Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

YUKSAK SALOHIYATLI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH VA KADRLAR SIYOSATI – SHU KUNNING MAVZUSI

  • 20.05.2017
  • 0
O'tkazilish joyi: Andijon davlat universitetining asosiy binosi, 3-qavat, kichik majlislar zali.
O'tkazilish vaqti: 2017 yil, 23 may, soat: 10-00da.

Bugungi kunda Andijon davlat universitetida 8 ta fakultet, 31 ta kafedrada 577 nafar pedagog – xodimlarlar 6992 nafar talaba va magistrlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida o‘tgan 5 yil ichida universtetga 587 ta HP kompaniyasining zamonaviy kompyuterlari, 100 ga yaqin interaktiv doskalar, 50 ga yaqin laboratoriya jihozlari keltirildi. Ushbu texnologiyalarning kelgusida benuqson ishlashini ta’minlash uchun ularning dasturiy ta’minot vositalari va boshqa qo‘shimcha vositalari ham olib kelib o‘rnatildi.
Bugungi kunda jami oraliq va yakuniy nazorat turlarining 40 foizga yaqini elektron test shaklida o‘tkazildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazir­ligi tomonidan e’lon qilinadigan “Yilning eng yaxshi darslik va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovida faol ishtirok etishadi va g‘oliblar qatoridan joy olib kelishmoqda.
Universitet 5 ta akademik litsey va 41 ta kasb-hunar kollejlariga uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Universitetimizning Axborot-resurs markazi (ARM)da 461 146 nusxadan ziyod har xil turdagi darslik, o‘quv qo‘llanma, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar mavjud. O‘tgan o‘quv yilida 4 716 nusxa yangi adabiyotlar keltirildi. Talabalar 41 nomdagi gazeta, 52 nomdagi jurnallar bilan tanishishlari mumkin. Adabiyotlarning elektron bibliografik yozuvlari “ARMAT” dasturi asosida shakllantiriladi. 300 o‘rinli 6 ta o‘quv zalida talabalarga 65 nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda.
Universitetda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 3 ta fundamental, 8 ta amaliy, 1 ta yosh olimlar amaliy hamda 1 ta innovatsiya loyihalari bajarilmoqda.
O‘tgan o‘quv yili yakuniga ko‘ra 3 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi bo‘lishdi.
Ilmga chanqoq talabalar sport musobaqalarida ham hamisha g‘oliblar qatorida borishadi. “Universiada-2016” sport musobaqalarida ishtirok etgan Andijon viloyati jamoasining asosini ADU talabalari, xususan, jismoniy madaniyat fakultetining talabalari tashkil etdi va viloyatimizning faxrli 4-o‘rinni egallashida talabalarimizning hissasi katta bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Andijon davlat universiteti salohiyatini keskin yuksaltirishga xizmat qiladi.
Qarorning 40-ilovasiga muvofiq kelgusi 5 yilda qo‘shimcha ravishda yangi 6 ta yo‘nalish va 5 ta mutaxassislik bo‘yicha talabalar o‘qishga qabul qilinadi. Jumladan, kelgusida matematika o‘qitish metodikasi, oziq-ovqat texnologiyasi, mexanika, fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi, kasb ta’limi (amaliy san’at), ijtimoiy madaniy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatga, ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda), kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha), ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), nazariy mexanika mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga qabul qilinadi.
Kelgusi 5 yilda universitet professor-o‘qituvchilarining 76 nafari Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universiteti hamda Xitoyning Shimoliy-g‘arbiy pedagogika universitetida malaka oshirishda bo‘ladilar.
Universitetda o‘quv jarayonida AKTni qo‘llash borasida keng qamrovli ishlar tashkil etilib, kelgusi 5 yilda bu sohaga salkam 2,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi. 2020 yilda esa qo‘shimcha 461,4 mln so‘mga o‘quv laboratoriyasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.
Umuman olib qaraganda yangi qabul qilingan qaror oliy ta’limni kompleks rivojlantirishni nazarda tutadi.
“Yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash va kadrlar siyosati – shu kunning mavzusi” nomli 2017 yilning 23 may kuni o‘tkaziladigan matbuot anjumanida oliy ta’limning malakali kadrlar tayyorlash borasidagi yutuqlari va mazkur yo‘nalishdagi muammo va yechimini kutayotgan masalalar xususida muloqot bo‘ladi. Anjumanga viloyatda faoliyat ko‘ratayotgan ommaviy axborot vositalarining xodimlari taklif etilgan. OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari javob beradilar.
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 1 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 1 ta