Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

  • 20.02.2017
  • 0
“Biz narkotik moddalar tarqalishining halokatli oqibatlarini sergaklik bilan baholagan holda bu illatga qarshi kurashda sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. O‘zbekistonda barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor”.
Islom Karimov

Giyohvand moddalar inson umrining zavolidir. U markaziy asab sistemasiga bevosita ta’sir qilib, harakatlar ketma ketligini izdan chiqaradi. Bunday hollarda o‘zi istamagan ishlarni qilishi, kimnidir yo‘lini to‘sib, pulini olishi, ota-onasini haqorat qilishi va hattoki qotillik qilishi mumkin. Bunday sharq tarbiyasiga zid bo‘lgan ishlarni amalga oshirish esa, inson bolasiga, ayniqsa, o‘zbek farzandiga mos emas. Og‘u domiga kirib qolish ko‘p vaqtni talab qilmaydi. Avvaliga, u go‘yoki dunyo tashvishini unuttirib, hayotni go‘zal taraflarini ko‘rsatib beruvchi bir vosita sifatida odamni ruhiy qaram qilib oladi. Keyinchalik, xumor sindromi paydo bo‘lib, kichik yoshdagi bola “puf” desa ham uchib ketadigan kukunga o‘zi bilmagan holda mute’ bo‘lib boradi. Vanihoyat, usiz yashay olmaydigan darajaga yetib boradi va tuppa tuzuk giyohvandga aylanadi. Endi u butun tanani egallab, aql, yurak, hissiyotlarni ham pisand qilmaydigan kuchga aylanadi va butun bir boshli odamni o‘z yo‘liga yurgizib, yostig‘ini quritadi. Giyohvand moddaning bu darajada kuchga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, bugungi kunda mamlakatimizning har bir burchagida samarali islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ogohlikka chaqirish maqsadida, Andijon davlat universiteti, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Andijon davlat universiteti “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Biz yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” nomli ochiq davra suhbati va mahnaviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Undan ko‘zlangan maqsad, mamlatimizda yoshlar orasida salbiy illatlarni, xususan, jinoyatchilik, kashandalik, noqonuniy biznes, poraxo‘rlik,  ommaviy madaniyat ortidan quvish singari qora kuchlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berib, ogohlikka chaqirishdan iborat.Dastlab, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Mirzamamedov Dilshodjon so‘z olib, mamlakatimizda yoshlar va ular orasida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishdagi profilaktik ishlar yuzasidan tahliliy-tanqidiy fikr bildirdib, statistik ma’lumotlar bilan ham tanishtirib o‘tdi. Jumladan, yoshlar va ayollar o‘rtasida 387 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, 1 nafari maktab o‘quvchisi ekanligiga alohida urg‘u berdi.
Shundan so‘ng, tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Iqboljon Ketmonov, yo‘l harakati xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shamsiddin Usmonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimi, polkovnik Murodjon Jo‘raevlar jamiyat taraqqiyotiga daxldor har qanday ish muhim ahamiyatga molikligi, shu bilan birgalikda, bu borada nafaqat, bir kishi balki hamma birdek harakat qilishi darkorligi xususida alohida fikr bildirdilar.
-Qilinayotgan ishlarning amaldagi isboti  jinoyatlar soni kamaygandagina yaqqol ko‘rinadi. U davrga qadar shu mamlakatda istiqomat qiluvchi fuqarolar Vatanparvarlik hissini chuqur his qilgan holda ish ko‘rishlar lozim. Bu sohada o‘sib kelayotgan yosh avlod faol ishtirok etishi kerak, sababi, biz ularga suyanamiz, - deydi, polkovnik Murodjon Jo‘raev.
Bundan tashqari, viloyat norkologiya dispanserining bosh mutaxassisi Baxtiyorjon Yusupov,  narkomaniya va uning ko‘ngilsiz natijalari borasida fikr yuritib, hayotiy misollar bilan atroflicha tushuntirib berdi. Bugungi kunda, og‘uning yana bir yangi turi tarqalmoqda, u Spayz deb nomlangan bo‘lib, tarkibida 10 xil ingridientlar mavjud. Hali O‘zbekistonga kirib kelganicha yo‘q, - deb qo‘shimcha qildi u.
Tadbirning badiiy qismida, universitetda tahsil olayotgan iftidorli va faol yoshlar tomonidan tayorlangan dastur namoyish etildi. “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi sanalmish, “Andijon yoshlari” jamoasi a’zolari Vatan, uning kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligi, tubanlik botqog‘iga yetaklovchi zaharli moddalarga qarshi ekanliklari to‘g‘risida she’rlar aytdilar.
O‘zbeklik hissini uyg‘otuvchi milliy raqs “Dilxiroj”ni ijro etishi, pedagogika fakultetining “Dutorchi qizlar” ansambli chalib bergan kuy, kuchi yumorga olingan, ammo tarbiyaviy jihatga ega bo‘lgan “Universal” jamoasining chiqishlari, xorijiy tillar fakultetining talabasi Gulsanam Xabibullaeva  ijro etgan jonli ijrodagi qo‘shiq yig‘ilganlarning kayfiyatini ko‘tarish bilan birga ularda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Va voqealar rivoji va bu yo‘ldagi insonlarning so‘nggi pushaymoni tasvirlangan hujjatli filmlar qo‘yildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Talabalar orasida jinoyatchilikni hamda giyohvand moddalarning tarqatilishini oldini olish borasida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarni tashkillashtirishda faol ishtirok etganligi uchun Andijon davlat universiteti rektori Akromjon Yuldashev va “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Elyorbek Xolmirzaevlar viloyat ichki ishlar boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.
Xurshidaxon A’zamjonova,
“Kamolot” YoIH BT faoli.
Dostonbek Abduraximov,
“Kamolot” YIH BT yetakchi yordamchisi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 3 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 3 ta