Shaxsiy kabinet все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
Sayt xaritasi Ta'lim axborot tizimlari Davra.uz Moodle Davlat ramzlari
 
  • 16:29 – BIZ – YOSHLAR DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHIMIZ 
  • 16:58 – KITOBXONLAR BAYRAMI 
  • 17:16 – OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA 
  • 14:36 – FUQAROLIK PASPORTLARI TOPSHIRILDI 

Talabalar yo'riqnomasi

  • 01.01.2017
3.12. Oliy ta’lim muassasasi talabalari:

3.12.1. Universitet ta’lim oluvchilari sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun zarur bo‘lgan huquqlardan foydalananish;3.12.2. Fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;3.12.3. Universitet axborot-resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;3.12.4. Bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
3.12.5. Auditoriyalar, ta’lim vositalari sanaluvchi ashyolardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
3.12.6. Ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda kafedra, dekanat va universitet   rahbariyatiga  bildirishga va ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
3.12.7. Universitet va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
3.12.8. Ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda qatnashishga va ularning natijalarini nashr etishga va bu haqda axborotlar berish;
3.12.9. Universitetda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish va ular ishida qatnashish;
3.12.10. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan foydalanish;
3.12.11. Vataniga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli va yuksak ma’naviyatli mutaxassis bo‘lib yetishish uchun fidokorona bilim olish, o‘z kasbiy salohiyatini shakllantirish va takomillashtirish;
 3.12.12. Ta’lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy prinsiplariga, ma’naviy qadriyatlarimizga, qonun talablariga, o‘zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalariga qat’iy amal qilish;
3.12.13. Tanlagan ixtisosligi bo‘yicha chuqur nazariy bilim olish, bo‘lg‘usi kasbi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish;
3.12.14. O‘quv jarayoni talablariga bo‘ysunishi, o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, mashg‘ulotlar tamom bo‘lmasidan avval ketib qolmaslik;
3.12.15. Ta’lim jarayoni bilan bog‘liq  vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, o‘qituvchilarning fanni o‘zlashtirish bilan bog‘liq topshiriqlarini o‘z vaqtida va talab  darajasida bajarish, mashg‘ulotlarga zarur o‘quv qurollari bilan kelish;
3.12.16. Tegishli kafedra va dekanat bilan mustahkam aloqada bo‘lish, dekanatning qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish;
3.12.17. Bilimlarni egallashda tashabbus va g‘ayrat ko‘rsatish, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik;
3.12.18. O‘z kursdoshlari, boshqa talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan hushmuomalada bo‘lish;
3.12.19. Universitet mulklariga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazgani taqdirda zarar o‘rnini o‘rnatilgan tartibda qoplash, ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga olib chiqmasligi;
3.12.20.  Universitetda  yangi  1000 o‘rinli  o‘quv  binosi,  18x45 o‘lchamli sport zali binosi hamda  rekonstruksiya  ishlari olib borilgan xorijiy  tillar fakulteti 2-sonli  o‘quv  binosi va  Anisiy ko‘cha-2 manzildagi  talabalar  turar joyini  avaylab-asrash, bino ichida, yo‘laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, tamaki chekmaslik;        
3.12.21. Kiyinish  madaniyatiga rioya qilish, diniy ibodat kiyimlarida yurmaslik, bezak va taqinchoqlarga hirs qo‘ymaslik. Tashqi ko‘rinishi va yomon hulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, axloq-odob normalariga so‘zsiz bo‘ysunishi;
3.12.22. O‘quv mashg‘ulotiga kelmagan (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan  kechikmasdan bevosita o‘zi yohud guruh rahbari orqali dekanatni yozma ravishda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini ko‘rsatish;
3.12.23. Xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bog‘liq holda chet elga jo‘nab ketishdan avval o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim   rahbariyatining roziligini olishi;
3.12.24. O‘z ilmiy, ma’naviy-axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor bo‘lish;
3.12.25. Universitet Ustavi, Ichki tartib qoidalari, oliy ta’lim muassasasining odob-ahloq qoidalari, o‘quv intizomiga, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining  majburiyatlariga rioya etish.
    
4. Universitetxududida quyidagilar ta'qiqlanadi:

4.1. Universitet xududida, binolarda, yo‘laklarda, auditoriyada, maxsus ajratilmagan boshqa joylarda sigaret chekish;4.2. Alkogolli ichimliklar (pivo, vino va boshqalar), giyohvandlik moddalari iste’mol qilish, shuningdek shu holatda bo‘lish;4.3. Bezorilik qilish, uyatli so‘zlar aytish, so‘kinish, o‘zgalarga shilqimlik qilish, odamlar osoyishtaligiga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etish;4.4. Diniy mazmundagi yozma yoki elektron vositalardagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish;4.5. Milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish;
4.6. Behayolikni targ‘ib qiluvchi pornografik materiallarni qanday shaklda (rasm, audio, video, bosma nashr) bo‘lishidan qat’iy nazar tayyorlash, saqlash, tarqatish, targ‘ib qilish;
4.7. Universitet xududida azart o‘yinlarni o‘ynash;
4.8. Bino ichida bosh kiyimda va ustki kiyimda (palto, po‘stin, kurtka) yurish, baland ovoz bilan gapirish, shovqin solish, mashg‘ulotlar bo‘layotgan chog‘da koridor bo‘ylab yurish, auditoriya eshigini sababsiz ochib qarash;
4.9. Universitetga  diniy ibodat liboslarida kelish;
4.10. Universitet xududida odamlar diqqatini tortadigan mayka, mini yubka, shortik va boshqa umume’tirof etilgan axloq-odob normalariga zid keluvchi kiyimlarda yurish, g‘ayritabiiy taqinchoqlar taqib olish, pardoz-andozning ekstravagant usullarini qo‘llash;
4.11. Talabalar odmi, ammo pokiza kiyinishlari, soch turmaklarni g‘ayrioddiy bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
4.12. Zebu-ziynatdan foydalanishda me’yorga rioya qilishlari, o‘zlarining didsizliklarini ko‘rsatib qo‘ymaslik;
4.13. Universitet hududiga uyali aloqa vositalari bilan kelish mumkin, biroq, o‘quv yurti hududida ularni  “ovozsiz” rejimga o‘tkazish;
4.14. O‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida uyali aloqa vositalari to‘liq o‘chirib qo‘yilishi lozim va ruxsatsiz foydalanish. Faqat favqulodda xollarda (kasallik yuz berishi va boshqa hollarda) aloqa vositasi orqali ota-onasi yoki boshqa yaqinlariga xabar berish uchun aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
4.15. Uyali aloqa vositasidan foydalanganda xaqoratomuz va uyatli so‘zlarni so‘zlash, ovozini baland ko‘tarib gaplashish;
4.16. Uyali aloqa vositalaridan foydalangan holda inson sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi, ma’naviy buzuqlikning har qanday ko‘rinishlarini (pornografiya, alkogolizm, kashandalik, giyohvandlik,) targ‘ib etuvchi, talaba yoshlarning ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazuvchi, umume’tirof etilgan ahloqiy qadriyatlarga putur yetkazuvchi, milliy, diniy, etnik nizolar keltirib chiqaruvchi, diniy aqidaparastlik, missionerlik, fundamentalizmni targ‘ib qiluvchi xar qanday ma’lumotlarni olib kirish, tarqatish, targ‘ib etish;
4.17. Uyali aloqa vositasini bezatishda (fon rasmlari) yoshiga mos bo‘lmagan, axloqiy zararli bo‘lgan tasvirlardan foydalanish.
Talabalar turar joyida soat 22.00 dan 06.00 gacha fuqarolar osoyishtaligini buzadigan, dam olishlariga xalaqt beradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yish (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan foydalanish); universitet xududiga, mashg‘ulotlarga begona (universitetga aloqador bo‘lmagan) shaxslarni boshlab kelish ma’n etiladi.

5. O'qish va dam olish  vaqtini tartibga solish talablari

5.1. Universitetda o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida tuzilgan dars jadvali bo‘yicha olib boriladi.
5.2. Kunduzgi ta’lim shaklida talabalarga o‘quv yili davomida ikki martadan kam bo‘lmagan miqdorda umumiy davomiyligi o‘quv rejalarida tasdiqlangan muddatga teng ta’til belgilanadi.
5.3. Dars jadvali semestr uchun tuziladi va semestr boshlanishidan 10 kundan kechiktirmay osib qo‘yiladi. Fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun alohida jadval tuziladi.
5.4. Akademik soatning davomiyligi 40 minut (tanaffussiz qo‘shma dars 80 minut). O‘quv mashg‘uloti boshlanishi va tugashi haqida o‘qituvchi va talabalar qo‘ng‘iroq bilan ogohlantiriladi. Har juftlik mashg‘ulotlar o‘rtasida 10 minut tanaffus belgilanadi.
5.5. O‘quv kuni davomida tushlik tanaffus 40 minutdan oshmasligi  kerak. Dars boshlangandan keyin barcha o‘quv xonalarida tinchlik va tartib ta’minlanishi lozim. O‘quv mashg‘ulotlarini bo‘lish, dars paytida auditoriyaga sababsiz kirish va chiqib ketishga yo‘l  qo‘yilmaydi.
5.6. Har bir o‘quv mashg‘uloti boshlangunga qadar (mashg‘ulotlar orasidagi tanaffus paytida) auditoriya, laboratoriya, o‘quv ustaxonalari va kabinetlarida laborantlar zarur o‘quv qo‘llanmalar va uskunalarni darsga tayyorlaydilar.
5.7. Auditoriya, laboratoriya, o‘quv ustaxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun har bir kurs ikki guruhga bo‘linadi. Talabalar guruhining tarkibi amaliy mashg‘ulotlar xarakteridan kelib chiqib tegishli buyruq asosida belgilanadi.
5.8. Har bir guruhda fakultet dekani tomonidan intizomli va darsga ulguruvchi talabalar ichidan guruh rahbari (sardori) belgilanadi.
Guruh rahbari (sardori) bevosita fakultet dekani, dekan muovinlari va guruh murabbiysiga bo‘ysunadi, o‘z guruhida ularning barcha ko‘rsatma va buyruqlarini bajaradi.
5.9.  Guruh rahbari (sardori)ning vazifasiga quyidagilar kiradi:
a) o‘quv mashg‘ulotlarining hamma turlari bo‘yicha talabalarni shaxsan hisobga olish;
b) har kuni fakultet dekaniga darsga kelmagan va kechikkan talabalar to‘g‘risida, ularning sabablarini ko‘rsatgan holda ma’lumot berish;
v) ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarida guruhda o‘quv fanining borishini kuzatish, shuningdek, o‘quv uskunalari va jihozlarning saqlanishi haqida javobgarlik;
g) guruh talabalari o‘rtasida darslik, o‘quv qo‘llanmalarini o‘z vaqtida olish va tarqatishni tashkil qilish;
d) fakultet dekani tomonidan mashg‘ulotlar jadvaliga kiritilgan o‘zgarishlarni talabalarga yetkazish;
ye)   har kuni tartib bo‘yicha guruh navbatchisini belgilash;
j)guruh talabalarining stipendiyalarini o‘z vaqtida olinishini   nazorat qilish;
Hamma guruh talabalari uchun guruh rahbari(sardori)ning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalari  dekanning  buyrug‘i asosida yetkaziladi.
5.10.  Har bir guruh uchun belgilangan shakldagi guruh jurnali shakllantirilib, unda barcha darslar bo‘yicha darsga kelmagan talabalar guruh rahbari (sardori) tomonidan belgilab boriladi. Mazkur jurnal dekanatda saqlanadi. Har kunlik darslar boshlanishi oldidan guruh rahbari (sardori) dekanatdan jurnalni olib, shu kuni darslar tugagach dekanatga topshiradi.
Auditoriya, laboratoriya va o‘quv xonalaridagi jihozlar va boshqa ashyolar butligi, mavjudligi va yaroqli holdaligi uchun guruhning barcha talabalari moddiy javobgardirlar.

6. Talabalarni o'qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag'batlantirish

6.1. Talabalar o‘qishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi, ilmiy-tadqiqot ishlari va universitet ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:- tashakkurnoma e’lon qilish;- stipendiyaga qo‘shimcha qilish yoki mukofotlash;- faxriy yorliq yoki qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash.
6.2. Rag‘batlantirish universitet “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo‘mitasi, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan yoki ularning tavsiyalari asosida rektor buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
6.3. Rag‘batlantirishga tegishli ma’lumot va buyruqdan ko‘chirma talabaning shaxsiy hujjatlar to‘plamida saqlanadi.

7. Intizomiy ta’sir choralari

7.1. Talaba o‘ziga yuklatilgan yuqoridagi majburiyatlarni buzgani taqdirda unga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko‘riladi: hayfsan hamda talabalar safidan chetlatish.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda chetlashtiri­li­shi mumkin:
a) o‘z hohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim mussasasiga ko‘chirilishi munosa­ba­ti bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi ma’lumot­no­ma­si asosida);
g) akademik o‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
d) o‘quv intizomini, oliy ta’lim muassasasining odob ahloq qoidalari,  va universitetning ichki tartib-qoida­la­ri­ni buzganligi uchun;
ye) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
j)o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli.
7.2. Universitet ma’muriyati tashabbusi bilan talabalarni o‘qishdan chetlashtirish xodimlar va talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 7.1-bandi “d” kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, universitetning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
7.3. Intizomiy jazoga tortilgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan  jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat etishi mumkin.
7.4. Talabaga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy hujjatlar to‘plamida saqlanadi.
7.5. Xarbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

Universitet  Ilmiy kengashining  2012 yil 29 avgust  kungi 1- sonli yig‘ilish bayonida tasdiqlangan «Andijon davlat universiteti ichki tartib-qoidalari»ning 3.12.-4-5-6-7- bandlari
шаблоны для dle 11.2
Оставить комментарий

Andijon davlat universiteti



170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129- uy


E-pochta:agsu_info@edu.uz

Telefon: 0 (374) 223 88 30

Faks: 0 (374) 223 88 30

Transport: 75- yo'nalishdagi taksilar

Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14

Virtual qabulxona: http://rektor.adu.uz
������� ��� DLE���������
Xozir saytni 4 kishi o'qiyabdi. Shundan: sayt foydalanuvchilari 0 ta, mehmonlar 4 ta