Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

SIYOSIY BILIMDONLAR - ILMIY KONFRENSIYASI

  • 06.05.2017
  • 0
YA-2-2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xamda rivojlantirishda mikrokredit tashkilotlarni tutgan o‘rni va ahamiyati (Huquqiy isloxotlar tajribasi muammo va yechimlar) mavzusidagi davlat grantlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan “Pirovard maqsad aholi farovonligi va yurt taraqqiyoti” mavzusida Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali, Toshkent davlat yuridik universiteti huquqiy tadqiqotlar markazi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat tehnika universiteti, Namangan davlat universiteti, Andijon viloyati xokimligi, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, Andijon viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi, Andijon viloyati Xo‘jalik sudi hamda Andijon davlat universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi xamkorligida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali professori Lola Maratovna Babaxodjaeva, Moskva davlat universiteti Toshkent filiali katta o‘qituvchisi Androvnova Yelena Sergeevna, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ulug‘bek Yaqubov, Andijon viloyati IIB xodimi Azizbek Akramov, Andijon viloyati Xo‘jalik sudi sudiyasi Saidaxmedov Umidjon Murodovich, Andijon davlat universiteti huquqshunosi Mo‘tabar Sodiqova, Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri dotsent T.T.Madumarov, Andijon davlat universiteti milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va shu yo‘nalishning 2-bosqich talabalari, xamda Xorijiy tillar fakulteti 105 gurux talabalari qatnashdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Andijon davlat universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori B.M.Rasulov so‘z olib, konferensiya ishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy qutlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilab ma’ruza uchun so‘zni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali professori L.Babaxodjaevaga berdi. Professor L.Babaxodjaeva, o‘z ma’ruzasini boshlar ekan avvalo Andijonga konfrensiyada qatnashish uchun birinchi marta tashrif buyurayotganligini va bu viloyat haqida bir qancha yaxshi taassurotlar olganligini aloxida ta’kidlab o‘tdi. “Davlatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganligiga endigina 25 yil bo‘ldi, lekin shu qisqa muddat ichida bizning davlatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalardagi amalda erishilgan yutuqlar haqida chet davlatlardan kelgan vakillar ham ijobiy fikrlar bermoqda. Davlatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilar ekan qonunlarimizda har bir insonning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi sir emas.” “Mustaqilligimiz asoschisi bo‘lgan Islom Karimovning faoliyati va bugungi kunda Islom Karimovning faoliyatini odilona olib borayotgan Shavkat Miromonovich Mirziyoevning davlatimiz rivojlanishi, xalqimizning tinch va farovon yashashida hissalari kattaligini ta’kidlab o‘tmasak bo‘lmaydi”–deydi. O‘zining bugungi kunda davlatimiz erishayotgan ko‘plab sohalardagi yutuqlari bugun dunyo xamjamiyati bizni tan olayotganligi xaqida fikr muloxazalarini bildirdi.. Yu.f.n., dots. T.T.Madumarovga ushbu konferensiyani tashkil etganligi uchun alohida minnatdorchilik bildirib, bunday konferensiyalarni yanada ko‘proq tashkil etilishi yana taklif etilsa albatta qatnashishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Keyingi so‘z navbati “Sud huquq isloxotlari-tadbirkorlik sub’ektlari ximoyasida” mavzusida ma’ruza o‘qish uchun Andijon viloyati Xo‘jalik sudi sudiyasi U.Saidaxmedovga berildi. Ma’ruzachi o‘z so‘zini boshlar ekan bugungi kunda davlatimizda sud huquq isloxotlari bo‘yicha olib borilayotgan samarali ishlar va ushbu soha bo‘yicha qonunlarimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi haqida atroflicha fikr bildirdi. Yig‘ilish qatnashchilariga fikr va muloxazalar, maslahatlar yuzasidan bemalol Xo‘jalik sudlariga tashrif buyurishlari, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlarini aytib o‘tdi.
Avvalo ushbu konferensiyada o‘zlarining maqolalalari va ma’ruzalari bilan ishtirok etishga rozilik bildirganliklari uchun ma’ruzachilarga universitet ma’muriyati hamda kafedra a’zolari nomidan alohida minnatdorchilik bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng dots. T.T.Madumarov so‘zni “Odam savdosi va unga qarshi kurashishning huquqiy mehanizmlari” mavzusidagi ma’ruza uchun Andijon viloyati IIB xodimi A.Akramovga berdi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida bugungi kunda axolini xuquqiy ongi va xuquqiy madaniyatini yuksaltirish, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Konferensiya moderatori dots. T.T.Madumarov A.Akramovga mazmunli ma’ruzasi uchun alohida minnatdorchilik bildirib, navbatdagi maruzachi ”Mamlakatimizda yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ma’ruza uchun so‘zni Andijon viloyat Adliya boshqarmasi bo‘li boshlig‘i U.Yaqubovga berdi.
Ma’ruzachi U.Yaqubov o‘z ma’ruzasida Andijon viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bilidirib, amalaga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Bundan tashqari anjumanda, Moskva davlat universiteti Toshkent filiali katta o‘qituvchisi Ye.Androvnova, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi vakili, ADU MG‘MAHT kafedrasi dots Sh.Asqarovlar bugungi konfrensiya bo‘yicha fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Ma’ruzachilar bilan talabalar o‘rtasida qizg‘in savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Anjumanda faol qatnashganlar Universitet rektori tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Konfrensiya o‘zbek rus hamda ingliz tilida olib borilganligi va talabalar ham chet tillarida bemalol fikr almashina olganligi barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

Hayitxon ISMOILOVA
Universitet MG'MAHT kafedrasi o'qituvchisi
Abdulaziz G'ofurov olgan suratlar
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 2 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 2 ta