Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

PRAGA SHAHRIDA XALQARO ILMIY ANJUMAN BO’LIB O’TDI

  • 14.06.2017
  • 0
Chexiya Respublikasining Praga shahridagi Tabiiy fanlar universitetida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi (IQAT) “Bolonya jarayoni asoslarini qo‘llagan holda sifat va tipologiyani ta’minlashning institutsional tizimini amalga oshirish maqsadida salohiyatni takomillashtirish” mavzusidagi loyihasi doirasida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Jiri Hejkrlik kirish so‘zi bilan ochib berdi. U birinchi navbatda yig‘ilish ishtirokchilarini tabrikladi, bo‘lib o‘tadigan seminarni va umuman olganda loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga tilak bildirdi. So‘ngra Chexiya Oliy ta’lim tadqiqotlar Markazi vakili Helena Sebkovaga so‘z berdi. Helena Sebkova yig‘ilish qatnashchilarini tabriklab, loyihaning maqsad va vazifalari, turli boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi Qozog‘iston, O‘zbekiston, Latviya, Slovakiya, Ispaniya kabi mamlakatlardan ishtirokchilar mavjudligini aytib o‘tdi. Shuningdek, bu safargi yig‘ilishda Turkiya, Shvetsiya davlatlaridan kuzatuvchilar ishtirok etdilar. Moderator Jiri Hejkrlik ushbu yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng loyiha ishtirokchilari o‘zlarining universitetlari haqida o‘z taqdimotlarini namoyish qildilar. Birinchi bo‘lib Qozog‘iston agrotexnika universiteti koordinatori Sara Kitaybekova so‘zga chiqdi, undan so‘ng Olmaota xalqaro ta’lim korparatsiyasi vakili Altinay Jitpisbaeva, Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakili Zebo Babaxanova, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti vakili Farhod Ahrorov, Andijon davlat universiteti vakili Rustamjon Mullajonovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining WP4 doirasida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot namoyish qildilar. Ular yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga yetarlicha javob berdilar.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Latviya universiteti vakili, ekspert Alberts Prikulis ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish, uni ta’minlashda qo‘llaniladigan asosiy vositalar, usullar va erishiladigan natijalarni tushuntirib o‘tdi.
Michaela Šmídová loyihani amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlarning hisobotini qanday tayyorlash va qanday taqdim etish kerakligini tushuntirib o‘tdi. Ushbu loyiha bosqichlarida qaysi qatnashchi qanday vazifani bajaradi, natijalarni taqdim etish shakllari qanday, hisobotlar qanday tayyorlanadi degan savollarga oydinlik kiritdi.
Moderator Jiri Hejkrlik mahalliy koordinatorlarning vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Loyiha bo‘yicha tayyorlab topshiriladigan hisobotlarni topshirish muddatlarini aytib o‘tdi.
Konferensiyaning 2-kuni Qozog‘iston agrotexnika universiteti koordinatori Sara Kitaybekova so‘zga chiqdi va yig‘ilish ishtirokchilariga 2017 yilning 29-30 iyun kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konferensiyani tashkillashtirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganligi haqida batafsil ma’lumotlarni berdi. Undan so‘ng Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakili Zebo Babaxanova so‘zga chiqdi. U 2017 yilning 5-7 sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konferensiya yuzasidan axborot berdi.
Ekspertlar yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.
Dilshodbek NURMATOV
IQAT loyihasining universitetdagi koordinatori
M.ABDULLAYEV
IQAT loyihasining universitetdagi a'zosi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 1 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 1 ta