Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

MILLIY VA XALQARO MEHNAT STANDARTLARI

  • 03.03.2017
  • 0
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid imzolangan Bosh kelishuvda hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi bilan O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o’rtasida tuzilgan Tarmoq kelishuvida xodimlar va ish beruvchilarning mehnatga oid huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini ta’minlash, ijtimoiy muloqot o’rnatish orqali ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi muammolarni oldini olish, mazkur masalalarda o’quv-seminar tashkil qilish kabi masalalar o’z aksini topgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mehnat munosabatlarini tartibga solish va mehnat qonunchiligi buzilishlarini oldini olish, Xalqaro Mehnat Tashkilotlarining O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari talablari ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yilning 1-mart sanasida Andijon davlat universitetida kasaba uyushmasi o’rtasida tuzilgan jamoa shartnomasining 2016-yildagi ijrosi hamda “Milliy va xalqaro mehnat standartlari” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.
Seminar-treningda O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Lazokat Turikova, Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev, Andijon davlat universiteti Hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Mirzabahrom Botirov kabilar ishtirok etdilar.
Yig’ilishning ochilish marosimida Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev 2016-yil davomida ish beruvchi bilan kasaba uyushmasining hamkorlikda amalga oshirgan ishlari haqida fikr yuritdi.
Shuningdek, O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutahassisi Lazokat Turikova “Milliy va xalqaro mehnat standartlari” mavzusida fikr yuritib, seminar-trening ishtirokchilari bilan ochiq muloqot tarzida savol-javob olib bordi.
2016-yil davomida hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan jamoa shartnomasi asosida amalga oshirilgan ishlar hisoboti Universitet HTKUQ raisi Mirzabahrom Botirov tomonidan ommaga havola qilindi.
Seminar yakunida faol ishtiroklari uchun universitetning Sarvarbek Jumayev, Rahmatjon Toshpo’latov, Davron Ismoilov kabi bir qator yoshlari O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilovning tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Loyiha yakunlangandan so’ng barcha ishtirokchilar universitet oshxonasida “Bir payola choy ustida” suhbat qurdilar. Oliygohning iqtidorli talabalari tomonidan ko’ngilni hushlovchi lavhalar, konsert dasturi ijro qilindi.

Rahmatjon TOSHPO'LATOV
Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti "Kamolot" YOIH BT matbuot yo'nalishi sardori 
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 1 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 1 ta