|
Saida Zunnunova – taniqli shoira va yozuvchi. “Hurmat belgisi” nishoni sohibasi. 1941-1943-yillarda Andijon o’qituvchilar institutida tahsil olgan. «Gulbahor» hikoyalar to‘plami (1956), «Gulxan» (1958) povesti, «Olov» (1962), «Odamlar orasida», «Ko‘chalar charog‘on» (1965), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlari mashxur |
|
Farid Usmon – Taniqli yozuvchi, shoir, dramaturg. 1964-yilda Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. “Umid gulzori” (1976), “Navosiz navo” (1978), “Ul qaro ko‘z bo‘lmasa…” (1979), “Sochlaringda tun uyqusi” (1980), “Qadr kechasi”, “Jon qushi” (1997) kabi kitoblari, “Men kichikmas, kattaman”, “Bir juft binafsha”, “Oq oltin”ga ko‘k chiroq” singari bolalarga atalgan she’riy majmualar, “Ruh bulbuli” (2009), “Husn dovoni” (2006), “Yangi oy” (2011), “Meni sev” (2011) singari kitoblari chop etilgan. “Shahzod”, “Hovlidagi hangoma” kabi sahna asarlari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. |
|
Asqarov Ibrohim Rahmonovich – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi va ratsionalizator olim, O‘zbekiston Tibbiy ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar akademiyasi raisi, kimyo fanlari doktori, professor. 1970-yilda Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Umumta’lim maktablari uchun 7-8-9-sinflar uchun “Kimyo” darsligi muallifi. 02.00.09 - “Tovarlar kimyosi”, 14.00.41 - “Xalq taboboti” ixtisosliklari asoschisi. |
|
Ruslan Chagayev – Bokschi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi bo’yicha superog’ir vaznda jahon chempioni. 2002-yil Andijon davlat universitetini tamomlagan. Og’ir vaznda havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni. 91 kg vazn toifasida 4 karra O’zbekiston, 2 karra Markaziy Osiyo o’yinlari, bir marta Osiyo o’yinlari, 2 karra Osiyo, jahon chempioni. “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni (1998), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi (2000), “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. |
|
Muhammadqodir Abdullayev – Bokschi, 27-yozgi Olimpiya o’yinlari g’olibi. Yozgi Olimpiya o’yinlarida g’olib chiqqan birinchi o’zbek sportchisi. 2000-2004-yillarda Andijon davlat universitetida tehsil olgan. 1999-2000 yillarda O’zbekistonning eng zo’r sportchisi bo’lgan. 3 karra O’zbekiston, Markaziy Osiyo, 2 karra Osiyo, jahon chempioni, Jahon kubogi, Osiyo o’yinlari g’olibi. 2001 yilda Muhammadqodir Abdullayev tasvirlangan pochta markasi chiqarilgan. “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali (1995), “El-yurt hurmati” ordeni, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi” unvoni bilan mukofotlangan. |
|
Ruslan Nurudinov – Og’iratletikachi, 31-Olimpiya o’yinlari g’olibi, Olimpiya o’yinlari rekordchisi. Andijon davlat universitetida 2014-yilda bakalavriatura, 2016-yilda magistraturani tamomlagan. “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 2 karra Osiyo va jahon chempioni, Butunjahon universiadasi g’olibi. |
|
Xasanboy Do’stmatov – Bokschi, 31-Olimpiya o’yinlari g’olibi, Xalqaro Vel Barker kubogi sohibi. Andijon davlat universitetida 2016-yilda bakalavriatura, 2018-yilda magistraturani tamomlagan. O’zbekiston kubogi sohibi, ikki karra O’zbekiston, Osiyo chempioni, Butunjahon universiadasi g’olibi. “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. |
|
Firdavs Musabekov – Suzuvchi, “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 15-yozgi Paraolimpiya o’yinlari g’olibi, brass usulida 100 metrga suzish bo’yicha Paraolimpiya o’yinlari rekordchisi, Paraosiyo o’yinlari g’olibi, imkoniyati cheklangan sportchilar o’rtasida Jahon chempioni. |
|
Muslima Odilova – Suzuvchi, 15-yozgi Paraolimpiya o’yinlari ikkita kumush medali sovrindori. “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. |