Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

YUKSAK MARRALAR SARI

  • 19.06.2017
  • 0
Kitob ma'naviy boylik deya e'tirof etiladi. Uni yaratish mashaqqati, barchaga birdek manzur bo'lishligining mas'uliyati katta. Ayniqsa, u tarjima bo'lsa. Aynan mana shu yo'ldan o'z faoliyatini boshlagan Andijon davlat universitetining xorijiy tillar fakulteti talabasi Shohidaxon Baratova ham aynan shu fikrda. U o'zining ilk ijodiy ishi - "Charles Perrault hikoyalari" deb nomlangan hikoyalar to'plamini fakultet ustoz va talabalari e'tiboriga havola qildi.  taqdimot davomida  o’tkazilishidan ko’zlangan asosiy maqsad qilib fakultet talabalari orasidagi iqtidorli talabalarning iqtidorini namoyon qilib ularni yanada yuksak marralarni zabt etishiga undash va bu yo'ldagi harakatini qo'lab-quvvatlashdan iborat bo'ldi. Fakultetning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan o’tkazilgan tadbir davomida qahramonimiz o’zi yaratgan kitobini sharhlab o’tdi, kitobni yaratishdan maqsad va kimlar uchun mo’ljallanganini bayon qildi. “Charles Parault hikoyalari” deb nomlangan kitob, asosan, maktab yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib ushbu kitobda shuningdek, o’quvchilarni zerikmasliklarini ta’minlash maqsadida voqealarni bayon qiluvchi rang-barang rasmlar, bundan tashqari hikoyalar so’nggida mustaxkamlash uchun turli mashqlar ham yaratilgan.
Taqdimot mobaynida  kitobxonlarni qiziqtirgan turli  savol javoblar keskin tus old va ular o’zi qiziqtirgan ma’lumotlarni oldilar. Shundan so’ng  Baratova Shohidaning  ushbu muvaffaqiyatli ishini amalga oshirishga ko’maklashgan ustozi Umidaxon To’xtamatova  so’zga chiqdilar va ushbu jarayonga o’zini munosabatini bildirib, bo’lajak shogirdi faoliyatiga omadlar tilab qoldi. Shuningdek, guruh rahbari Mamajonova Nargiza opa ham so’zga chiqib o’quvchisi ishlariga kelajakdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qoldi.Qizig’i shundaki,taqdimotga Shohidani dadasi ham tashrif buyurdi. Farzandini bu kabi yuksak marralarni kuzatib uni baholash qanchalar quvonarli. Taqdimot mobaynida qizining faoliyatidan to’lqinlangan ota beixtiyor ko’zlari quvonch yoshlari bilan mavjlandi. ustozlariga katta minnatdorchilik bildirib o’tdi.Taqdimot so’ngida faol ishtirokchilar tarjimon qizning esdalik kitoblari bilan taqdirlandilar.

Maftuna OLIMOVA
Universitet "Kamolot" YIH xorijiy tillar fakulteti matbuot yo'nalishi sardori
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 3 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 3 ta