0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Axborot resurs markazi




Egamberdiev Zuhriddin Mamadalievich
Markaz direktori
Telefon: 0(374)2250208
E-pochta: andu_arm@umail.uz
 
Universitet Axborot-resurs markazi 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A Karimovning 2006-yil 20-iyundagi “Respublika axolisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil qilish to‘g‘risida” gi  381-qaroriga muvofiq tashkil topgan.
Xozirgi kunda 65 nafar malakali xodimlar universitet professor- o‘qituchilari, talabalar, ishchi-xizmatchilar va aholining keng qatlamiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.ARM ning umumiy kitob fondi 469984 nusxani tashkil etadi.
2017-yilning yanvar xolatiga 16500 nafar foydalanuvchilar yagona kitobxonlik guvoxnomasi asosida ro‘yxatga olingan.
SHuningdek har yili Ommaviy axborot vositalariga obuna bo‘lish ishlari muntazam yo‘lga qo‘yib boriladi. Joriy yil xam 25.823000 so‘mlik 104 nomdagi gazeta va jurnallarga obuna tashkil etildi.
Xozirgi kunga kelib ARM da mavjud adabiyotlarning 36216 nomdagisi elektron katalogi “ARMAT” dasturi asosida yaratildi. SHu bilan birga to‘liq matnli elektron resurslarni yaratish ishlari xam jadallik bilan olib borilmoqda. 2017-yilning yanvar xolatiga 10715 nomdagi xar-hil turdagi adabiyotlarning elektron shakli yaratildi. Ayniqsa Universitet o‘quv-rejasida belgilangan fanlarning elektron shaklini yaratish asosiy vazifamiz bo‘lib qolmoqda.
2016-2017 o‘quv yili davomida rasmiy sayt tarkibida http://kutubxona.adu.uz elektron kutubxonasi ishga tushirildi. Unda o’quv qo’llanmalar, darsliklar, badiiy adabiyotlar muntazam  kiritilib, boyitib  borilmoqda.
 
Axborot resurs markazida 6 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatadi.
 
1. Ilmiy-metodik bo‘lim. Ilmiy metodik bo‘limi boshlig‘i Turg‘unova Gulfiza. Bo‘lim xodimlari ilmiy izlanuvchilarga mavzular bo‘yicha ma’lumotlar topishida, Bitiruv Malakaviy Ishlar bilan shug‘ullanayotgan bitiruvchi talabalarga,  magistrlarga diplom ishlari uchun ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadilar. Analitik, tematik va adresli bibliografik ma’lumotlar beradilar. Muhim va unitilmas sanalarga atab bukletlar, devoriy gazetalar, bibliografik tavsiyaviy ro‘yxatlar tayyorlaydilar, turli mavzularda tadbirlar tashkil qiladilar. Axborot – resurs markazi faoliyatini targ‘ibot qilish ishlari bilan shug‘ullanadilar.
 
 
2. Qabul butlash va kataloglash bo‘limi. Qabul butlash va kataloglash bo‘limi boshlig‘i Salimova Muborakxon. Bo‘limning asosiy vazifasi Markazga kelib tushayotgan yangi adabiyotlarni xujjat asosida qabul qilib oladi, tekshirib analiz qiladi, inventar kitobga yozadi, sumar hisob kitobiga sistema asosida bosqichma-bosqich belgilab boradi, adabiyotlarga texnik ishlov beradi. ARM ning barcha bo‘limlariga tartib asosida taqsimlaydi va yangi qabul qilingan adabiyotlarning ro‘yhatini tuzib universitet kafedralariga tarqatadi. YAngi adabiyotlarga katalog kartochkalari yoziladi va qat’iy tartib asosida kataloglarga joylashtiradi. Foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan kitoblarni ARM fondidan chiqaradi, o‘rniga olingan kitoblarni hisobga kiritadi. ARM ga keltirilgan yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar tayyorlaydi, hisobot beradi va barcha fakultetlarga tarqatadi.
 
 
3. Adabiyot va elektron axborot-resurslari bo‘limi. Adabiyot va elektron axborot-resurslari bo‘limi boshlig‘i Zokirova Oyimxon. Ushbu bo‘lim o‘quv zallarida abonement hamda yagona kitobxonlik bileti bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda rahbariyatga etkazib turadi. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularni saqlanishini, saqlash tartibini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar uchun  kutubxonashunoslik va bibliografiya, foydalanish tartib qoidalari bo‘yicha tushuntirish  ishlarini olib boradi. Foydalanuvchilarga berilgan kitoblarni fondga qaytarilishi, adabiyotlarni butligi xamda sifatini nazorat qilib boradi. O‘quv zallari kitob fondlari tarkibini o‘rganib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlaydi.
Elektron o‘quv zallari uchun ARM fondida kam sonli xamda noyob adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlaydi. Elektron axborotlarni o‘quv zalida foydalanuvchilarga etkazib berishni xamda kerakli elektron resurslar bilan to‘ldirib borish ishlarini tashkil qiladi.
 
 
4. Axborot texnologiyalari bo‘limi.
Axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Muxammadjonov Oybek. Ushbu bo’lim foydalanuvchilar uchun internetdan, korporativ tarmoqdan foydalanish xavfsizligi xamda ma’lumotlar qidirish ishlarida yordam beradi va axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xamda  ARMda mavjud adabiyotlarni elektron bibliografik yozuvlarini “ARMAT” dasturida shakllantirish ishlarini amalga oshiradi.
 
 
5. Marketing va axborot xizmat ko‘rsatish bo‘limi. Marketing va axborot xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Abduraxmanov Murodjon. Ushbu bo‘limda elektron resurslar orqali foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish monitoringini olib boradi. Elektron kataloglar yaratish ishlarida yordam beradi. ARM da ma’lumotlar bazasini boyitish ishlari bilan shug‘ullanadi. Foydalanuvchilarga internet tarmog‘idan foydalanishlarida yordam beradi. Elektron shakldagi kitoblarni targ‘ib qilishni va foydalanishni tashkil qiladi. ARM Axborot kutubxona tizimidagi yangiliklarni o‘rganib ARM da tadbiq qlish ishlari bilan shug‘ullanadi. Elektron resurslarni to‘plash, yig‘ish, saqlash va foydalanishni tashkil etadi. Foydalanuvchilarga internet tarmog‘ida joylashgan to‘liq matnli elektron hujjatlardan foydalanishda yordam beradi. Shuingdek yangi nashrlar to‘g‘risida axborot berib boradi. Bo‘limda foydalanuvchilarga nusxa ko‘chirish, kompyuter xizmatlari ko‘rsatish, adabiyotlarning elektron versiyasini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar amalga oshiriladi. Yaratilayotgan elektron versiyadagi adabiyotlarning sifatini tekshirib boradi.
 
 
6. Fondlarni saqlash bo‘limi. Fondlarni saqlash bo‘limi boshlig‘i Salimova Odinaxon. Foydalanuvchilar tomonidan berilayotgan buyurtmalarni bajarish, arxiv materiallarini foydalanuvchilarga etkazib berish, fondda saqlanayotgan kitoblarni va materiallarni sifatli saqlashni ta’minlaydi. Fondda saqlanib kelayotgan jurnal va gazetalarni sifatli va belgilangan muddatigacha saqlanishini ta’minlaydi. Foydalanuvchilarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil qiladi. Fondni yaxshi saqlanishiga, sanitariya va gigiena xolatiga javob beradi.
Shuningdek, Axborot-resurs markazida kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash yuzasidan muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilib boriladi.
Elektron katalog yaratishda ARM xodimlari “ARMAT” dasturi asosida ish olib bormoqdalar.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish, internet tarmog‘iga ulanish, “ZiyoNet” ta’lim tarmog‘idan talabalarga kerakli ma’lumotlarni yetkazib berishda axborot-texnologiyalar bo‘limi tez va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.