Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

SOG‘LOM KELAJAK SARI DADIL QO‘YILGAN QADAM

  • 08.06.2017
  • 0
Ta’lim sifatini yaxshilash, unga ijodiy yondoshish va hamkorlik aloqalari orqali yetuk kadrlarni yetishtirib berish borasida mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida bu holat takomillashib bormoqda. Shulardan biri, “Erasmus+” dasturining universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash, ya’ni ModeHEd loyihasi.
U, asosan, sog‘liqni saqlash, inson salomatligini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ko‘nikma va malakalarni oshirishga qaratilgan. 3 yilga mo‘ljallangan ushbu dastur “Valeologiya asoslari”, "Yosh fiziologiya va gigiyenasi", “Tibbiy bilim asoslari”, “Sport meditsinasi”, “Davolash fizkulturasi va sport gigienasi” bo‘yicha yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqqan va hozirgi kunda uning amaldagi islohotlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Andijon davlat universitetida fakultetlararo “Biz yoshlar - sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Oliygoh talabalariga o‘tilayotgan dars samaralarini nazorat qilish, tengdoshlari orasida ham sog‘lom hayot muhiti va uning afzalliklarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan talovda jamoalar 3 ta shart asosida bellashdilar.
Ya’ni, tanishtiruv, savol-javob hamda muammolarni bartaraf etish xususidagi sahna ko‘rinishlarini o‘z ichiga oldi. So‘nggi shartdagi nosog‘lom hayot kechimrayotganlar, turli sog‘liqqa zarar vositalar qabul qilib, natijada nafaqat o‘zi, balki farzandining ham umrini juvonmarg qilayotganlari to‘g‘risida olib chiqilgan har bir jamoaning sahna asarlari barcha tomoshabinlar tomonidan zo‘r qiziqish bilan kutib olindi.
Goh yig‘latib, goh kuldirgan ijodiy ishlar talabalar ko‘z o‘ngida ular qo‘yayotgan xato va kamchiliklarini aktyorlik mahoratlarini ishga solgan holda namoyish etilishi barchaga birdek dars bo‘lib xizmat qildi. Barchasi hakamlar hay’ati tomonidan ham yuqori baholandi.
Bu tadbir orqali biz o‘sib kelayotgan yoshlar organizmida sog‘lom refleks xosil bo‘lishini ta’minlab berdi. Shuningdek, talabalar ko‘tarib chiqqan muammo va yechimlar ham buning yaqqol isboti bo‘lib xizmat qildi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi, - deydi hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, ModeHEd granti koordinatori Zuhraxon Dumaeva.
Qiziqarli va ibratga boy bo‘lgan tadbir so‘nggida “Kamolot” YoIH BT yetakchisi Elyorbek Xolmirzaev so‘zga chiqib, bajarilgan shartlar bo‘yicha talabalar erishgan yutuq va kamchilikllar borasida atroflicha fikr bildirdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining “Andijon yoshlari”, 2-o‘rin tarix fakultetining “Andijon zukkolari”, tabiiy fanlar fakultetining “O‘zbekiston yoshlari”, 3-o‘rinni esa pedagogika fakultetining “Fidoiy yoshlar” jamoalari egalladilar. Ishtirokchilarning barchasi tashkilotchilar, shu bilan birga “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmalari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xurshida A'ZAMJONOVA
Universitet "Kamolot" YIH BT Xorijiy tillar fakulteti yetakchisi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 2 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 2 ta