Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

DILRABONING BAYRAM TUHFASI

  • 31.08.2017
  • 0
O‘zbek xalqining ulkan salohiyati bugungi kunda hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kirayotgan, zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallagan, azmu shijoatli, navqiron yosh avlodimiz timsolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimiz yoshlari xalqimizning mehnatsevarlik, bilim va ma’rifatga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida mujassam etib, Vatan manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan barkamol avlod sifatida jamiyatimizda munosib o‘rin egallamoqda. Ana shunday yoshlarimizdan biri – Andijon davlat universiteti fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi  Dilraboxon Rustamovadir.
D.Rustamova 1988 yil ziyolilar oilasida tavallud topgan. Maktabni a’lo baholar bilan tamomlagach. ADU qoshidagi Asaka akademik litseyida ta’lim oldi. 2005-2009 yillarda esa Andijon davlat tillar pedagogika instituti (hozirgi ADU xorijiy tillar fakultetida) talabalik gashtini surdi. 2009-2011 yillarda TDPIda magistraturani tamomladi.
Dilrabo maktabda o‘qib yurgan chog‘laridayoq  o‘z oldiga xorijiy tillarni puxta o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydi, ingliz tili va adabiyoti bilan kuchli qiziqish va ishtiyoq ila muntazam shug‘ullandi. O‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat fan olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.
Universitetda esa Dilraboxon Rustamova professor-o‘qituvchilar va talabalar orasida obro‘ va e’tiborga ega. kasbdoshlari uni kamtar inson, mehribon do‘st sifatida hurmat qilishadi. Boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasining faol a’zolaridan. Jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazishda, targ‘ibot-tashviqot dasturlarini amalga oshirishda tashabbuskor.
“Metaforik evfemizatsiyaning lingvomadaniy va sotsiopragmatik aspekti” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi izlanishlari natijasida bir qator xorijiy va respublika nashrlarida ilmiy maqolalari chop etildi.
Dilrabo xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga sportning karate-do turi bilan shug‘ullanib keladi. Tirishqoqligi, mustahkam irodasi, mashg‘ulotlarda tinimsiz va astoydil shug‘ullanganligi natijasida ushbu sport turi bo‘yicha shahar, viloyat kubogi g‘olibi bo‘lgan. Shotokan karate-do bo‘yicha 3 karra respublika, 1 marotaba Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibi bo‘lgan.
Dilrabo hozirda ikki nafar shirindan-shakar farzandning mehribon onasi. Qaynona va qaynotaning duolarini olib, xizmatlarini sidqidildan bajarmoqda. Dilraboxonning turmush o‘rtog‘i Dilshodbek Rustamov ham pedagog.
Yurtimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport va boshqa sohalarda jonbozlik ko‘rsatib, mamlakatimiz ravnaqiga, uning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatanparvar va fidoyi yoshlarimizning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 avgustdagi “Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yosh avlod vakillarini mukofotlash to‘g‘risida” gi PF-5172-sonli farmoniga ko‘ra Dilraboxon Rustamova “Shuhrat medali” bilan mukofotlandi. Mustaqillik bayrami arafasida tarqalgan bu xushxabar universitet jamoasi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.
Jamoamiz nomidan Dilraboxon Rustamovani bu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz. Tirishqoq va intiluvchan Dilraboxonni bundan-da ulkan mukofotlarga sazovor bo‘lishiga ishonamiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
FARMONI
YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSh AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA
"Shuhrat" medali bilan
 
Rustamova Dilraboxon Abdurahimovna – Andijon davlat universiteti o'qituvchisi
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoev
Toshkent shahri,
2017 yil 26 avgust

Umidaxon AHMEDOVA, 
Universitet xotin-qizlar qo'mitasi raisi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 5 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 5 ta