Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

ANDIJONDA INNOVATSION YARMARKA

  • 19.03.2017
  • 0
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 1 martda e’lon qilingan “Muqobil energiya manbaalarini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘risida”gi Farmonining ijrosini taminlashda viloyat, viloyatlar, korxonalar, muassasalar, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik va oilaviy biznes vakillarining vazifalarini muvofiqlashtirish muhim. Yuqorida qayd etilgan qator masalalrni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamda Andijon davlat universiteti hamkorligida “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar X Respublika yarmarkasi”ning hududiy taqdimoti tashkil etildi. Andijon davlat universiteti binosida o‘tkazilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 30 ta ilmiy tadqiqot institutlari, boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi ilmiy tadqiqot institutlari, Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi tasarrufidagi 40 ta  Oliy talim muassasalarining 250 dan ziyod innovatsion ishlanmalari taqdimotlari namoyish etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Urganch, Nukus,  Buxoro, Guliston, Farg‘ona va Namangan shaxarlardan tashrif buyurgan mualliflar faol ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida Andijon viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev hamda O‘zbekiston Fanlar  Akademiyasining akademigi Soyibjon Ne’matovlar so‘z olib, an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan yarmarka va erishilgan yutuqlar borasida atroflicha fikr yuritdilar. Har yilgi taqdim etilayotgan loyihalar o‘zining dolzarbligi va hayotga tatbiq etilish zaruratining yuqoriligi bilan baholanib kelinmoqda. Albatta bu yangi kashfiyotlarning yuzaga chiqishi bilan birga ularni  munosib taqdirlash, qo‘llab-quvvatlashda ham katta samara bermoqda. Innovatsion texnologiyalarning amaliy isboti esa aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda, desam mubolag‘a bo‘lmaydi, - deydi Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev.
Yarmarkada qishloq xo‘jaligi, sanoat qurilish, energetika, fan va talim, shuningdek, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlarga doir ishlanmalar namoyish etilmoqda. Jumladan,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika-quyosh” IIChB materialshunoslik institutining texnigi Elmurod Umarov ham o‘zining “Ko‘pko‘zguli quyosh oshxona” loyihasi bilan qatnashmoqda. U hozirgi davrda ilm-fan texnikaning turli sohalarida quyosh qurilmalari keng ishlatilayotganligi, xususan, individual sektorda ishlatilish sohasi jadal rivojlanayotganini chuqur anglagan holda, quyosh oshxonasi masalasini ko‘ndalang qo‘ygan. O‘zbekiston iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda maishiy va xususiy maqsadlarga ishlatiladigan quyosh qurilmalari muhim vosita. Sodda qilib ayiganda, kundalik turmush tarzi ovqat tayyorlash, choy qaynatish, shashlik pishirish kabi vazifalarni bajarishda yaqindan yordam beradi.
Yarmarka qizg‘in davom etmoqda. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha ishtirokchilarning loyiha va takliflari bilan yaqindan tanishib chiqmoqda.
Asli iqtisodchi bo‘lgan Asaka tumanidan tashrif buyurgan “Fayzli hosil unumdorligi” Dilmurodjon Mehmonov “Bir yilda uch marta (buhdoy-tariq-tariq) don yetishtirib hosildorlikni 100 sentnerga yetkazish texnologiyasi” nomli loyihasi bilan qatnashmoqda. Yarmarka va dasturi borasida u quyidagi fikrlarni bildirdi:
Bugungi kunda ham dunyo aholisini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Ushbu masalani hisobga olgan holda tariq O‘zbekiston sharoitida bug‘doy va arpadan keyin ikki marta don hosili yetishtirish imkonini bermoqda. Tariqning donidan esa spirt va kraxmal olinadi. Kraxmali guruchnikiga nisbatan tezroq qandga aylanadi. Biz yaratayotgan ushbu loyihaning ahamiyatli jihati ham aynan shunda.
Ko‘plab foydali shartnomalar tuzishda ko‘prik vazifasini o‘tagan yarmarka so‘ngida faol qatnashgan ishtirokchilar viloyat hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Xurshidaxon A'ZAMJONOVA
universitet talabasi, "Kamolot" YoIH faoli 
Suratlar muallifi Abdulaziz G'ofurov
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 1 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 1 ta