Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

DILBAR INSONNING SO`NMAS XOTIRASI

  • 13.02.2017
  • 0
Inson xotirasi uning qilgan ishlari, qanday hayot jabhalarini boshidan o`tkazgani bilan belgilanadi. Kishi vafotidan so`ng ardoqlanib, yaxshi nom bilan tilga olinyabdimi demak, u yaxshi inson sifatida bu hayotda o`z izini qoldira olgan. Bizning ulug` bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur ham 46 yil umrguzaronlik qilgan bo`lsada, juda katta hayot tajribasini boshidan o`tkazgan buyuk siymodir. Mana shunday butun dunyo tan olgan, ochunga dong`i ketgan ajdodimiz bor ekan, biz yoshlar uning bardavomchilari sifatida xotirasini abadiylashtirishimiz, asarlarini asrab avaylashimiz lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Andijon viloyatida 2017-yilning "Zahiriddin Muhammad Bobur yili" deb e`lon qilinishi barchamizni quvontirdi. Albatta, buni davlatimiz prezidentining Andijonga mehri yuksak bo`lgan shoh va shoirga, uning ijodi, xotirasi abadiyligi yuzasidan juda katta e`tibori deb hisoblash mumkin. Yurtimiz mustaqillikka erishibdiki ulug’ ajdodlarimiz xotirasini tiklash barobarida tavallud, xotira bayramlari uyushtirilib kelinmoqda. 2017-yilning 11-fevral sanasida Andijon viloyatida viloyati hokimligi hamda Andijon viloyati “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida mazkur yilning Andijonda “Zahiriddin Muhammad Bobur yili” deb nomlanishi munosabati bilan “Shoir va mutafakkir olim, sharqona odob namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi” mavzusida mintaqaviy konferensiya bo’lib o’tdi.
Andijonning asl farzandi, buyuk siymosini xotirlash marosimida Farg’ona, Namangan va Andijonning tashabbuskor yoshlari o’zlarining ulug’ bobomizga bo’lgan xurmat va ehtiromini namoyon qildilar. Bobokalinimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida o'tkazilgan konferensiya mobaynida qatnashchi yoshlar o’zlari uchun Bobur haqida ochilmagan qirralarni kashf etdilar.
Konferensiya tashkil etilgan kunning birinchi qismi Andijon shahridagi Bobur nomi bilan ataladigan maydonda joylashgan uning haykali poyiga gulchambar qo’yish bilan boshlandi.
Ishtirokchilarning keyingi manzili “Bog’i Bobur” bo’ldi. Ko’plab nodir qo’lyozma asarlar, shoh va shoir hayoti va ijodiga mansub bo’lgan ma’naviy va madaniy meroslar joylashgan muzeyga ekskursiya uyushtirildi. “Jahon madaniyati va Bobur” muzeyi rahbari Nargiza Shukurova ushbu tarixiy hayot mujassamlashgan ulug' maskan borasida to’liq ma’lumotlar bilan yoshlarni tanishtirib, Bobur hayoti, uning Kobul, Agra, Hindiston kabi mamlakatlarda amalga oshirgan ishlari, uning avlodlari haqida so’z yuritdi.
Boburiylar tarixi, ulug’ bobomiz hayoti bilan yana bir bor tanishish barobarida delegatsiya a’zolari uning Andijonda joylashgan “Bog’i Bobur” istirohat bog’ida Agra va Kobuldan hoki keltirilib yasatilgan ramziy qabrini ham ziyorat qildilar.
Tadbirni yanada qizg’in tus oldirish maqsadida tashkiliy guruh tomonidan O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijonda 2017-yilni “Zahiriddin Muhammad Bobur yili” deb e’lon qilish, uning xotirasini abadiylashtirish va “Bog’i Bobur”ni yanada zamonaviy, ko’rkam holga keltirish borasidagi  videolavhasi ishtirokchilar hukmiga havola qilindi.
Dilbar shaxs, memuar asar muallifi, shoh va shoir, yuragida vatan sog’inchidek buyuk armoni bo’lgan Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo’li haqiqatdan ham ibratlidir. Bunga Respublikmizda faoliyat olib borayotgan yagona, “Bobur Xalqaro fondi” va mutafakkir nomidagi Xalqaro Ilmiy Ekspeditsiyasi rahbari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi, chin ma’noda Boburni qayta yaratayotgan, uning boy merosini o’rganib ommaga yetkazayotgan, zaxmatkash inson Zokirjon Mashrabovning Andujonni umrining so'ngi pallasigacha sog'inib qumsab o'tgan shaxs haqida yuritgan so’zlari ham isbot bo’la oladi. Ushbu inson davlatimiz prezidentining alohida e’tiborini qozongan. 
“El-yurt taqdiri uchun kuyunib, tinim bilmay yashagan ana shunday ajoyib insonlarning davomchilari bugun ham Andijon zaminida ko’plab topiladi. Hammamiz yaxshi taniydigan Bobur xalqaro fondining raisi, hurmatli Zokirjon aka Mashrabovni men ham huddi shunday mard, vatanparvar inson deb bilaman.” 
Shavkat Mirziyoyev 
25 yillik faoliyati davomida bu inson 50 dan ortiq mamlakatlarda ilmiy ekspeditdiyalarda bo’lib ulug’ bobomiz yozib qoldirgan meroslarni imkon qadar yurtimizga qaytardi. Suhbat davomida delegatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javob berish barobarida yoshlarni izlanishga chorladi.
Ilmiy konferensiyada Bobur merosi bo’yicha 20 yillik qazishma ishlari olib borgan, tarixchi olim Boqijon Matboboyev, O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizom ham so’z oldilar.
Yoshlar bilan suhbat yakunida faol ishtirokchi yoshlar Bobur jamoat fondining maxsus esdalik kitoblari bilan Zokirjon Mashrabov tomonidan taqdirlandi.
Kunning ikkinchi qismi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universitetida ishtirokchilar sho’balarga bo’lingan holda davom etdi. Bo’lingan guruhlarda ishtirolchilar o’rtasida buyuk shaxs hayoti va ijodi haqida qizg’in suhbat, savol-javoblar bo’lib o’tdi.
Universitet talabalari tomonidan tayyorlangan bir qancha namoyishlar ishtirokchilar ko’nglini bahramand etdi.
Kun yakunida mintaqaviy konferensiya yakunlanar ekan unda faol ishtirok etgan barcha qatnashchilar Andijon viloyati hokimligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati kengashining faxriy yorliqlari va maxsus sovg’alari bilan munosib taqdirlandi.
Taqdirlangar orasida Farg’ona viloyatidan tashrif buyurgan mehmonimiz Farg’ona Davlat Universiteti talabasi Sherzod Muxtorov ham bor.
Bugungi mintaqaviy konferensiya hayotimda yorqin iz qoldiradi deb ayta olaman. Sababi bugun men ulug’ ajdodimiz, Andijonning o’g’loni Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish borasidagi ushbu konferensiyada ishtirok etib turibman. Bobur dilbar shaxs, shoirlik qilish bilan birga, buyuk davlat ham barpo eta olgan buyuk mutafakkirdir. Mana shunday bobolarimiz bor ekan biz har qachon, har qanday vaziyatda oldinga olg’a boramiz, deydi Sherzod Muxtorov.
Hali qanchadan-qancha ajdodlarimiz haqida biz bilmagan sir-sinoatlar yotibdi. Ko’plab Yevropa mamlakatlarida buyuk tarixiy mavzularga sababchi bo'kgan yurtdoshlarimiz yozib qoldirgan ko’plab kitoblar kutubxonalarda, muzeylarda saqlanmoqda. Ana shunday nodir qo'lyozma boyliklarni ulug' insonlar davomchilari sifatida yurtimizga qaytarish bizning burchimizdir.
Rahmatjon TOSHPO’LATOV
Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili yo`nalishi talabasi
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 5 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 5 ta