Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

BAXTLI OILA SARI

  • 17.05.2017
  • 0
Inson avvalo oila bag‘rida unib o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida, mahalla-ko‘yda, ta’lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday  ekan vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jaxon xamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘ vazifani oila, mahalla, ta’lim muassasalarisiz xal etib bo‘lmaydi.
Davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, oila masalasiga aloxida e’tibor qaratilmoqda va bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi sir emas albatta. 
Davlatimizda har yili 15-mayda nishonlanadigan “Xalqaro oila kuni” ham 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, turli davlatlar jamoatchiligi e’tiborini oilaning ko‘p sonli muammolariga qaratishdan iboratdir.
Ushbu bayram munosabati bilan aynan Andijon viloyatida ko‘plab xayrli ishlar, tadbirlar tashkil etiladi. Shunday tadbirlardan, Andijon viloyati Zaxiriddin Muhammad Bobur nomli  musiqali drama teatrida Andijon viloyati Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Baxtli oila sari” ko‘rik tanlovini tashkil etilishi fikrimizga misol bo‘la oladi. Ushbu ko‘rik tanlov yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, uchta shart bo‘yicha Andijon davlat universiteti, Andijon davlat mashinasozlik instituti, Andijon davlat qishloq xo‘jaligi instituti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti shartlar bo‘yicha bellashdilar. Shartlar qizg‘in va murosasiz tarzda bajarildi va milliyligimizni aks ettirib turgan kiyimlar, sahna madaniyati, savol-javoblarda faol ishtiroki bilan yangi shakllanib, “Andijon yoshlari” nomini himoya qilib chiqqan Andijon davlat universiteti talabalari fahrli BIRINChI o‘rinni qo‘lga kiritib universitet sharafini himoya qildilar. Tanlov raisi Andijon viloyati xokimi o‘rinbosari viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Fazliddinovna Yunusova boshchiligida talabalarning shartlarni bajarishlari bo‘yicha ballar qo‘yib borildi. M.Yunusova tadbir so‘ngida barcha qatnashchi va tashkilotchilarga bugungi ishtiroki bo‘yicha fikr va muloxazalarini bildirdi. Bunday tadbirlarni tashkil etilib, yoshlarimizga keng imkoniyatlar eshigini ochib berayotgan davlatimiz raxbari va xukumatimiz haqida o‘zining yaxshi fikrlarini bildirdi. Barcha yig‘iliganlarga o‘qish va ishlarida omadlar tilab, ko‘rik tanlov tugaganligini e’lon qildi.

Hayitxon ISMOILOVA
Universitet MG'MAHT kafedrasi o'qituvchisi
Toxirjon A'ZAMOV
Universitet MG'MAHT yo'nalishi talabasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 1 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 1 ta