Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

QUROLLI KUCHLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O'TAB BO'LGAN FUQAROLARGA IMTIYOZLAR

  • 13.04.2017
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O‘TAB BO‘LGAN FUQAROLARGA IMTIYOZLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA» 2012 YIL 31 MAYDAGI PQ-1765-SONLI QARORIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 14-son, 218-modda)

Harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rgan abiturientlar mehnatini rag‘batlantirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 yil, № 22, 242- modda) 1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1. 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar».

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjaev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2017 yil 4 aprel,
PQ-2867-son

шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 2 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 2 ta