Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

XOTIRA VA QADRLASH KUNI

  • 08.05.2017
Mamlakatimizda 9 mayning xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanishi bejiz emas. Chunki, o‘tmishni xotirlab, ajdodlarning yaxshi ishlaridan o‘rnak olib, ularning ezgu niyatlarini amalga oshirish yo‘lida zahmat chekib hamda o‘zi bilan yonma-yon hayot kechirayotgan insonlarni qadrlab, ularning dardu xasratlariga, shodligu quvonchlariga sherik bo‘lib yashash insoniylikning eng yuksak namunasidir.
Bugungi tinch va osuda hayotning bunyod bo‘lishida, oila a’zolarimiz, yaqinlarimiz bilan farovon umrguzaronlik qilishimizda mana shu kunlarni orzu qilgan, shu yo‘lda kurashib jonini qurbon qilishga ham tayyor bo‘lgan ota-bobolarimizning xizmatlarini hech bir mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Aziz va mukarram qilib yaratilgan va shu bilan birga boshqa yaratiqlardan aqlu idroki bilan farq qiluvchi INSON zoti bir-birini yaxshi nom bilan xotirlash, bir-birining qadriga yetib yashashga mas’uldir. Insoniyat paydo bo‘libdiki, hamisha yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik o‘rtasida kurash bo‘lib keladi va hamisha yaxshilik va ezgulikning g‘alaba qilishi odamzotning azaliy orzusi bo‘lib kelgan.
Biz bugun mana shunday farovon hayot kechirayotgan ekanmiz, demak, mana shuning o‘zi yaxshilik va ezgulikning g‘alabasidir. Shuning uchun ham, biz o‘tmishni xotirlab yashash bilan birga bugungi kunimizning shukronasiga bayram qilib yashashga haqlimiz. O‘tmishda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz bilan birga yaqin o‘tmishimizda bizning bugungi kunimiz uchun kurashgan otalarimizning nomlarini ulug‘lab, ularning ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lishlarini yaratgandan so‘rab qolamiz.
Akromjon YULDASHEV
Universitet rektori, biologiya fanlari doktori, professor
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 3 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 3 ta