NASHR ISHLARI
O‘quv qo‘llanma
Nomi: ANDIJON GEOGRAFIYASI (Andijon viloyati tabiiy geografiyasi) 1-qism
Daraja: Oliy ta’lim
Muallif: M.Mamajonov
Nashr ko‘rinishi: Davriy
Yo‘nalishi: Ilmiy-ta’limiy
Nashr etilgan yili: 2018
Nashriyot: Toshkent, “Akademnashr”, 2018
Mazkur o‘quv qo‘llanmada respublikamizda geografiya ta’lim yo‘nalishida yuqori malakali geograf-bakalavrlar tayyorlashda har bir talaba o‘z o‘lkasini atroflicha bilishi, o‘z Vatani tabiati, aholisi va xo‘jaligi haqida kompleks ma’lumotga ega bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinib Andijon viloyatining tabiiy geografiyasi xususida atorflicha ma’lumot berilgan. U yoshlarni Vatanga sodiq, mehr-muhabbatli qilib tarbiyalashda, o‘z o‘lkasi haqida to‘la ma’lumot berishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Kitob talabalar, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma
Nomi: Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi
Daraja: Oliy ta’lim
Muallif: Z.Jumaqulov
Nashr ko‘rinishi: Davriy
Yo‘nalishi: Ilmiy-ta’limiy
Nashr etilgan yili: 2018
Nashriyot: Toshkent. “Fan va texnologiya”.
Sahifalar soni: 200
UDK raqami: 769+796.032(09)(075.8)
Sport kurashining barcha turlariga mutaxassis sportchilar zaxirasini tayyorlash sportga mutaxassislashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy maqsad va vazifalaridan hisoblanadi. Sport kurashi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni hosil qilishda zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalarning ahamiyati katta. Mazkur o‘quv qo‘llanma sport kurashi turlarida sportchilar zaxirasini tayyorlash bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni ozida jamlagan.
O‘quv qo‘llanma
Nomi: Xalq pedagogikasi
Daraja: Oliy ta’lim
Muallif: N.Abdullayeva
Nashr ko‘rinishi: Davriy
Yo‘nalishi: Ilmiy-ta’limiy
Nashr etilgan yili: 2018
Nashriyot: Andijon. “Step by step print”
Sahifalar soni: 156
UDK raqami: 583.3
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar hamda pedagogika mutaxassisligida tahsil oluvchi magistrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xalq pedagogikasi inson kamolotida muhim ekanligi, xalqimiz qoldirgan milliy-madaniy merosni, an’ana va umuminsoniy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi, uning turlari va janrlari, milliy urf-odat, udumlar, xalq qo‘shiqlarining o‘rni hamda xalqimizning ma’naviy axloqiy madaniyatiga bo‘lgan munosabati, fanning o‘ziga xosliklari, zamonaviy tarbiya, ularning tasnifi kabi masalalar yoritilgan.