Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

XALQARO YOSHLAR SAMMITI (IYS) 2017

  • 03.04.2017
  • 0
2017 – yilning 24 – mart kuni poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida "Mening yurtim – mening faxrim" shiori ostida Xalqaro IYS-2017 yoshlar sammiti ish boshladi. Tadbirda O’zbekistonning barcha hududlaridan 400 nafardan ziyod yoshlar hamda 30 nafar xorijiy vakil ishtirok etdi.
O'tgan yilgi s'ezd muvaffaqqiyatli yakunlanganidan so'ng 1000 dan ziyod abituriyentlar, o'quvchilar va talabalardan iborat iqtidorli yoshlar IYS-2017 sammitida ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Onlayn so'rovnomadan so’ng 400 nafar yosh tanlab olindi. Uch kun davomida ular yoshlar salomatligini saqlash, muhandislik va axborot texnologiyalar, yoshlarning jamiyat, iqtisodiyot va biznesdagi roli, xorijiy tillar va media yo’nalishlarida sub-konferensiyalar ishtirokchisiga aylandi.
Ushbu Xalqaro yoshlar sammitida Andijon Davlat Universitetining iqtidorli talabalari Rahmatjon Toshpo'latov, Shohsanam G'ulomova, Iroda Norboyeva, Malika Ikromova, Zuhra Usmonova va Muhammad Sadriddinovlar faol va munosib tarzda ishtirok etishdi va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
IYS-2017 sammitini yanada qiziqarli o’tkazish maqsadida yoshlar orasida turli xil nominatsiyalar o’tkazildi va Andijon Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabalari Muhammad Sadriddinov "The best post on Facebook", Rahmatjon Toshpo’latov "The best Selfie of IYS-2017" nominatsiyalarida faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdilar.
IYS sammitidan ko’zlangan asosiy maqsad – mamlakat rivojiga o’z hissasini qo’sha oladigan ko’ngillilarni qo’llab-quvvatlashdan iborat. Birinchi yoshlar sammiti natijasida YLDP Summer School (Yosh yetakchilarning yozgi maktabi), Plov4Love (Palov festivali), Back2Reality (Oilaviy sport estafetasi) kabilar Young Leaders Development Project (YLDP) – Yosh yetakchilarni qo’llab-quvvatlash loyihasi ko’magida yil davomida amalga oshirildi.
Mazkur tadbir va YLDP loyihasi O’zbekiston Ingliz tili o’qituvchilari assotsiatsiyasi (UzTEA), Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari tashabbusi bo’lib, tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
IYS loyihasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi granti bilan qo'llab-quvvatlandi.

Rahmatjon TOSHPO'LATOV  
Xorijiy tillar fakulteti matbuot yo'nalishi sardori
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий
иконка
Посетители, находящиеся в группе Mehmonlar, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta