0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ZULFIYA MUKOFOTI NOMZODLARI

29 Noyabr 2017 yil, Chorshanba

Mualifi: Sevara FOZILJONOVA
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakelteti 2-kurs talabasi

Viloyatimizning iqtidorli, ijodkor, o‘zlarinig  harakatlari bilan tengdoshlari orasida katta yutuqlarga erishgan qizlar uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yildan yilga qizlarning safi kengayib, mukofot uchun nomzodlar soni ortib bormoqda. Eng qobiliyatli qizlar qatorida universitetimizda tahsil olayotgan talaba qizlardan to‘qqiz nafari ham shahar va tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida ishtirok etdi.

Jumladan, ta’lim yo‘nalishidan Ikromalieva Saodatoy, Nishonova Intizor, adabiyot yo‘nalishidan Turg‘unboeva Nurxon, Tursunboeva Nilufar va Ergasheva Shoxsanam, fan yo‘nalishidan Madumarova Laylo, madaniyat yo‘nalishidan Xoshimova Sarvinozbonu, Inomjonova Sadoqat, Ahmedova Dilrabo, Zoxidova Gulchehralar ilmiy va badiiy ishlari bilan tanlovda qatnashib, hay’at a’zolarining e’tiroflariga sazovor bo‘lishdi.

Tanlovning respublika bosqichiga yo‘l olgan qizlarning orasida universiteimizning uch nafar vakilasi borligi yana ham quvonarli bo‘ldi. Ular - fan yo‘nalishidan fizika matematika fakulteti 4-kurs talabasi Madumarova Laylo, adabiyot yo‘nalishidan xorijiy tillar fakulteti 1-kurs talabasi Tursunboeva Nilufar va madaniyat yo‘nalishidan jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi Ahmedova Dilrabolardir.

G‘olib talaba-qizlarimizga respublika bosqichida omad tilagan holda quvonchli xabarlarni kutib qolamiz.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.