Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ

  • 05.07.2017
  • 0
Barchaga ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’zining dinga bo’lgan munosabatini huquqiy me’yorlar asosida qat’iy belgilab oldi. Xususan,  “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” kabi tamoyillar bosh qomusimiz hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda o’zining huquqiy ifodasini topgan.
Ammo dunyo miqyosida kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining  jadal taraqqiyoti davrida inson qalbi va ongini zaxarlash uchun diniy omillardan foydalanish holatlarini ko’plab uchratmoqdamiz.
Aksariyat hollarda bunday kurashlar qurolli tus olib, begunoh go’daklar, nuroniy otaxon-onaxonlar, munis ayollar boshiga og’ir kulfatlar olib kelyapti. Dinni niqob qilib, o’ziga terrorchilikni kasb qilib olgan kimsalar bir qator qo’shni davlatlarda qonli to’qnashuvlar amalga oshirib, o’zlarining e’tiqodi puch, imonsiz kimsalar ekanini namoyon etmoqdalar.Ular insonlar ongidagi g’oyaviy bo’shliqni diniy-ekstremistik g’oyalar bilan to’ldirib, ularni ota-onasi, farzandlari, Vataniga xiyonat qilishga da’vat etmoqdalar.
Bu kabi g’oyaviy tahdidlar O’zbekiston yoshlarini ham chetlab o’tmayapti. So’nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlari ta’siriga olish, “Internet” orqali targ’ibot o’tkazish, har xil diniy hujralar tashkil qilish, ekstremistik ruhdagi materiallarni bosma yoki elektron holatda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Aynan shu sababli bugungi kunda yoshlarimizning ma’naviy immunitetini oshirish borasida juda ko’p amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Har yili viloyatlarda “ Biz – yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusida ma’rifiy tadbirlar o’tkaziladi. Yoshlarning bandligini ta’minlash, ular ongidagi g’oyaviy bo’shliqni bartaraf etish, ularni yot g’oyalar ta’siridan saqlash uchun Yurtboshimiz rahbarligida hamda “Kamolot” YOIH doirsida juda ko’p loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyatimiz yoshlari ham respublika miqyosidagi “Tafakkur sinovlari”, “Zukko kitobxon”, “Baxtli oila sari” kabi tadbirlarda faol ishtirok etib, o’zlarining tafakkurini, kitob mutolaa qilish madaniyatini, ijtimoiy munosabatlardagi bilim va mahoratlarini oshirmoqdalar. Maktablarda, kasb-hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida o’quvchi va talabalar orasida Vatanparvarlik, tinchliksevarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni keng yoyish uchun suhbatlar, tushuntirish ishlari olib borilyapti. Bu borada viloyat va tuman hokimliklari, qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari, “Kamolot” YoIH ning tuman kengashlarining o’rni beqiyos. Chunki mamlakatimiz aholising 60%dan oshig’ini yoshlar tashkil etsa, ana shu yoshlarning katta qismi uyushmagan yoshlardir. Bu kabi uyushmagan yoshlarni bo’sh ish o’rinlariga jalb etib, ularning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etsakkina, yoshlarimizni  yot, zararli illatlar ta’siridan saqlashimiz mumkin. Mamlakatimizda uyushmagan yoshlar jamoasi katta kuchni tashkil qiladi. Bu  kuchdan to’g’ri foydalansak, ularga yurtimiz taraqqiyotiga o’z xissalarini qo’shishga imkoniyat yaratgan bo’lamiz. Buning uchun tumanlarda, qishloqlarda turli hunarmandchilik, ya’ni yigitlar uchun haykaltaroshlk, yog’och o’ymakorligi, qizlarimiz uchun pazandachilik, to’quvchilik, kashtachilik, do’ppido’zlik kabi maktablar, to’garaklar yaratilsa, iqtidorli tengdoshlarimiz malakalarini oshirib, hukumatimizning moddiy yordamidan foydalangan holda o’z tadbirkorliklarini yo’lga qo’yishi mumkin.
Yurtboshimizning har bir ma’ruzalarida, ijtimoiy qarorlarida, amaliy ishlarida biz yoshlarga bo’lgan yuksak ishonchni yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu sabab yuksak marralarni zabt etish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan obod Vatanimizda diniy ekstremizm va terrorizmning ildiz otishiga yo’l qo’ymaslik bizning asosiy burchimizdir. Buni chuqur his etgan har bir tengdoshimizning qalbida, ongida shu jumlalar doimo aks sado berib turadi:
Biz – yoshlar diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!
Sevara YULCHIBOYEVA
Universitet filologiya fakulteti talabasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta