0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   Without images  

Fizika-matematika fakulteti




MAHKAMOV MADAMINJON KOMILOVICH
Fakulteti dekani
Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0 (374) 223 81 09
E-pochta: mailuzbek@umail.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1999 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan
  • 1999-2001 yillarda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litsey o`qituvchisi
  • 2002 yilda Andijon davlat universiteti magistraturasini tamomlagan
  • 2002-2003 yillarda Andijon davlat universitetini algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi assistenti
  • 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zamonaviy informatsion texnologiyalar ilmiy-texnikaviy markazi Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan
  • 2006-2007 yillarda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Informatika institute kichik ilmiy hodimi
  • 2007-2008 yillarda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va Informatsion texnologiyalar instituti kichik ilmiy hodimi
  • 2008-2011 yillarda Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti o`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
  • 2011-2015 yillarda Andijon davlat universiteti informatika kafedrasi mudiri
  • 2015 yildan Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani lavozimiga tayinlangan
OVXUNOV IQBOLJON ABDUNABIYEVICH
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 0(374)2238109
E-pochta:
 
 
MANSUROV XOTAMJON JO`RAYEVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: 0(374)2238109
E-pochta: hjmansurov@umail.uz
 
Bugungi kunda fakultetda 3 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular: “Fizika”, “Matematika”, “Axborot texnologiyalari” kafedralaridir.Fakultetda 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis va pedagoglar tayyorlanadi: 5460100-“Matematika”, 5440100-“Fizika”, 5140900-“KT (Informatika va axborot texnologiyalari)”  va 5110700  “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlaridir.
 

FAKULTET KAFEDRALARI


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
MEDATOV ASILBEK ABDUVALIYEVICH
Kafedra mudiri. Pedagogika fanlari nomzodi.
Telefon: 0(374)2238109
E-pochta: amedatov@umail.uz
 
Hozirgi kunda kafedrada asosan uchta: “Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi”, “Dasturlash texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fakultet o‘z ixtisosligidan kelib chiqib viloyatdagi 4 ta kasb-hunar kollej va 5 ta akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolagan va mustahkam aloqa o‘rnatgan.
 
FIZIKA KAFEDRASI
NOSIROV MUROD ZAKIROVICH
Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: 0(374) 223 81 09
E-pochta:

Fizika kafedrasi tasarrufida umumiy fizikaga oid 6 ta o‘quv laboratoriyasi: mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi, fizika o‘qitish uslubiyati, radioelektronika kabi o‘quv laboratoriyalari mavjud.
Kafedraning bosh ilmiy muammolari ikki yo‘nalishda bo‘lib, undan uslubiy muammolarga bag‘ishlangani «Oliy, o‘rta va umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishni takomillashtirish»,  ilmiy muammolari esa «Modda tuzilishi va fizik xossalarini o‘rganish», “Polikristall kremniyning elektrofizik xossalari”, ”Quyosh energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirish” yo‘nalishlaridan iboratdir.
Hozirgi paytda kafedrada: 3 ta o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, radiotexnika  to‘garagi, fizika to‘garaklari va hozirgi zamon fizikasining dolzarb muammolari ilmiy seminarlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
 
MATEMATIKA KAFEDRASI
IBAYDULLAYEV TULANBOY TURSUNBOYEVICH
Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi.
Telefon:
E-pochta: matematik_anddu@edu.uz

Hozirgi kunda kafedrada asosan uchta: Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari, Zamonaviy algebra va analiz, Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra Universitet qoshidagi Akademik litseylar va yetakchi oliygohlar bilan mustahkam aloqalarni yo’lga qo’ygan. Kafedra qoshida to’garaklar va Axborot texnologiyalari kafedrasi bilan hamkorlikdagi ilmiy seminar muntazam ishlab turibdi.

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2018. All rights reserved.