Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

ANDIJON YOSHLARI ZIYO BAYRAMIDA

  • 15.05.2017
  • 0
Insonning ma’naviy kamolotini yuksaltirishda kitobning o’rni beqiyos. Ma’naviy dunyo esa moddiy olam bilan mushtarak. Kimdaki bu ikki narsa mukammal ekan uning yuksalishiga hech shubha yo’qdir. Biz moddiy narsalarga qanchalik ehtiyoj sezsak, kitobga ham shunday muhtojmiz. Zotan kitob ziyosi bilan yoniq qalb so’nmagay. Ana shunday ziyo maskani bo’lmish “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi kutubxonada laziz va go’zal bayram, “Kitob bayrami”, o’tkazildi. 
Kutubxona har kungidan o’zgacha tarovati, o’zidagi milliy bezaklar uyg’unligi, tantanovor ruhi bilan yig’ilganlarga kayfiyat ulashdi. Bayram tantanasini Andijon viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi, shoira Xurshidabonu ochib berdi. U o’z so’zida kitob mutoalasi haqida gapirdi. Tadbir davomida olimlar, professorlar, shoirla, yozuvchilar, “Kamolot”YoIH faollari, ma’naviyat targ’ibotchilari, iqtidorli talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Ushbu bayram fikr almashinish, do’stlik uchrashuvi, ziyo ulashish ayyomi bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Jarayonda mobaynida mutasaddilar tomonidan tashkil etilgan davra suhbatlari, asarlar borasidagi mushohadalar o’quvchi va talabalarning hayotida yana bir sahifani bezadi. Xususan, Andijon davlat univarsiteti boshlang’ich tashkiloti faollari tomonidan aytilgan she’rlar, asarlarning tahlillari qatnashchiarda kitobga bo’lgan muhabbatni yanada yuksaltirdi. Ayniqsa, filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Zilola Akramova o’zi mutoala qilgan kitoblari yuzasidan ma’ruzasi barcha kitobxonlarda kitob o’qish odobini namunasi bo’ldi. “Men shu kungacha 100 dan ortiq jahon va o’zbek adabiyotini o’qiganman.
Ulardagi hayotiy dalillar, maishiy muammolar va ularning yechimlari menda hayotga qanday qarashni o’rgatdi. Kitobni o’qisgan emas, uqqan kitobxondir ”, - degan fikrlari yoshlarga yanada xushyorlik va ziyraklik bilan kitob o’qish lozimligini o’rgatdi. Baydam dasturida kitoblar yuzasidan tezkor savolllar o’rtaga tashlanib zukko kitobxonlar aniqlandi. ARM tarixi va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi “Axboroy kutubxona markazi 110 yoshda” virtual sayoxat video roligi ishtirokchilarda kutubxona faoliyati bo’yicha to’la ma’lumot berdi.
Tadbir davomida o’z faolligi bilan qatnashgan talabalar mutasaddi tashkilotlar tomonidan kitoblar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Zilola ABDUKARIMOVA
Universitet "Kamolot" YIH BT filologiya fakulteti yetakchisi
Abdulaziz G'ofurov olgan suratlar
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 1 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 1 ta