0(374)223 88 14
     
      A   A   A   A   A   Without images  

Mehnatni muhofaza qilish bo'limi




QO`ZIBEKOV SHUXRAT SHOXMUROTOVICH
Bo`lim boshlig`i
Telefon:
E-pochta:
 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi Andijon davlat universitetining mustaqil tarkibiy qismi xisoblanib, mazkur Nizom asosida faoliyat yuritadi va o‘z maqomiga ko‘ra universitetning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda universitetning moliya va iqtisod ishlari prorektoriga bo‘ysunadi.
Fakultetlar, kafedralar bo‘limlar aspirantlar, talabalar, tayyorlov bo‘limlari tinglovchilarining o‘quv-tarbiya jarayonini xavfsiz o‘tkazish, ishlovchilar mehnatini xavfsiz va sog‘lom bo‘lishini tashkil qilishni amalga oshiradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birga birlashgan kasaba uyushmasi, davlat nazorati mahalliy idoralari bilan hamkorlikda olib boradi.
 
Bo‘limning asosiy vazifalari:
  • Mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va takomillashtirish.
  • Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitida hamda o‘quv-tarbiya jarayoni bo‘yicha me’yoriy texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlash.
  • Mehnat muhofazasi, o‘t o‘chirish, radiatsiya xavfsizligi qoida va me’yorlariga amal qilish va ular bajarilishi, xonadagi havoning, shuningdek atrof-muhitning holatini nazorat qilishni amalga oshirish.
  • Mehnat va o‘quv sharoitini malakali tekshirishni tashkil qilish va o‘tkazish.
  • Jarohatlanish, kasbiy va ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasallanishlar oldini olish maqsadida sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish.
  • Mehnatni muhofaza qilish me’yoriy hujjatlarini mehnatning xavfsizligi standartlariga muvofiq tuzish va takomillashtirish.
  • Ilg‘or tajriba o‘quvchilar va ishlovchilar mehnat muhofazasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni o‘rganish, umumlashtirish va joriy etish.
  • O‘quvchilar o‘rtasida o‘quv-tarbiya jarayonining, ishlovchilar mehnatining xavfsiz va sog‘lom sharoitlarini yaratish, baxtsiz hodisalar hamda universitetda kasbiy kasalliklarni oldini olish ishlarini tashkil etishni muntazam suratda takomillashtirish.
  • Mehnat muhofazasi va universitetdagi mexnatda texnik xavfsizlik xolatlarini nazorat qilishni amalga oshirish

INTERNATIONAL PROJECTS

OUR RESOURCES

OUR ADDRESS
129 st.Universitet,
Andijan city, Republic of Uzbekistan, 170100,
email: agsu_info@edu.uz
Telephone/Fax: 0 (374) 223 88 30
Helpline: 0 (374) 223 88 14
How to get there: Taxi in direction 75

WE ARE IN SOCIAL NETWORKS

© Andijan state university, 2018. All rights reserved. 
 
Make proposition for raise of education quality