Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda "Bobur va boburiylarga oid manbalar tasnifi" mavzusida kasbga yo'naltirilgan ilmiy seminar o'tkazildi
2024-03-25    122

Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat universitetida O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan “Akademik bilan uchrashuv” loyihasi doirasida "Bobur va boburiylarga oid manbalar tasnifi" mavzusida kasbga yo'naltirilgan ilmiy seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur seminar ilm-fan va ta’lim o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish, adabiyotshunoslik va adabiy manbashunoslik bo‘yicha erishilayotgan yangiliklarni talabalar, magistrlar, tadqiqotchilarga yetkazish, ularni madaniy merosimiz bo‘lmish qo‘lyozma manbalar tadqiqiga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Dastlab seminarni professor Z.Mamajonov o'z nutqi bilan ochib berdi. Shundan so'ng asosiy ma'ruzachi O'zR FA Sharqshunoslik insituti, Sharq mumtoz adabiyoti bo'limi mudiri Salima Eshonova taqdimoq-ma'ruzasi olib borildi.

Ilmiy seminar davomida dunyoning nufuzli muzeylaridan joy olgan Bobur merosining noyob qo'lyozmalari, unga kiritilgan turli janrdagi asarlar, shuningdek, O'zR FA Sharqshunoslik instutida saqlanayotgan nusxalari haqida ham ma'lumotlar berildi.

Seminar so'nggida talabalar bilan savol-javoblar o'tkazildi va tadbirda faollik ko'rsatga ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Ushbu uchrashuv talabalarga  Boburning nodir qo'lyozma asarlari haqida yangi ma'lumotlarga ega bo'lishiga xizmat qildi. 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.