Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

NAVRO'Z TABRIGI

  • 21.03.2017
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli ustozlar, qadrli talabalar!

Bilamizki, Sharq xalqlari Navro‘zi olamni yangilanish va uyg‘onish ayyomi sifatida bayram qiladilar. Butun yurtimizda bo‘layotgani kabi bugun bizning o‘quv maskanimizda ham Bahor ayyomining, uyg‘onish faslining kirib kelgani, yerga amal kirgani katta bayram qilinmoqda. Dono xalqimiz bejizga “Hamal kirdi – amal kirdi” demaydi. Hamalning kirib kelishi bilan butun olam uyg‘onadi, ekinlarga amal kiradi, bobodehqon yerga urug‘ qadab, mo‘l hosil, qut-baraka tilaydi, kishilarning kayfiyatlarida ajib o‘zgarishlar yuz berib, qayta jonlanayotgan tabiat bilan birga o‘zi ham dunyoga uyg‘oq nigoh bilan qaray boshlaydi. Navro‘zni shoirlardan biri “Fasllar ichida yoqimtoy, asl, Fasllar ichida xotamtoy fasl” deya madh etgan edi. Haqiqatan ham, Navro‘z barchaga birdek yoqadigan, xotamtoylikda tengi yo‘q fasldir. Navro‘z kelishi bilan butun borliqni bahoriy kayfiyat zabt eta boshlaydi. Tinch va osoyishta yurtga bayramlar yarashadi, degan gap bor. Bu yilgi bahor, bugungi Navro‘z ayyomi Yurtimizdagi turli sohalarda yuz berayotgan yangilanishlarga ham o‘zgacha shukuh, o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.

Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni bugungi Navro‘z bayrami bilan qizg‘in muborakbod etaman, Sizlarga oilaviy baxt, o‘qish va ishlaringizda omad tilayman. Bahoriy kayfiyat Sizlarni hech qachon tark etmasin, mana shunday qutlug‘ bayramlarni barcha yaqinlaringiz davrasida yana uzoq yillar nishonlab yurish barchalaringizga nasib qilsin.

Akromjon Sultanmuradovich YULDASHEV
Universitet rektori, biologiya fanlari doktori, professori
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 2 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 2 ta