Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 14:48 – "ISTE'DOD" JAMG'ARMASI TANLOV E'LON QILADI 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 15:53 – YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO'SHIB KELAYOTGAN YOSH AVLOD VAKILLARINI MUKOFOTLASH TO'G'RISIDA 
  • 13:52 – КОНКУРС 

Biz haqimizda

  • 01.01.2017
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘z tarixini 1931 yildan boshlaydi. Avval Farg‘ona pedagogika insituti filiali, 1939 yilda o‘qituvchilar instituti, so‘ngra 1953 yildan Andijon davlat pedagogika instituti bo‘lib, Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universitetiga aylantirilgan.
Bugungi kunda universitetda filologiya, tabiatshunoslik va geografiya, tarix va ijtimoiy fanlar, boshlang‘ich ta’lim, fizika-matematika, xorijiy tillar, pedagogika, boshlang‘ich ta’lim metodikasi hamda jismoniy madaniyat kabi 8 ta fakultetda 31 ta kafedra ishlab turibdi.
Universitetda 25 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 6897 nafar, 13 ta magistratura mutaxassisliklarida 149 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Universitetda 524 nafar (shu jumladan 196 nafar ayol) professor-o‘qituvchilar yoshlarga bilim berib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
So‘nggi yillarda universitetning ilmiy salohiyati sezilarli ko‘tarildi. Universitetda 31 nafar fan doktori, professor, 151 nafar fan nomzodi, dotsentlar ishlaydi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilik institutida 13 nafar tadqiqotchi ilmiy izlanishlar bilan band.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2013 yil davomida 13 ta monografiya, 2 ta darslik, 84 ta o‘quv qo‘llanma, 184 ta  ilmiy maqola (ulardan 35 tasi xorijda) va 694 ta o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlandi.
Bugungi kunda 67 nafar professor-o‘qituvchi va 30 nafar talaba moliyalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etib kelmoqdalar. Ular tomonidan o‘tgan 2013 yil davomida davlat grantlari bo‘yicha 222 million 828 ming so‘mlik, xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha 40 million 700 ming so‘mlik ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. Shuningdek TEMPUS loyihasi doirasida 10000 AQSh dollariga teng chet el granti bo‘yicha ishlar bajarildi.
Universitetning moddiy texnika bazasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirda 6 ta o‘quv binosidagi o‘quv auditoriyalari soni 260 tani tashkil etadi va 7000 nafardan ortiq  talabaga mo‘ljallangan (bu o‘quv jarayonini bir smenada olib borishga yetarli). O‘quv-laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 45883 kv.metr bo‘lib, bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 6,7 kv.metrni tashkil etadi.
2 ta axborot-resurs markazi, 26 ta kompyuter xonasi, 954 dona kompyuter, 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta talabalar turar joyi, 910 o‘ringa ega bo‘lgan 6 ta oshxona, 2 ta bufet, 13 ta ochiq va 3 ta yopiq sport maydonlarining barchasi talabalar uchun bo‘lib, ularning yuksak ma’naviyatli, bilimdon, har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta