Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

IJOD VA ILM TUTASHGAN MANZIL

  • 09.06.2017
  • 0
Andijon davlat universitetida Hamidjon Toxirjonov ijodiga bag‘ishlangan adabiy ijodiy kecha hamda kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kechani Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dotsent Baxtiyor Rasulov ochib berdi. Adabiy kecha Hamidjon Toxirjonovga bag‘ishlangan bo‘lib, ustoz Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (xozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ningfizika-matematika fakultetini bitirgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi. Uning she’r va hikoyalari respublika matbuotida muntazam chop etib kelinmoqda. Uning “Umr” (2007 y.), “Umr o‘tmoqda” (2008 y.), “Hayotim gullari” (2008 y.), “Ibrat” (2012 y.), “Mo‘’jiza dunyo” (2013 y.) va “Hayot chashmalari” (1,2 tom, 2015 y.) kitoblari nashr etilgan.
Tadbirda shoirning sara she’rlari asosida yaratilgan kuy va qo‘shiqlar Toshkentlik xofiz Mirobid Mirolimov, Namanganlik xofiz Isoqjon Jo‘raxonov, Farg‘onalik xofiz Sodiqjon Sulaymonov, Namanganlik olim va xofiz Jaloliddin Valievlar tomonidan ijro etildi. Toshkentlik Satira teatr iaktyori Shukrullo So‘fiev shoirning she’rlaridan namunalar o‘qib, kechani yanada qizg‘in o‘tishiga o‘z xissasini qo‘shdi.
Shuningdek, kechada filologiya fanlari nomzodi dotsent Bahodir Raxmonov, fizika-matematika fanlari nomzodi Abduqahor Zaparov, professor Sirojiddin Zaynobidinovlar so‘zga chiqib, shoir haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar keltirdilar va shoirning ijodi haqida iliq fikrlar bildirdilar.
Ijodiy kechada fizika-matematika fakulteti va filologiya yo‘nalishi talabalari shoirning sara she’rlaridan yod olib aytishdi. Ijodiy kecha hammada iliq taasurot qoldirdi.
Tadbir so‘nggida mehmonlar va qatnashchilarchilarga Andijon davlat universiteti tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Zarnigor MAMAJONOVA
Universitet "Kamolot" YIH BT faoli, fizika-matematika fakulteti talabasi
Abdulaziz G'ofurov olgan suratlar
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 3 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 3 ta