Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz rektori yangi o’quv binoning qurilish jarayonlari bilan tanishdi
2024-03-28    228

Bugun, 28-mart kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev mas’ullar ishtirokida oliygohning o'z mablag'lari hisobidan qad rostlayotgan 1800 oʻrinli oʻquv binoning qurilish ishlarini ko’zdan kechirdi.

 

Universitet rektori tashrif avvalida quruvchi tashkilot XIKMK MCHJ tomonidan barpo etilayotgan binoning fasadi va ichki pardoz ishlari bilan tanishib, quruvchilarga loyihani oʻz muddatida yakunlash masʼuliyatini yukladi.

 

Shuningdek, kirish yo‘laklari uchun joy ajratish, quruvchilarning xavfsizligi va yon-atrof tozaligini ta’minlash masalalaridagi kamchiliklar ko‘rsatilib, mas’ullarga qisqa fursatda bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifasi topshirildi.

 

Ma'lumot o'rnida, ushbu o'quv binoning umumiy qiymati 45 444 527 876,35 so'mni tashkil etadi. Ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriya va o'quv xonalari, ma'ruza auditoriyalaridan iborat mazkur bino 2024/2025-o'quv yilida topshirilishi rejalashtirilmoqda.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.