0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Universiteti kengashi




 

“TASDIQLAYMAN”

Andijon davlat universiteti Kengashi

raisi, rektor Imzolangan A.S.Yuldashev

“29 ” avgust 2018 y.

 

Andijon davlat universiteti Kengashi to’g’risida 
Nizom

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to'g'risida”gi  Nizomga muvofiq universitet Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini  belgilaydi.

 I. Umumiy qoidalar

  1. Universitetning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko'rib chiqish uchun rektor raisligida universitet Kengashi tashkil etiladi.
  2. Ilmiy kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Kengashning boshqa  a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo’li bilan  saylanadilar. Professor-o’qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi  a’zolarning soni rektorning buyrug’i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga  universitetning muayyan yo’nalish muammolari bo’yicha ishlayotgan yirik  olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil. 
  3. Kengash tarkibi universitet rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Xar o’quv yilining boshida, turli sabablarga ko’ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o’rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo’yicha  kiritiladi.

II. Kengashning maqsad va vazifalari 

  1. Kengashning maqsadi – universitet jamoasi sa’y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O’zbekiston  Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi to’g’risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning  bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti  talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko’nikmalarga ega bo’lgan  professional mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirishdan iborat. 
  2. Universitet Kengashi:

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini  o’rganib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo’yicha tavsiya va topshiriqlar  belgilaydi; 

 - fakultetlarning o’quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy  ishlari to’g’risidagi, akademik litseylar, universitet qoshidagi ilmiy  jamiyatlarning faoliyati to’g’risidagi, qabul komissiyasining qabul  natijalari to’g’risidagi, shuningdek, marketing xizmatining xalq  xo’jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoji, buyurtmachi  tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to’g’risidagi hisobotlarini  eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi; 

 - ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi,  professor-o’qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash   masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi; 

- iqtidorli talabalar safidan va professor-o’qituvchilar tarkibidan  nomzodlarni tegishli jamg’armalar orqali xorijiy oliy ta’lim  muassasalarida stajirovka o’tishga tavsiya etadi; 

- universitet iqtidorli talabalari va stajer-tadqiqotchi- izlanuvchilari safidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat  stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan  nomzodlarni tavsiya etadi; 

- "Sog’lom avlod uchun" jamg’armasi bilan hamkorlikda talabalarning  jismoniy tarbiyasi va ularning sog’liqlarini yanada yaxshilash bo’yicha  tadbirlar ishlab chiqadi; 

- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan  korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani  mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amalyoti samaradorligini  oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo’yicha  tavsiyalar ishlab chiqadi; 

- xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan  hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha qarorlar qabul qiladi; 

- ta’lim xizmatlari bilan shuғg’ullanuvchi kichik korxonalar, firma va  kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda  tegishli qaror qabul qiladi; 

- universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va  mehnat muhofazasini takomillashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilaydi.

 III. Kengash faoliyatini tashkil etish 

  1. Kengash o’z faoliyatini xar o’quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi. 
  2. Universitetning o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo’yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko’pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.

Professor-o’qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda  professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo’yicha o’tkaziladigan  tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo’li bilan  belgilangan tartibda qabul qilinadi. 

  1. Kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi.
  2. Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.
  3. Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo’yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.

 

2018-2019 o‘quv yilida Andijon davlat universiteti Kengashining

TARKIBI

Kengash a’zolarining F.I.Sh.

Ishlab turgan lavozimi 

1.       

A.S.Yuldashev

Universitet rektori,  kengash raisi

2.       

A.Xamraqulov

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor

3.       

A.Mamatyusupov

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

4.       

B.Rasulov

Innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

5.       

S.Dumayev

Moliya  va iqtisodiyot  ishlari bo‘yicha prorektor

6.       

D.Nurmatov

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

7.       

N.Jalilov

Ichki nazorat va monitoring b.b.

8.       

Z. Azimova

Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani

9.       

M.Mahkamov

Fizika –matematika  fakul’teti  dekani

10.   

B.Rahmonov

Filologiya fakulteti dekani

11.   

O‘. Ubaydullayev

Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet dekani

12.   

B. Nosirov

Jismoniy madaniyat fakulteti dekani

13.   

N.To‘xtaboyev

Tabiiy fanlar fakulteti dekani

14.   

A.Mamatqulov

Xorijiy tillar  fakulteti dekani

15.   

R.Shamsitdinov

Tarix fakulteti dekani

16.   

Ch.Shokirova

Pedagogika fakulteti dekani

17.   

N.Asqarov

Magistratura bo‘limi boshlig‘i

18.   

D.Obidova

ADU akademik litsey direktori.

19.   

R.Mullajonov

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

20.   

A.Imirsinova

Ilmiy bo‘lim boshlig‘i

21.   

Sh.Shahobiddinova

Maxsus sirtqi bo‘lim boshlig‘i

22.   

S.Zaynobiddinov

Fizika kafedrasining professori, akademik

23.   

I.Asqarov

Kimyo kafedrasining professori

24.   

R.Shamsutdinov

O‘zbekiston  tarixi kafedrasining professori

25.   

M.Umarxo‘jayev

Nemis tili va adabiyoti kafedrasining professori

26.   

G‘.Xoshimov

Ingliz tili gramatikasi kafedrasining prof.

27.   

D.Quronov

ADU Ilmiy xabarnoma jurnalining muharriri

28.   

R.Aliyev

Fizika kafedrasining professori

29.   

M.Qirg‘izboyev

O‘zDJQNA kafedrasining professori

30.   

K.Yunusov

O‘zDJQNA kafedrasining professori

31.   

M.Saidxonov

“Andijon yoshlari” gazetasi muharriri.

32.   

A.Zaynobiddinov

Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri

33.   

M.Mamajonov

Geografiya kafedrasi dotsenti

34.   

Z.Egamberdiyev

ARM direktori

35.   

F.Alimov

Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

36.   

R.Isakov

Fakultetlararo  jm  va sport kaf. mudiri

37.   

M.To‘rayev

Mehnat ta’limi kafedrasi mudiri

38.   

A.Maxmudov

Bosh hisobchi

39.   

L. Soliyev

Moliya –reja bo‘limi boshlig‘i

40.   

S. Shamsutdinov

Marketing bo‘limi boshlig‘i

41.   

M. Sodiqova

Huquqshunos

42.   

U.Ahmedova

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

43.   

E.Xolmirzayev

Yoshlar ittifoqi

44.   

E.Ablazov

Hodimlar bo‘limining boshlig‘i

45.   

M.Botirov

Kasaba uyushma  qo‘mitasi raisi.

46.   

X.Madaminov

ADU murabbiylar kengashi raisi

47.   

A.Egamberdiyev

Kengash kotibi

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2019. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!