Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 10:06 – QADIM XITOY TAASSUROTLARI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 09:15 – OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIKA YO'NALISHIDA MAXSUS SIRTQI BO'LIMLARNI TASHKIL ETISH TO'G'RISIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

YAXSHI INSONLAR XOTIRASI - MANGU!

  • 26.01.2017

Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh – qarining qalb to’rida,
Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!


O’zbekistonda umrining so’nggiga qadar shu yurt ravnaqi yo’lida mehnati singan buyuk yo’lboshchimiz, uning ravnaqi yo’lida tinimsiz kechayu kunduz mehnat qilgan ulug’ zot Islom Abdug’aniyevich Karimov barchamiz uchun qadrli. Natijada, mamlakatda va xalqaro maydonda ulkan nufuzga ega bo’ldi hamda u oqilona olib brogan siyosat tufayli O’zbekiston 25 yil davomida gullab-yashnashiga turtki bo’ldi.

Pokiza qalb, mehri esa daryo bo’lgan zotning tavallud sanasini munosib nishonlash maqsadida Andijon davlat universitetining faollar zalida Andijon viloyat hokimligi, “Kamolot” YIH viloyat Kengashi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining asoschisi, buyuk yo’lboshchi” nomli Konferensiya bo’lib o’tdi. Unda viloyatda mavjud oliy ta’lim muassasalarining faol va iqtidorli talabalari qatnashdilar.

Tadbirni universitetning ilmiy ishlari bo’yicha prorektor Baxtiyor Rasulov yurtboshimizningshaxsiyatiga alohida urg’u berilib, ularning tashabbusi bilan amalga oshirilgan tub o’zgarishlar borasidagi mazmunli nutqi bilan ochib berdi. Shundan so’ng, viloyat ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari Abbosbek Isroilov, “Kamolot” YIH viloyat Kengashi raisi Elyorbek Abduqodirov hamda harakatning boshlang’ich tashkilot yetakchisi Elyorbek Xolmirzayevlar ham so’zga chiqib, Islom Karimovning ibratli hayot yo’li va yaratib bergan sharoitlari va imkoniyatlarga to’xtalib, bularga javoban bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib, Vatan ravnaqi yo’lida o’zimizning hissamizni qo’shishimiz loziligini alohida ta’kidlab o’tdilar.

Darhaqiqat, yosh davlatimiz uchun g’oyat murakkab va mas’uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldini olinishi, xalqimiz urush daxshatlarini ko’rmay eson-omon o’tishi va turli sohalarda jadallik bilan rivojlanishi bevosita shu ulug’ zot nomi bilan bo’g’liq. Jumladan, aytib o’tish joizki, shaharlarimiz, qishloqlarimizning tubdan o’zgarishi, yagona temir yo’l majmuasining yaratilishi, “O’zbekiston Havo yo’llari” aviakompaniyasi dunyodagi yetakchilaridan biriga aylanishi, Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirishi, milliy armiyamizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yanada chuqurlashishi, muxtasar qilib aytganda, Islom Karimov O’zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyatini qurish asosini yaratdi.

Xalq bilan doim muloqotda bo’lgan jonkuyar zotning biz yoshlarga qarata qattiq ishonch bilan aytgan fikrlari va hayot yo’li jamlangan videorolikning namoyishi Konferensiyaning eng asosiy cho’qqisi bo’lib xizmat qildi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar to’rtta sho’balarga bo’lingan holda o’zaro fikr almashdilar. Ularga bir qator soha mutaxassislari biriktirilib, belgilangan mavzular bo’yicha savol-javoblar o’tkazildi. Xususan, 4-sho’ba rahbari Andijon davlat universiteti “Kamolot” YIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Elyorbek Xolmirzayev “I.Karimov - O’zbekistonning yorug’ kelajagini yosh avlod taqdiri bilan bog’laydi. Yoshlar – ertangi kunning mustahkam tayanchi va suyanchi, deb ta’kidlaydi” mavzusi yuzasidan mulohazalarini bildirdi. Yetakchi birovlarni o’ziga bo’ysundirish emas, balki ortidan ergashtirish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Agar uning xatti-harakati yaxshilikka yo’naltirilgan bo’lsa, uning ortidan odamning ergashishi turgan gap. Bu jihatlarni o’zbek xalqi Islom Karimovda ko’rdi, - deydi u.

Konferensiya so’nggida faol qatnashgan talabalar viloyat hokimining o’rinbosari Manzura Yunusovaning faxriy yorlig’i va Andijon davlat universiteti harakatning boshlang’ich tashkilot yetakchisining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi xotirlovchi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Xurshidaxon AZAMJONOVA
ADU “Kamolot” YIH BT matbuot yo’nalishi sardori

шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 6 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 6 ta