Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

DILLAR SOG'INGAN NAVRO'ZIM!

  • 23.03.2017
  • 0
Har bahorda u bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Derazamning oldida bir tup,
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...
Benazir shoirning mazmundor bitiklari, to‘g‘ri emasmi?!
Har bahor ko‘klamning ibtidosi  oshiq ko‘ngillarni  o‘z otashi o‘tida yoqaveradi, yoqaveradi, aslida  nimadan boshlanarkin sarvari olamning yasharish fasli?! Quyoshning tobora shimol tomon yastanib borishidanmi, yoki binafshayu boychechakning, ariq bo‘ylaridagi yalpizlarning bo‘y ko‘rsatishidanmi, yoki qishining qahridan  mung‘aygan ayvonlarimga rizq ulashayotgan, bobodehqon, sahovatlar belanchagi  ona zamin ko‘nglini  uyg‘otayotgan qaldirg‘ochlarning Vatanga qaytishidanmi?!Balki, bu sog‘intiruvchi, kelinlardek nozlanuvchi faslning nazokati Tyan shanu Pomir tog‘lari   cho‘qqilarini siylab yotgan qorlarning bobo quyosh taftidan arazlab, ko‘z yoshlar to‘kishi  ta’sirida, o‘ynoqlab, erkalab, shivirlab ona zaminga rizq ulashishga shoshilayotgan jilg‘alaridandir?!Ehtimol qaqajon o‘rigu bodomlarning  gullaridandir?!Ehtimol dalasiga shoshilgan bobodehqonning suz xotin, suzma xotin, ko‘lankasi maydon xotin, yomg‘ir yog‘dir xo‘l bo‘lsin, ekin-tikin mo‘l bo‘lsin, deya aytayotgan laparlaridanmikin nafosatning ibtidosi?!

Assalom ko‘klamoy!  Assalom ishq fasli! Assalom ezguliklar saltanati!

Yurtimizning har bir go‘shasida bo‘lgani kabi Andijon viloyatida joylashgan barcha bog‘larda katta Navro‘z xalq sayllari tashkil etildi. Jumladan, markaziy Navoiy bog‘i, “Bog‘i Bobur”, “Kamolot” hamda Bolalar bog‘larida tantanalar kun davomida odamlar bilan to‘ldi. Tadbir avvalini viloyat hokimining o‘rinbosari ochib, jaraynlar bilan shahsan tanishib, o‘zining iliq fikrlarini bildirdi. Uyqusiragan ona zaminu, yalong‘ochlikdan andisha qilib, yuzi yer chizayotgan novdalarning yuziga suv sepib xushiga keltirib,   yana  yashil zar liboslar bilan o‘rantirgandek, bahor kelishi bilan chanqoq ko‘ngillar, oshiq yuraklar yana  yangi tilaklar,  tuyg‘ular bilan limmo-lim to‘lganini sayl jarayonlaridan anglab olish qiyin emasdi.
Xalq sayli davomida qatnashgan mehmon-u mezbonlarning bir-birlariga samimiy va iliq tilaklarni bildirib, o‘z qo‘llari bilan sumalak yedirayotgan holati dillarni quvonchga to‘ldiradi. Go‘yo qahri qattiq qishdan so‘ng kelgan ko‘klam  shunday sehrliki, nafaqat inson, balki ohumi, gulu chechakmi, novdayu, kurtakmi barisini qalbini birdek ishg‘ol qila oldi.

Navro‘z saylini sog‘ingan dillarning barchasi bog‘larda jamuljam bo‘ldi. Bir tarafda kurash, arqon tortish, kuch sinashish singari qadimiy va qiziqarli bo‘lgan o‘zbek xalq o‘yinlari alp yigitlar bilagida bor kuchini ko‘rsatishayotgan bo‘lsa, boshqa tarafda chuchvara, osh, manti kabi milliy taomlarni tayyorlash, bezatish, shu bilan birga tarqatish bilan band bo‘ldi.

Bahoriy kayfiyat, ruhiyatni o‘zida mujassam etgan sayllarning tarovati, shukuhi ham o‘zgacha o‘tmoqda. Ayniqsa, kelinchaklardek turli-tuman bo‘lib tuslanayotgan qizlarning egnidagi atlas va adraslar jilosini ko‘rib ko‘zlar qamashmoqda.
Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetining katta o‘qituvchisi Ashurxon Matkarimova.

Doshqozonda qaynayotgan sumalak barchaga yetdi. Azaliy manzaralarning yaqqorl aksini ko‘rish mumkin bo‘lgan xalq bayramida faol ishtirok etganlarning barchasi Andijon viloyati hokimining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Yana bir bor Navro‘zing muborak, ona xalqim!!!
Xurshidaxon A'ZAMJONOVA,
ADU Xorijiy tillar fakulteti talabasi, "Kamolot" YoIH faoli
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta