Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

IKKI ADIB XOTIRASI

  • 19.06.2017
  • 0
Tarjima asar narhini yo oshiradi yoki tushiradi. U bilan shug'ullanish, mentalitet, urf-odatlar bilan uyg'unlashtirish ham bir san'at. Asrlar osha sevilib, o'qilayotgan ijodiy ishlarning qadri esa uning muxlislari bilan o'lchanadi.
Eng avvalo, kitobni va tilni sevish, ardoqlsh kerak. Yuqoridagi masalalar yuzasidan Andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti hamda "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli viloyat axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda Gyote va Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy kecha tashkil etildi.
Uning mazmunini yanada yoritib berish, tilni o'rganish darajasini tekshirish va munosib taqdirlash maqsadida “Toshkent Gyote institute ko'chma kutubxonasining eng faol kitobxoni” tanlovi ham tashkil etildi. Nemis va o’zbek tillarida o’tkazilgan tadbirning kirish qismini filologiya fanlari doktori, nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Muxtorjon Umarxo’jayev o’zining hayotiy tajribalari va bir ustoz shogirdiga beradigan kitob mutolaasi xususidagi qimmatli so’zlari bilan boshlab berdilar.
Shundan so’ng tanlov barobarida nemis tili fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan Gyotening “Faust” asaridan parcha nemis tilida ijro etilib, o’zbek tilidagi mazmuni ham tushuntirildi. Yig’ilganlar Gyotening yana bir bor nozik tabiatli ammo qat’iyatli, yuksak salohiyatli shaxsligiga, Erkin Vohidovning esa so’z tanlash borasida mohir va ajoyib tarjimon ekanligiga yana bir bor guvoh bo’ldilar.

Bugungi kunda til o’rgangan biror yigit-qiz yo’qki ishsiz qolgan bo’lsa. Ingliz tili kabi nemis tili ham, unda ijod etgan shoir-yozuvchilar ham va hattoki yaratilgan asarlarning saviyasi ham ancha yuqori. Jumladan, bugun namoyish etilgan asarni ham yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi jang, dunyoda mehr-oqibatni tarannum etuvchi yorqin asar namunasi sifatida tan olish mumkin, - deydi M.Umarxo'jayev.

Qiziqarli o'tgan adabiy kecha  so'ngida barcha ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Shohidaxon BARATOVA
Universitet xorijiy tillar fakulteti talabasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 1 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 1 ta