0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

GURUHIMIZDA TALABALAR KUNI

18 Noyabr 2017 yil, Shanba

Mualifi: O'g'iloy TULANOVA Suratlar muallifi: Xurshida IMINOVA "301-K" guruh talabalari

 
Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi 301-K gurux talabalari “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” guruh yetakchisi A.G’ofurov va guruh faoli N.Turg’unovalar tashkilotchiligida Yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish xamda 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan, Kimyo kafedrasining 515-xonasida talabalar o’rtasida shashka musobaqasi o’tkazildi.
 
Musobaqani Kimyo kafedrasi mudiri Yu.Isayev ochib berdi va barcha talabalarga omad tiladi. Musobaqa qizlar va ayol o’qituvchilar o’rtasida hamda yigitlar va kafedra domlalari o’rtasida alohida o’tkazildi. Dastlab sheriklar qur’a tashlash orqali tanlab olindi va final bosqichiga bir juftlik qolguncha shashka o’ynaldi. 301-gurux murabbiyi N.To’lakov dastlab kafedra mudiri Yu.Isayev bilan keyin Sh.Qirg’izov bilan o’tgan baxsda g’alaba qozondi. Yigitlar va qizlar o’rtasidagi musobaqalarda kimyo, biologiya va fizika yo’nalishlari talabalari o’zaro bahslashdilar. Finalga biologiya yo’nalishi talabasi M.Axmadjonov hamda fizika yo’nalishi talabasi Sh. Qozoqovlar yo’l olgan bo’lsa, qizlari o’rtasida o’tkazilgan o’yinda esa fizika va kimyo yo’nalishlari qizlari yo’l oldilar. Final o’yini natijalariga biologiya yo’nalishi talabasi M.Axmadjonov va kimyo yo’nalishi talabasi Z.Enazarovalar 1 – o’rinni egalladilar.

 

 
Musobaqa g’oliblari 301 gurux murabbiyi N.To’lakov, M.Axmadjonov va Z.Enazarovalarga musobaqa tashkilotchilari Kimyo yo’nalishi 301-K gurux talabalari “O’zbekiston yoshlar ittifoqi” guruh yetakchisi A.G’ofurov va N.Turg’unova tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

 

 
Musobaqa ko’tarinki kayfiyatda va qizg’in baxslarga boy bo’ldi. Gurux murabbiyimiz tadbirni tashkillashtirgan talabalarga minnatdorchilik bildirdi va o’qishlariga omad tiladi. Keyin bo’ladigan bayramlarga ham shunday tadbirlar uyushtirishni maslahat berdilar.

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.