga ajratilgan mablag‘ va xo‘jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;
- Universitetga tashrif buyurgan mehmon va delegatsiyalarni qabuli bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
- Universitet atrof muhitini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;
- Universitetda o‘tkaziladigan majlis, konferensiya va shu kabi boshqa anjumanlarni tashkiliy ishlarini tashkil qilishi;
- Binolarda yong‘in xavfsizligi ishlarini tashkil qilish.
Bilishi kerak:
- Xo‘jalikni yuritishga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni universitet ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
Malaka talablari:
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Obodonlashtirish bo‘limi
Universitet xududini tozalash, obodonlashtirish xar xil chiqindilarni olib tashlash, daraxtlarga shakl berish, gullar ekish va parvarishlash, latoklarni tozalash, gulxonalarni yerlariga ishlov berish, maysalarni o‘rish, ma’muriyat tomonidan topshirilgan vazifalarni bajaradi.
Issiqlik bo‘limi
Universitetning barcha o‘quv va talabalar turar joyi binolariga markaziy qozonxona orqali issiqlik yetkazib berish ishlarini tashkil etadi.
Issiqlik bo‘limi xodimlari qozonxonadagi joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajaradi. O‘quv binolari va talabalar turar joyidagi issiqlik batareyalarini muntazam ishlashini tashkil etadi. Tashqi issiqlik uzatuvchi tizimlarni ta’mirlash ishlarini tashkil etadi.