0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

ZAMONAVIY TARBIYACHI

27 Noyabr 2017 yil, Dushanba

Mualifi: Gulchexra ZOXIDOVA
“O’zbekiston yoshlar ittifoqi” pedagogika fakulteti matbuot yo’nalishi sardori, BTSTI yo’nalishi 205-guruh talabasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 30- sentabr kuni maktabgacha ta`lim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish to’g’risidagi qarorini imzoladi. Hujjatga ko’ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tarkibiga Qoraqalpog’iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shaxar va viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning shaxar tumanlardagi bo’limlari kiradi.

Qarorda aytilishicha oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45% dan ko’proqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan qamrab olinishi 30%ga yaqinni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim rahbarlari va pedagog xodimlarni zamonaviy tehnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va “bolalarni saqlash bo’yicha munosib sharoitlar” ni yaratish rejalashtirilgan.

Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkilot fakultet yetakchisi I.Boltaboyev hamda Pedagogika kafedrasi tomonidan “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishida barkamol avlod mutahassisini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Zamonaviy tarbiyachi” tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlov asosan 2- bosqich talaba qizlari o’rtasida tashkil etilib, 3 ta “Istiqlol yoshlari”, “Bilag’on” hamda “Jajji yulduzlar” jamoalari shakllantirildi.

Qizg’in va ko’tarinki ruhda o’tgan tanlov 6 ta shart asosida baxolab borildi.

Shartlar:

  1. Jamoani tanishtiruv;
  2. Teatrlashtirilgan saxna ko’rinish;
  3. Qo’l mehnati;
  4. Erkin mavzu;
  5. Tezkor savol-javob;
  6. Sardorlar bellashuvi.

Yuqorida keltirilgan shartlar bo’yicha 3 jamoani Pedagogika fakulteti o’qituvchilaridan tashkil topgan quyidagi hakamlar hay’ati a’zolari munosib va oqilona baxolab bordilar.

Xakamlar:

  1. Hay’at raisi – Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi Fotimaxon Komilova
  2. Hay’at a’zosi – Musiqa ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Hayotbek Bozorov
  3. Hay’at a’zosi – Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Zulfizar Azizova
  4. Hay’at a’zosi – Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Ma’rufjon Ashurov.

Jamoalar tanlovimizning barcha shartlariga katta qiziqish bilan tayyorgarlik ko’rganliklari tanlovimizni juda ham qizg’in va bellashuvlarga boy tarzda o’tishiga sabab bo’ldi. Har narsaning oxiri va g’olibi bo’lganidek 2- bosqich talabalari o’rtasida:

  1. “Eng namunali” jamoa nominatsiyasi bo’yicha faxrli 1- o’rinni “Bilag’on” jamoasi
  2. “Eng zukko” jamoa nominatsiyasi bo’yicha faxrli 2- o’rinni “Istiqlol yoshlari” jamoasi
  3. “Eng latofatli” jamoa nominatsiyasi bo’yicha faxrli 3- o’rinni “Jajji yulduzlar” jamoalari qo’lga kiritdilar.

G’oliblar va ishtirokchilar fakultet “O”zbekiston yoshlar ittifoqi” yetakchisi I.Boltaboyev tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.