Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

HARAKATLAR STRATEGIYASI KENG YOYILMOQDA

  • 19.06.2017
  • 0
Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-2021 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi loyihasi ishlab chiqilib, harakat ijrosini ta’minlash hamda uni keng ommaga tushuntirish maqsadida Respublikamiz bo‘ylab keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Kamolot” YoIH Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Kengashi tomonidan tashkil etildi. Unga harakatning viloyat Kengashi matbuot yo‘nalishi bo‘lim mudiri Abdujalil Abdurahimov va Hilola Bahodirjonovalar tashrif buyurib, seminar tarzida o‘tkazdilar.
Treningda 1-3 kurs talabalari qamrab olinib, dasturning barcha bandlari, unda tanlangan ranglar va yoshlarning ishtiroki xususida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi. Harakatda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning demokratik islohotlarini chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlashsh hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatini rivojlantirish kabi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar belgilanib, barcha yo‘nalishlar o‘zida ma’lum ranglarni mujassamlashtirib kelishi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, seminar yakunida berilgan ma’lumotlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini tekshiruvchi testlar tarqatilib, ularning sinchkovliklari ham tekshirildi. Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlari, mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish, belgilangan vazifalar ijrosini to‘laqonli ta’minlash, kamchilik va muammolarga esa e’tibor qaratgan holda tanqidiy materiallarga keng o‘rin berish, fuqarolarda islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish singari bir qator maqsadlarga erishilganini barcha talabalarning ko‘zlaridan uqib olish qiyin emasdi.
Bunday amaliy ishlar viloyatimiz oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab davom etmoqda.

Maftunaxon OLIMOVA
Universitet "Kamolot" YIH Xorijiy tillar fakulteti matbuot yo'nalishi sardori
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta