Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

EL ARDOG'IDAGI SHOIR

  • 05.05.2017
  • 0
Andijon davlat universiteti pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida O‘zbekiston xalq shoiri, Andijon farzandi Muhammad Yusuf tavalludining 63 yilligiga bag‘ishlangan “El ardog‘idagi shoir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda markaz rahbari p.f.n., dotsent Ziyodaxon Azimova, p.fn., dotsent Akramjon Teshaboev, katta o‘qituvchi Yodgoraxon Yusupova, markaz ishchi-xodimlari hamda pedagogik qayta tayyorlash kursida tahsil olayotgan tinglovchilari qatnashdilar.
Dastlab shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi. Unda aks etgan shoir tug‘ilgan Marhamat tumani, o‘qigan maktabi sinfdosh do‘stlarining yorqin xotiralari; qarindosh-urug‘larining yodnomalari; adabiyotshunos olimlarning, taniqli kishilarning shoir va uning ijodi haqidagi jo‘shqin fikrlari tadbir qatnashchilarining shoir haqidagi bilimlarini, tasavvurlarini yanada boyishiga xizmat qildi.
Pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchilari tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy kompozitsiyadagi shoirning Vatan, tabiat, insoniy fazilatlar, muhabbat, buyuk siymolarga bag‘ishlangan she’rlari; shoir she’rlariga bastalangan kuy va qo‘shiqlar; shoir siymosi aks etgan sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Tadbirda so‘z olgan markaz direktori Z.Azimova yosh avlodni komil inson ruhida tarbiyalashda Muhammad Yusuf ijodidan ma’naviy manba sifatida foydalanish ijobiy samara berishini ta’kidladi. O‘zbek xalqi o‘z sevimli shoiri M.Yusuf ijodini sinchkovlik bilan sevib o‘rganishini, buning asosida o‘zlikni anglash, milliy ong, qadriyatlarga hurmat, ma’naviy barkamollikka intilish tuyg‘ulari mavjudligini notiq alohida ta’kidladi.
Markaz direktor o‘rinbosari Sharobiddin Hasanov o‘z nutqida tutash taqdirlar Z.M.Bobur, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf hayoti va ijodidagi mushtaraklik, qisqa, ammo mazmunli umrning xalq yodida muhrlanib qolishi omillari xususida fikr yuritib, ular misolida inson o‘z ezgu ishlari bilangina abadiyatga  yorqin xotiralar bilan daxldor bo‘lishi mumkinligini uqtirdi.
Tadbir yakunida, shoir qalamiga mansub she’r asosida, barcha tinglovchilar jo‘rligida aytilgan “Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston” qo‘shig‘i qalblarda yurt, Vatan muhabbatini yanada mustahkamladi.

Shahnoza ORIFOVA,
markaz xodimasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta