0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi




AZIMOVA ZIYODAXON ERGASHEVNA
Direktor
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Telefon:
Faks:
E-pochta:
 
MARKAZNING TASHKIL TOPISHI
 
Andijon davlat universiteti kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 19 fevraldagi 57- sonli buyrug‘ining 1-bandi, Andijon davlat universiteti Ilmiy kengashining 1999 yil 3 iyuldagi qarori bilan amalga oshira boshlagan. O‘zbekiston Respub-likasi  Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari,  242-sonli qoror ijrosini ta’minlashga qaratilgan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to‘g‘risida”gi Nizom hamda Andijon davlat universiteti rektorati, Ilmiy kengashi tomonidan belgilab berilgan sohaga doir vazifalarni ro‘yobga chiqarish markaz faoliyatining mazmunini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-qarori asosidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2007 yil 22 mart 58-buyrug‘i bilan fakultetga markaz maqomi berilgan. 2011 yil 18 yanvardan boshlab markaz universitet bosh binosining III qavatida joylashgan va zamonaviy ta’mirdan chiqarilgan maxsus binoga ko‘chib o‘tdi.
 
Markazda Andijon (Namangan) viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi kasb-hunar kollej va akademik litseylarning
  • biologiya
  • jismoniy tarbiya
  • iqtisodiy bilim asoslari
  • ingliz tili va adabiyoti (Namangan viloyati birgalikda)
  • informatika va axborot texnologiyalari
  • kimyo
  • matematika
  • milliy istiqlol g‘oyasi
  • musiqa
  • nemis tili
  • pedagogika
  • psixologiya,
  • rus tili va adabiyoti (Namangan viloyati birgalikda)
  • tarix
  • o‘zbek tili va adabiyoti
  • O‘zbekiston Konstitutsiyasi shaxs va jamiyat
  • fizika
  • fransuz tili o‘qituvchilari  o‘z malakalarini  oshiradilar.
Markazda tegishli bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni pedagogik qayta tayyorlash kursi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
 
TASHKILIY ISHLAR
 
1. Markazda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni o‘rganib chiqildi. Farmonda oliy ta’lim muasssasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan. Shu farmon hamda O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”, 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari,  242-sonli qoror ijrosini ta’minlashga qaratilgan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to‘g‘risida”gi Nizom hamda Andijon davlat universiteti rektori, Ilmiy kengashi tomonidan belgilab berilgan sohaga doir vazifalar asosida markazning 2015-2016 o‘quv yili uchun tashkiliy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi, 2015-2016 o‘quv yilida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ishlab chiqilgan.
2. O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus, kasb-?unar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni ?ayta tayyorlash instituti, Andijon va Namangan viloyati ¢rta maxsus kasb-?unar ta’limi bosh?armalari bilan 2015-2016 ¢?uv yillari uchun malaka oshirish, ?ayta tayyorlash kurslarida ¢?itish   rejalari belgilandi; shartnomalar tuzildi. 2015 yilda MO yo‘nalishlarida 1530 nafar (shundan 80 nafari Namangan viloyatidan), pedagogik QT kurslarida 200 nafar tinglovchilar tahsil olgan bo‘lsalar, joriy yilning iyun holatiga MO yo‘nalishlarida 993 nafar (shundan 70 nafari Namangan viloyatidan), pedagogik QT kurslarida 175 nafar (shundan 115 nafari to‘lov shartnoma asosida) tinglovchilarning pedagogik-metodik salohiyatlari ta’lim tizimi yangiliklari bilan boyitildi.
3. Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjud  25 dona “Pentium” rusumli internet tarmog‘iga ulangan kompyuter, 4 ta videoproektor,  4 ta printer, 1 ta elektron doska, 1 ta lektor texnik majmuasining to‘liq ishlashi, saqlanishini ta’minlash; internet tarmog‘idan to‘g‘ri va unumli foydalanib o‘qitish mazmunini yanada boyitish; yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish (bu o‘rinda universitet rahbariyatining ko‘magida  tejalgan mablag‘lar hisobidan 30 dona noutbuk xarid qilish, qo‘shimcha kompyuter xonasini jihozlash yaqin istiqbol rejamizda amalga oshirilishi belgilangan); dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mavjud 10 ta (shundan 1 ta kompyuter o‘quvxonasi) o‘quvxona, 3ta ma’muriy xonalarning asrab-avaylanishi, jihozlarning foydalanish muddatlarini uzaytirishga erishish; universitet talabalar turarjoyidan qo‘shni viloyat va uzoqdan keluvchi tinglovchilarning talablariga muvofiq  ajratilayotgan yotoqjoyda turuvchi tinglovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish kabi  rejada belgilangan vazifalar o‘z ijrosini topmoqda.
4. Markaz ish samaradorligini oshirishda malaka oshirish va pedagogik qayta tayyorlash kurslarida olib borilayotgan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni, pedagogik amaliyot jarayonlarini tahlilllash, monitoring qilish maqsadida har oyda tinglovchilar o‘rtasida “So‘rovnomalar” o‘tkazilib borilmoqda, talab va takliflar o‘rganilmoqda. Bu markaz faoliyatini ob’ektiv baholashga, ta’lmiy-tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri amalga oshirishga zamin yaratmoqda.
5. Markazda malaka oshirish va pedagogik ?ayta tayyorlash kurslariga ¢?ish uchun kelgan tinglovchilarni universitet ?ayoti bilan tanishtirish, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini avaylab-asrash, universitetning ichki tartib-intizom ?oidalariga t¢li? rioya etish: kiyinish, muomala odobi kabi masalalar borasida muttasil tashvi?ot-tar?ibot, davra su?batlari olib borilmo?da.
 
 
 
 
 
 
O'QUV-USLUBIY ISHLAR 
 
1. Markaz professor-o‘qituvchilarining me’yoriy hujjatlari: ishchi o‘quv dastur va rejalari, o‘quv-uslubiy majmualarining yangilangan pedagogik tafakkur aosida qurilishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Malaka oshirish va pedagogik qayta tayyorlash kurslaridagi 187ta o‘quv modullari bo‘yicha  153 ta o‘quv-uslubiy majmualar o‘qitishning innovatsion texnologiyalari asosida yangitdan  yaratildi.
2. Markaz professor-¢?ituvchilari tomonidan malaka oshirish va pedagogik ?ayta tayyorlash kurslari ¢?uv dasturlariga ?am muvofi?  keladigan  64 ta uslubiy ?¢llanma yaratildi.
3. O‘rganilayotgan ta’lim tizimi yangiliklarining amaliyotga tatbiqini  mustahkamlash, kasbiy intellektual salohiyatni yanada oshirish masqsadida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining 100 soatdan ziyod, pedagog-xodimlarning 30 soatdan ortiq “Ochiq dars”lari  markaz pedagog-xodimlari tomonidan kuzatildi, tahlillandi, uslubiy tavsiyalar berildi.
4. O‘rta maxsus KHK va akademik litseylar bilan hamkorlik pedagogikasini rivojlantirish hamda pedagogik amaliyot davrini yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida  2015 yilning sentabr-dekabr, 2016 yilning fevral-may oylarida pedagogik qayta tayyorlash kurslarida tahsil olgan tinglovchilar, joylardagi KHK va AL pedagogik jamoalari, o‘quvchilari ishtirokida Andijon shahri, Andijon, Shahrixon, Paxtaobod, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Asaka, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Buloqboshi tumanlarida sayyor ilmiy-medodik seminarlar tashkil etildi. Ushbu seminarlarning yuqori savida o‘tkazilishida markaz pedagog-xodimlari bilan birga pedagogika fakulteti dekani dotsent Charosxon Shokirova, pedagogika kafedrasi mudiri dotsent Muhayyo Ortiqova, shu kafedraning pedagog-xodimlari: professor To‘ychi Hasanov, dotsentlar Nasimxon Abdurahmonov, Kamoldin Turg‘unboev, Arofatxon Negmatova, Nasibaxon Abdullaeva, Akramjon Teshaboev; ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani dotsent O‘ktamjon Ubaydullaev, psixologiya kafedrasi mudiri dotsent Naimaxon Halimova, shu kafedraning pedagog-xodimlari: dotsent Nurbek Jo‘raev, p.f.n. To‘xtaxon Sulaymonova, katta o‘qituvchi Yodgora Yusupova, Gulxumor Tojiboevalarning xizmatlari alohida o‘rin tutishini ta’kidlash joizdir.
 
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
 
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga ixtisoslashgan institut (markaz, fakultet) larda yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi “Yo‘riqnoma”ga  asosan tinglovchilarning malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari davomida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasining davlat talablariga muvofiqligini har tomonlama o‘rganib baholash, tinglovchilarga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risdagi davlat namunasidagi sertifikat yoki diplom berilish masalasini hal etish maqsadida tinglovchilarni “malakani himoya qilish”, “kursni tugatish ishi” yuzasidan kichik tadqiqot ishlari olib borishga, ilmiy izlanishga yo‘naltirish; kichik tadqiqot ishlarining ilmiylik, tizimlilik, mantiqiylik, uslubiy mukammallik tamoyillari asosida yozilishi hamda himoya qilinishiga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda.
2015 yilning sentabr – dekabr oylarida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida tahsil olgan 502 nafar (MO kurslarida – 403 nafar, QT kurslarida – 99 nafar) tinglovchilarning 471 ta;  2016 yilning yanvar-iyun oylarida MO va QT kurslarida o‘qigan 1168 nafar (MO kurslarida – 993, QT kurslarida - 175) tinglovchilarning 1115ta “malakani himoya qilish” va “kursni tugatish ishi” “Yo‘riqnoma” talablariga muvofiq himoya qilinishiga erishildi.  “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to‘g‘risida”gi Nizom qoidalariga rioya etmaganligi, “malakani himoya qilish” va “ kursni tugatish ishi” yozish, himoya qilish talablarini bajarmagani uchun 84 nafar tinglovchi tinglovchilar safidan chiqarildi, ularga davlat namunasidagi sertifikat va diplomlar berilmadi.
2. Pedagogika kafedrasi va ADU kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamkorligidagi A-1-41 “Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv-ishlab chiqarish tizimida milliy-an’anaviy bazasi hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy grant tadqiqot rejasiga ko‘ra “Yoshlarni qo‘shimcha kasbga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Grant tadqiqot ishlari rejasidagi vazifalarni amalga oshirish, anjuman materiallariga tezis va maqolalar taqdim etish, anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etish asnosida tinglovchilarning ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalari yanada shakllantirildi.
3. Malaka oshirish va pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchi-larining o‘zlashtirilgan yangi pedagogik-metodik bilimlar asosida, o‘z fan yo‘nalishlari bo‘yicha – ma’lum fanlarni o‘qitish, fan tarkibidagi bo‘limlarni o‘rganish yoxud fan doirasidagi muayyan muammoni o‘rgatish, hal etishga bag‘ishlangan 30ga yaqin kichik uslubiy qo‘llanmalari markaz pedagog-xodimlarining taqrizidan o‘tdi, amaliyotga joriy etish uchun imkoniga ega bo‘ldi.
 
MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR
 
1. Markazda tinglovchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. MO va QT kurslari tinglovchilariga ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchsi Azizbek Egamberdiev, O‘DJQNA kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusufxon Jahongirovlar ishtirokida Prezidentimiz Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senatorlar yig‘ishlarida hamda Toshkent, Namangan viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyalarida, respublikamiz konstitutsiyasining 23 yillik tantanalarida, 9 may Xotira va qadrlash kuni oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga bergan javoblarini, nutqlari, ma’ruzalarini o‘rganish yuzasidan “ochiq dars”lar, ilmiy-amaliy seminarlar, davra suhbatlari tashkil etildi.
2. ADU kichik majlislar zalida  MO va QT kurslari tinglovchilari bilan Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxassisi Otabek Bozorov, Andijon viloyat ma’naviyat targ‘ibot markazi boshlig‘i Abbosxon Isroilovlar ishtirokida professor Muhammad Quronovning “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz”  nomli asari taqdimoti  va farzand tarbiyasida ota-onaning, mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘, ta’lim tizimi xodimlarining o‘rni, vazifalariga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
3. ADU yangi binosining kichik majlislar zalida  MO va QT kurslari tinglovchilarining talab va takliflari asosida iste’dodli olim O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasining haqiqiy a’zosi, kimyo fanlari doktori, huqshunoslik fanlari faxriy doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator, 600 dan ortiq ilmiy-ommabom maqola, 70 dan ziyod risola, darslik va qo‘llanmalar muallifi Ibrohimjon Asqarov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
4. Markazda muhim sana, milliy qadriyat va an’nalarimizga sadoqat ramzi sifatida “Mustaqillik – ulug‘ ne’mat”, “Konstitutsiya – adolat mezoni”, “Til – millatning ko‘zgusi”, “Vatan himoyasi - muqaddas”, “Buyuk siymolarimiz – millatimiz g‘ururi”, “Barkamol avlod – kelajagamiz ishonchi” kabi mavzularda ma’rifiy-ma’naviy tadbirlar rejasida assoida o‘tkazilib kelinmoqda.
Andijon davlat universiteti kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida 2016-2017 o‘quv yilida tashkiliy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirishni; MO va QT kurslari tinglovchilarining  kasbiy salohiyalarini, ilmiy-metodik bilimlarini, pedagogik tajribalarini yangilangan pedagogik tafakkur asosida, o‘qitishning yangi innovatsion metod va usullari asosida yuksaltirishni; MO va QT mazmunini ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan muhim talablar asosida yanada boyitishni aniq maqsad qilib belgilab olingan.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.