Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

XOTIN-QIZLAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH - DAVR TALABI

  • 30.06.2017
  • 0
Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova hamda Andijon davlat universiteti boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Umida Ahmedova tashabbusi bilan Andijon viloyati hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, jismoniy tarbiya va sport, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda sportni rivojlantirishga daxldor tashkilot va muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sportchilar ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, iste’dod va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilayotgani ta’kidlandi.
– Viloyatda xotin-qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun 4 ming 595 zamonaviy sport inshooti faoliyat yuritmoqda, – deydi Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova. – Viloyatdagi bolalar sporti, shuningdek, maktabdan tashqari va ta’lim muassasalarida 350 ga yaqin murabbiya mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bugungi kunda viloyatda 20 mingdan ziyod xotin-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda, 110 mingga yaqini ommaviy sport turlariga jalb etilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida andijonlik qizlar tomonidan mamlakat va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida 171 oltin, 169 kushush, 141 bronza medali qo‘lga kiritildi. Ularning 2 nafari jahon, 6 nafari Osiyo, 3 nafari Markaziy Osiyo chempioni degan sharafga sazovor bo‘ldi.
Anjumanda “Xotin-qizlar, xususan, uy bekalarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda ayollar sportini rivojlantirishda mutasaddi va jamoat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlashning muhim vazifalari”, “O‘quvchi qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish”, “O‘smir qizlar va ayollar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati”, “Xotin-qizlar sporti: imkoniyat va istiqbollar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Tadbirda Andijon davlat universiteti boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Umida Ahmedova so‘z olib, sportchi xotin-qizlarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. -Birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov hamda amaldagi prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan biz ayollarga jamiyatning bir bo‘lagi deb qaralmoqda, - deya sportchilarni ruxlantirdi.
Viloyatda haftaning har chorshanbasi – sport kuni, deb e’lon qilingan. Shu kuni korxona, tashkilot va muassasalarda turli sport tadbirlari o‘tkazilayotgani aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Tadbirda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Andijonlik sportchi-qizlar erishgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.

Zilola ABDUKARIMOVA
ADU Filologiya talabasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 2 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 2 ta