Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

ANJUMAN: XORIJIY TILLARNI O'QITISH VA ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALLALARI

  • 10.04.2017
  • 0
Chet tillarni o‘qitish va uning dolzarb masalalariga qaratilgan qator darslik va anjumanlar, o‘rganilayotgan tilning lingvodidaktik hamda lingvokulturologik asoslarini yanada mukammal tushunishga zamin yaratadi.  Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish va zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masallalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ham o‘z oldiga qo‘ygan muhim masalalarni muhokama etish va yosh kadrlarga o‘qitishda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlarni ilmiy asoslab berishga qaratildi. Unda universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdilar.
Dastlab, fakultetning faol talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi. Ayniqsa, talabalar tomonidan aytilgan 11 tildagi tabrik va ijro etilgan rus xalqining milliy raqsi davomli qarsaklarga sazovor bo‘ldi. Zalda “Tanovor” kuyining chalinishi va raqqosaning xirom aylashi kimnidir o‘yga toldirgan bo‘lsa, yana kimlarnidir beixtiyor o‘yinga tushishga majbur qildi. Bir emas bir nechta chet tillarni puxta egallagan yoshlar xorij qo‘shiqlarini jonli aytish orqali, o‘z iste’dodlarini yana bir bor namoyon qildilar.
Tengdoshlarim orasida birdaniga to‘rtta til egalari ham bor ekanligi meni quvontirdi. Bundan tashqari, men ham o‘z ustimda ko‘p ishlashim, ularning qatoriga kirishim zarur. Sababi, men egallamoqchi bo‘lgan kasb ana shuni taqozo etadi,- deydi fakultetning ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Abdurashidova Dilraboxon.
Baiiy qism  ustozlar nomini ulug‘lab chiqqan “Quvnoqlar va zukkolar”ning “Yaguar” jamoasining chiqishlari bilan yakunlandi. Kulgu insonga quvvat beradi, deb bejiz aytilmagan. Universitet hayoti, domla va talabalar o‘rtasidagi muomala hamda shu kabi qiziqarli vaziyatlarning mohirona kulgu ostiga olinishi barchaning yuziga iliq tabassum ulashdi.
Shu bilan birga, Andijonda “Zahiriddin Muhammad Bobur” yili munosabati fakultet doirasida o‘tkazilgan “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Vatanim manim – faxrim manim” mavzularidagi eng yaxshi yozilgan insho, videorolik, OAV da e’lon qilingan eng yaxshi maqolalar, devoriy gazetalar nominatsiyalari bo‘yicha  g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
So‘ng konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi. Uning  mavzusi va bugungi kunda o‘qituvchi nima uchun yetarli bilimga ega bo‘lmayotgani, natijada darslarni ham to‘g‘ri tashkil eta olmayotganligi, uning sabablari xususida professor o‘qituvchilar atroflicha fikrlarini bayon etdilar. –Ingliz tili bog‘cha yoshidan boshlab 2 yil mobaynida o‘rgatiladi. 9 yil maktabda, 3 yilo‘rta-maxsus kasb-hunar kollej, akademik litseylarda vaholanki, 4 yil davomida esa oliy o‘quv yurtida ham mutaxassisligi bo‘lmagan yo‘nalishlarga-da hattoki o‘qitiladi. Hammasini hisoblaganda 18 yil. Bu kichik muddat emas. Nahot shu yillar mobaynida ham o‘o‘rgana olmas. Ayb kimda? Qiziqmagani uchun o‘quvchidami yoki qiziqtirolmagani uchun o‘quvchidami? Bu masalaga hozirdan jiddiy e’tibor bermasak, keyinchalik ko‘pchilikka zarar keltirib qo‘yishimiz mumkin, - deydi professor Muxtorxon Umarxo‘jaev.
Xorijiy tillarni o‘qitishda amaliyot va nazariyotning muhimligi, ta’lim jarayonini tashkil etishda innovatsion metodlar va ulardan samarali foydalanish usullari, kognitiv tilshunoslik hamda tarjima nazariyalari kabi mavzularda konferensiya ishtirokchilariga fakultet dekani Muhammadjon Abduvaliev, professor Sotvoldi Rahimov, professor G‘anijon Xoshimov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsentlardan Sharobiddin Alimov, Ahmadali Mamadaliev, Muzaffar Qurbonovlar o‘z ma’ruzalarini taqdim etdilar. Bo‘lajak til mutaxassislarini auditoriyada o‘zlarini tutishi hamda o‘quvchilarning yosh nuqtai nazaridan kelib qichiqqan holda nutqida ishtirok etayotgan so‘zlarning qiyin yoki osonligini tanlash, bo‘lajak mutaxassislarning bilim doiralari kengayishi maqsadida turli adabiyotlardan foydalanish usullari singari masalalar ham kun tartibidagi ko‘ndalang mavzular sirasiga kiritilib, muhokama etildi.
Konferensiya so‘nggida ishtirokchilar ma’ruzachilardan o‘zlari qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar va konferensiya o‘z ishini yakunladi.
Xurshidaxon A'ZAMJONOVA,
ADU Xorijiy tillar fakulteti talabasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta