0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   Without images  

Tarix fakulteti




SHAMSITDINOV RAVSHANBEK RUSTAMBEKOVICH
Fakulteti dekani. Tarix fanlari nomzodi
Telefon: 0(374)
E-pochta:
Qabul kunlari: Har kuni

 

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1982-1989 yillarda Andijon davlat pedagogika instituti talabasi
  • 1982-1985 yillarda Harbiy xizmatda
  • 1987-1988 yillarda O‘zbekiston Respublikasi LKSMning Andijon viloyati qo‘mitasi inspektori
  • 1989-1993 yillarda P.Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi Universitetining SSSR tarixi kafedrasi aspiranti
  • 1993-1997 yillarda Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi fan va madaniyat bo‘limi ikkinchi kotibi, matbuot kotibi va protokol bo‘limi boshlig‘i
  • 1997–1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Amerika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
  • 1998-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiya Qirolligidagi Bosh konsulstvo vitse - konsuli
  • 1999-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasining birinchi kotibi
  • 2002-2004 yillarda “O‘zbek plastik bags” MChJ direktori
  • 2004-2012 yillarda Vodiy plastik” O‘zbekiston -Britaniya qo‘shma korxona direktori
  • 2012-2016 yillarda «Vodiy farma» MChJ direktori
  • 2017-2017 yillarda “And Polic” qo‘shma korxonasi menedjeri
  • 2017 yildan buyon Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani
 
ABDUVALIYEV XURSHIDBEK RAVSHANBEKOVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari

Telefon:
E-Pochta:
 
DJUMABOYEV IQBOLJON BURXANULLAEVICH
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari

Telefon:
E-Pochta:
 
Tarix fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 1992 yil 28 apreldagi 02-92 sonli buyrug‘i bilan alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Yangi fakultetning birinchi dekani vazifasiga t.f.n., dots. M. Sultonov tayinlanadi.
1993 yil 2 dekabrdan fakultetga dots. A.Anorboev dekanlik qila boshladi. Ushbu o‘quv yilidan “Huquqshunos-pedagog” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilina boshladi. Shu munosabat bilan “Sharqshunos-iqtisodchi” yo‘nalishi tarix fakulteti tarkibiga qo‘shilib, “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi filologiya fakulteti tarkibiga o‘tkazildi. 1996 yil fevral oyida fakultetga dekan etib professor R.T.Shamsutdinov tayinlandi. 1996-1997 o‘quv yilidan boshlab fakultetda “Iqtisodchi-pedagog” ta’lim yo‘nalishi ham ochildi. Umumiy tarix kafedrasi negizida Yevropa va Amerika tarixi kafedrasi hamda Sharq tarixi kafedralari tashkil etildi. 1998-1999 o‘quv yili boshida Tarix fakulteti tarkibidagi Huquqshunoslik kafedrasi “Huquqshunoslik”, “Sharqshunos-iqtisodchi”, “Iqtisodchi-pedagog” ta’lim yo‘nalishalri negizida tashkil etilgan Huquq-iqtisod fakultetiga o‘tkazildi. Tarix fakulteti tarkibida 3 ta kafedra – O‘zbekiston tarixi kafedrasi, Umumiy tarix kafedrasi, Roman-german tillari kafedrasi biriktirildi.
1999 yil iyun oyidan fakultetga dots. Sh.Asqarov dekanlik qila boshladi. 2001-2002 o‘quv yilidan t.f.d. Z.A.Qutiboev Tarix fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsata boshladi.
2003 yil iyul oyida t.f.n., dots. Q.Nasritdinov tarix fakulteti deani etib tayinlandi. 2005-2006 o‘quv yilidan fakultet tarkibida “Iqtisod” yo‘nalishi ochilib, fakultet tarix-iqtisod fakulteti deb yuritila boshladi. Fakultet tarkibida 4 ta: O‘zbekiston tarixi, Umumiy tarix, Iqtisodiyot va yangi tashkil etilgan O‘zbekistonda demokuratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari biriktirildi.
2005 yil noyabrda fakultet dekani lavozimiga t.f.n. S.A.Xoshimov tayinlandi. O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri etib t.f.n. M.G‘.Abdullaev saylandi. 2008-2009 o‘quv yilidan fakultetdagi Iqtisod bo‘limi tugatilib, fakultetning nomi Tarix fakulteti deb yuritila boshladi. Fakultet dekani lavozimida esa t.f.n. A.Mamajonov faoliyat ko‘rsata boshladi.
2011-2012 o‘quv yilidan boshlab fakultetning “Tarix” va “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishlari negizida Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani lavozimiga t.f.n. dots. B.M. Rasulov tayinlandi.
2015 yil iyun oyida Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibidan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yo‘nalishlari chiqarildi va “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi negizida Tarix fakulteti tashkil qilindi. Tarix fakulteti dekani etib t.f.n., dots. M.G‘.Abdullaev tayinlandi. Xozirda fakultet tarkibida 3 ta kafedra – O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari mavjud.
 
 
O‘QUV JARAYONI
 
Tarix fakultetida buguni kunda 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda “O‘zbekiston tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud.
 
 
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI
 
Tarix fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Yosh siyosatchi” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
 
 
MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR
 
Tarix fakultetidagi barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
 
FAKULTET KAFEDRALARI
 

JAHON TARIXI KAFEDRASI

XAMRAYEVA TANZILYA RAVILEVNA
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi.

Telefon:
E-pochta: 
 
Kafedra ixtisosligidan kelib chiqib viloyatdagi 1 ta kasb-hunar kollej, “Bobur halqaro jamg’arma  fondi”, Andijon davlat arxivi va 2 ta akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolagan va mustahkam aloqa o‘rnatgan.
Êafedrada bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Arxeolegiya” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
2016-yil kafedrada Qadimgi dunyo tarixi, Tarixiy antropologiya, Xronologiya va metrologiya, O‘rta asrlar tarixi, Jahon (Evropa va Amerika mamlakatlari) tarixi, Jahon (Osiyo va Afrika mamlakatlari) tarixi, Jahon (Eng yangi davr) tarixi, Tarixiy atamashunoslik, Evrosiyo tarixi, Jahon san’ati tarixi, Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyasi, Jahon tarixini o‘qitishda ko‘rgazmalilik metodikasi, Rossiya tarixi fanlari o‘qitiladi.
 

O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI

 
XAYDAROV G'AYRATBEK MIRZAPO'LATOVICH
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi.

Telefon:
E-pochta: 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1995 yil 20 noyabrdagi «Yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga binoan Farg‘ona vodiysi oliy ta’lim muassasalarining tayanch kafedrasi sifatida Andijon davlat universiteti rektorining 1996 yil 2 yanvardagi 02-1-sonli buyrug‘i bilan «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi tashkil etildi. Mazkur kafedra dastlab tashkil etilgan davrda kafedra tarkibida quydagi professor-o‘qituchilar faoliyat ko‘rsatgan dotsent Ne’matjon Ulug‘jonov (mudir), Rafael Shafyorov (dotsent), Abdulxak Madumarov (dotsent), Otaxon Tojiboev (dotsent), Qobiljon Axmadjonov (katta o‘qituvchi), A. Toshmatov, A. Ziyaevalardan iborat bo‘lgan.
Kafedra jamoasi mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar va siyosatshunoslik, satsiologiya fanlarini yoshlar qalbi-ongiga singdirishga qaratilgan. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy isloxotlarning mazmunini, xarakterini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga keng tushuntirishga qaratdi. Darsdan tashqari paytlarda tashkiliy, tarbiyaviy, ilmiy-uslubiy ishlar bilan astoydil shug‘ullandilar. Bunday ishlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun kafedrada yetarli ilmiy saloxiyat mavjud. N. Ulug‘jonov ijtimoiy-siyosiy, nazariy-g‘oyaviy jihatdan katta ilmiy bazaga ega bo‘lgan. N. Ulug‘jonov 40 yillik faoliyati davomida 10 ortiq o‘quv–uslubiy qo‘llanmalar, 100 ortiq tezis va ilmiy maqolalar muallifi.
Kafedra a’zosi dotsent R. Shafyorov, fakultetda, universitetdagi kafedra rivojining tashabbuskorlaridan edi. U pedinstitut siyosiy tashkilotiga rahbarlik va Ilmiy Kengashiga kotiblik qilgan. 2010 yilgacha universitetda samarali faoliyat ko‘rsatib kelgan. Nafaqaga chiqib, hozirda Moskvada shahrida yashamoqda. Kafedraning yana bir a’zosi A. Madumarov, kafedra dotsenti sifatida politologiya kursi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan. Uning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari ilmiy-nazariy jihatdan hozirgi zamon politologiya fanlariga uyg‘un ravishda olib borilgan. U shu vaqt ichida 15 ga yaqin ilmiy, amaliy, o‘quv uslubiy qo‘llanma, maqola va risolalar chop ettirdi». Dotsent A. Madumarov ADU O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasida 1995-1999, 2001-2008 yillarda samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Bu kafedraga 1997-2000 yillarda tarix fanlari nomzodi Shokirjon Asqarov, 2000-2008 yillarda siyosiy fanlar doktori, Kamollidin Yunusov, 2008 yildan 2012 yilning oktabriga qadar siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Manzura Yunusova, 2012 yil noyabrdan 2015 yilga qadar tarix fanlari nomzodi dotsent O‘.Ubaydullaev, 2015 yildan 2017 yil noyabrgacha tarix fanlari nomzodi dotsent O.Axmadjonovlar kafedra mudiri vazifasini bajarib keldi. Bugungi kunda mazkur kafedrani faol a’zolari va tashkilotchilaridan biri bo‘lgan M.P.Yunusova 2012 yildan buyon Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
2017 yilning 16 noyabr kunidan kafedra mudiri lavozimiga tarix fanlari nomzodi G‘ayratbek Haydarov tavsiya etilib, bugungi kunda o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda.
Kafedrada 3 nafar fan doktori (Muqimjon Qirg‘izboev, Kamoliddin Yunusov, Oybek Komilov), 2 nafar dotsent (O. Axmadjonov, G‘. Haydarov), 8 nafar katta o‘qituvchi (Qobiljon Axmadjonov, Yusufxon Jaxongirov, Azizbek Badalov, Zoxidjon Xayitmatov, Xurshidbek Xodjamberdiev, Flyura Nuriddinova, Botirjon Tojiboev, Xabibullo Xusanov), 5 nafar assistent-o‘qituvchilar (Marg‘ubaxon Nosirova, Azizbek Mamajanov, Sharofiddin Xoshimjonov, Irodaxon Bazarovalar) faoliyat olib bormokda.
Bugungi kunda kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatiga, yosh tadqiqotchilarga ustoz-shogird tizimida rahbarlik qilib kelayotgan taniqli siyosatshunos olim Muqimjon Qirg‘izboev ijtimoiy-siyosiy fanlar doirasida yosh avlodni ona vatanga muxabbat ruhida tarbiyalash natijasida “Siyosatshunoslik”(2013y), “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”(2014y), “Sotsiologiya”(2017y) o‘quv qo‘llnma va darsliklarini yaratdi. Mazkur o‘quv qo‘llanmalar respublikamizni barcha oliy ta’lim muassasalari talabari va tadqiqotchilariga tavsiya qilingan.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi «O‘zbekistonda de¬mokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy muammolari» deb nomlangan. Ushbu yo‘nalishda ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. jumladan, siyosiy fanlar doktiri professor Muqimjon Qirg‘izboev ilmiy rahbarligida Zohidjon Hayitmatov, “O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorchilik tahdidini bartaraf etilish jarayonlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
Kafedra professori K. Yunusov katta ilmiy salohiyatga ega. «Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat va jamoat birlashmalari rolining nazariy asoslari (O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlari asosida)» mavzusidagi grant sohibi sifatida kafedra a’zolari bilan hamkorlikda fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormokda. Uning rahbarligi va tashkilotchiligi bilan 2007 yildan «Milliy g‘oya ilmiy-tadqiqotlarning nazariy metodologik asosi» mavzusidagi il¬miy seminar o‘z faoliyatini boshladi. Seminar materiallari asosida 4 ta ilmiy to‘plam nashr qilindi va ulardan o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
K.Yunusov tamonidan ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy to‘plamlar, ilmiy-tadqiqot ishlari nashr qilinmoqda. 2010 yil 26 noyabrda «Fuqarolik jamiyati¬ni barpo etishda va barkamol avlodni voyaga yetkazishda nodavlat va jamoat birlashmalarining roli» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. O.Axmadjonov va kafedra professor-o‘qituvchilari sa’y- harakati bilan 2016 yil 5–aprelda “O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning modernizatsiyalashuv jarayoni” mavzusida Respublika ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi. Kafedra professor – o‘qituvchilari tamonidan 2 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, 20 ga yakin monografiya va ilmiy risolalar, 300 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi.
Kafedra a’zolari o‘quv jarayonini yukori saviyada olib borishga qaratilgan keng ma’nodagi o‘quv-metodik ishlarni olib bormokda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va islohotlarning metodologik asoslari, milliy mafkuraviy tamoyillar asosida, shuningdek talabalarni vatanparvarlik, bugungi o‘zgarishlarga daxldorlik va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida har jihatdan yuqori saviyada yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Kafedradagi «Yosh sotsiolog» to‘garagiga sotsiolog Marg‘uba Nosirova boshchilik qilib kelmoqda xozirda ushbu to‘garakda 100 dan ortiq iqtidorli talabalar turli dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
 

O`ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

XOSHIMOV SOIBJON ABDURAZZAQOVICH
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: 
E-pochta: soibjon.xoshimov@mail.uz
 
O‘zbekiston tarixi kafedrasida 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar, 5A120301 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, kafedra qoshida 1992 yildan e’tiboran 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura va doktorantura ham faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, xozirda katta ilmiy xodim-izlanuvchilik maktabi samarali faoliyat olib bormoqda. Kafedrada professor R.T. Shamsutdinovning ilmiy maktabi yaratilgan va unda o‘ndan ortiq ilmiy-pedgogik kadrlar tayyorlandi. 
O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshida 1993-1998, 2005 yillarda Vatan tarixidan nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilinadigan ixtisoslashgan kengash faoliyat olib borgan va bu kengashda 20 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 
Kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi “O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi davri tarixi”, “Andijon tarixi (eng qadimgi davrdan bugungi kungacha)” deb nomlanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini  o‘qitish va tadqiq etish borasida kafedrada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Kafedra jamoasi o‘tgan 25 yillik qisqa davr ichida Vatanimiz tarixining qadimgi davridan to mustaqillik davriga qadar bo‘lgan tarixiga oid 3 tomlik “Vatan tarixi” darsligini, shuningdek, O‘zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan quloqlashtirish, qatag‘on siyosati tarixi, jadidchilik harakati tarixi, milliy istiqlolchilik xarakati tarixi va tarixshunosligi, Andijon tarixi  masalalariga doir o‘nlab yirik monografik tadqiqotlarni hamda Vatan tarixining u yoki bu masalalariga doir o‘nlab asarlar, mingdan ortiq ilmiy maqolalar nashr etdilar. Shuningdek kafedra professori R.T. Shamsutdinov rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan Andijon tarixining qadimgi davrlaridan to shu kunga qadar bo‘lgan davri tarixiga bag‘ishlan o‘nga yaqin monografiya xamda kitoblar va yuzdan oriq maqolalar chop etildi. Professor R.T. Shamsutdinov tomonidan O‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixi xamda Universitet tarixi kitoblari xam nashr etilgan.
O‘zbekiston tarixi kafedrasiga 1991-1998 yillarda professor R.T.Shamsutdinov mudirlik qildi. Uning davrida kafedra har jihatdan yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi. Yildan-yilga kafedra kengayib, o‘quv-ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati sifat jihatdan yaxshilanib bordi. Kafedraga 1998-1999 yillarda professor I.Alimov, 1999-2001 yillarda t.f.n. N.Qodirova, 2001-2005 yillarda t.f.n. S.Xoshimov, 2005-2007 yillarda t.f.n. M.Abdullaev, 2008-2012 yillarda professor R.T. Shamsutdinov   mudirlik qildi. 2012-2015 yillarda t.f.n. dotsent M.G‘. Abdullaev, 2015 yil avgust oyidan kafedraga dots. S.Xoshimov mudirlik qilmoqda.
2016 yildan kafedra professori, tarix fanlari doktori R.T.Shamsutdinov tashabbusi bilan “Vodiynoma” ijtimoiy-tarixiy ilmiy va ommabop jurnali chop etila boshladi.

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2018. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality