Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

KORRUPSIYA – MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTIGA TO’SIQ BO’LAYOTGAN ILLAT

  • 04.07.2017
  • 0
Mustaqil O’zbekistonimiz istiqlolga erishib, nuli kelajakka qadam qo’yganiga ham sal kam yigirma yeti yil bo’ldi. Bu qisqa davr mobaynida Vatanimiz ham iqtisodiy, ham ma’naviy jihatdan e’tirof etarlik darajada yuksaldi.
Ammo tanganing ham ikki tomoni bo’lganidek, bu kabi yorug’ kunlarimizga soya solayotgan illatlar ham yo’q emas. Diniy ekstremizm, terrorizm kabi yurtimiz taraqqiyotiga to’sqinlik qilayotgan salbiy omillardan biri bu – korrupsiyadir. Ayrim nafsiga qul kimsalarning o’zlariga ishonch bilan topshirilgan mavqelarini, kasblarini suiste’mol qilishlarida natijasida mamlakatimizda korrupsiya balosi avj olib bormoqda. Aynan shu sababli joriy yilning 28-iyun kuni Andijon Davlat Universitetining videokonferensiya zalida  “Davlat xizmatida korrupsiyaga oid qonunbuzarliklarni o’z vaqtida oldini olish, aniqlash va ularga o’z vaqtida chek qo’yishni ta’minlashning muhim vazifalari” mavzusida videokonferensiya o’tkazildi.
Mazkur videokonferensiyada Adliya vazirligi, prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat organlari, sud idoralari, davlat boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan mas’ul hodimlar ishtirok etdilar.
Ushbu videokonferensiyada respublikamiz poytaxti va viloyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat olib borayotgan hodimlar o’zaro fikr almashdilar. Ta’magirlikning oldini olish uchun davlatning yuqori lavozimlariga nomzodlarni sinov asosida saralash orqali qabul qilish yaxshi samara berishi aytib o’tildi.
Ta’magirlik natijasida tovlamachilik,o’g’rilik kabi jinoyatlar kelib chiqmoqda. Iste’dodli, bilimli yoshlar o’rnini hamma narsani pul bilan o’lchovchi, hammasiga pul bilan erishishni xohlovchilar egallayotgani rivojlanishimizga to’siq bo’layotgan eng katta xavfdir. Korrupsiyaning eng kichik ko’rinishlari, ya’ni sovg’a-salomlar, mehmondorchilik, choyxona-yu oshlarga taklif qilishlar ham, yoki katta miqdorda pul, mashina yana boshqa qimmatbaho buyumlar taklif qilish ham huquqbuzarlikning bir ko’rinishi bo’lib, qonun tomonidan javobgarlikka tortish uchun yetarlicha sabab bo’la oladi. Ammo huquqiy bilimlari yetarli bo’lmagan yurtdoshlarimizning “sen menga tegma, men senga temayman” qabilida ish tutishlari nihoyatda achinarli holat. Yillar davomida peshona teri bilan farovon hayot uchun ishlab topganlarini bir kunning o’zidayoq qandaydir nafsi buzuq kimsalarning jig’ildoniga urish uchun o’z qo’llari bilan berayotganining o’ziyoq so’zimizning isbotidir. Aynan shu bilimsizlik, loqaydlik orqasidan faqatgin ularning o’zi emas, balki butun jamiyat aziyat chekadi. Nahotki, mustaqil, har jihatdan taraqqiy etayotgan mamlakatimiz fuqarolari ularning huquqlarini himoya qiluvchi davlat organlari faoliyat ko’rsatayotganidan, ularga murojaat qilish orqali muammolar bartaraf etilishidan bexabar bo’lsalar?   Ayniqsa, “Xalq bilan muloqot yili” da har bir yurtdoshimiz o’zlarini qiynagan har qanday muammoni bevosita yurtboshimiz bilan o’rtoqlashishi mumkin-ku. Axir “Xalq bilan muloqot -  taraqqiyot garovi” deb bejiz aytmaydilar.
So’zimning oxirida aytmoqchimanki, ta’magirlikka qarshi kurashishda har qanday islohotlarni amalga oshirishdan avval hamyurtlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni o’z haq-huquqlarini tanishga, himoya qilishga o’rgatish lozim. Barcha erkin fikrini aytishi mumkin bo’lgan huquqiy-demokratik tamoyillarga asoslangan mustaqil davlatimizda yurtdoshlarimiz  huquqlarining buzilishi, korrupsiya va boshqa jinoyatlar avj olishiga yo’l qo’ymaslik asosiy burchimizdir. Buni yurakdan xis etish, uning uchun harakat qilish har birimizning Vatan oldidagi qarzimiz ekan, aziz talabalar, tengdoshlar, barchangizni kelajakka soya solayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlab qolamiz.

Sevara YO'LCHIBOYEVA
Universitet fillologiya fakulteti talabasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 3 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 3 ta