0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Axborot texnologiyalari markazi




Markaz O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 yildagi N 230-sonli (2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantilirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida) qaroriga, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta`lim vazirligining 23.01.2005 yildagi N 23-sonli buyrug’i va universitet Ilmiy kengashi qarori hamda universitet rektori buyrug’i bilan tashkillashtiriladi.
 
MARKAZNING ASOSIY ISH FAOLIYATI
  • Komp`yuter va axborot infratuzilmasini tashkillashtirish va boshqarish.
  • Elektron kutubxonalar va axborot tizimlarini yaratish va o’quv jarayonida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy qilish. Axborot texnologiyalarini va masofaviy o’qitish tizimlarini universitet darajasida joriy qilish.
  • Axborot texnologiyalari va masofaviy o’qitishni dolzarb masalalari bo’yicha o’qituvchi-professorlar uchun seminarlar o’tkazish.
  • O’qituvchilarga, aspirantlarga va talabalarga internetda ishlash uchun imkoniyat yaratish va milliy o’quv - ilmiy tarmoqlardan foydalanishni ta`minlash.
  • Universitet fakul`tetlari va kafedralari bilan hamkorlikda masofaviy o’qitishning o’quv-uslubiy bazasini yaratish, ya`ni elektron darsliklar, o’quv-uslubiy materiallar, masofaviy o’qitishdagi kurs modullarini yaratish.
  • Axborot va kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish, masofaviy o’qitishda erishilgan yutuqlarni namoyish etish maqsadida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va ko’rgazmalar tashkil qilish.
  • Respublikamizning boshqa oliy o’quv yurtlari, markazlari va bo’limlari, hamda chet el oliygohlari bilan ilmiy va ijodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish.
  • Universitet qoshida ishlab chiqiladigan dasturiy vositalarning va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining sifatini boshlang’ich ekspertizadan o’tkazish.
  • Komp`yuter sinflarida universitet kafedralari tomonidan o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlarini sifatli o’tkazilishini nazorat qilish ularga ilmiy-amaliy maslahatlar bårish.
  • Axborot texnologiyalarini va masofaviy o’qitish tizimini rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish.
  • Axborotlarni himoyalash maqsadida havfsizlikni ta`minlovchi chora-tadbirlarni tadbiq etish.
  • Axborot texnologiyalariga doir oxirgi yutuqlarni o’rganib chiqish va joriy etish maqsadida takliflar ishlab chiqish.
  • Universitet faoliyatini axborotlashtirish va ularni moliyalashtirish bo’yicha takliflar bilan chiqish.
  • Boshqa tashkilotlardan mutaxassislarni, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish.
  • Markaz o’z faoliyatini amalga oshirish maqsadida universitet qoshidagi kafedra va bo’limlardan zaruriy ma`lumotlarni talab qilish
MARKAZ MAJBURIYATLARI
  • Universitetni zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta`minlash bo’yicha takliflar kiritish.
  • Universitet bo’yicha kompyuter tarmog’ini yaratish va bu tarmoq ishlashini ta`minlash.
  • Universitetda mavjud kompyuterlarni zamonaviy dasturlar bilan ta`minlash.
  • Universitet avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va boshqarish.
  • Universitet axborot va ta`lim zahiralarini Milliy ilmiy-o’quv tarmog’i bilan birlashtirishga ko’maklashish.
  • Universitetda zamonaviy kompyuter sinflarini barpo etishda faol qatnashish.
  • Komp`yuter texnologiyalari va masofaviy ta`limni joriy etish maqsadida o’quv-uslubiy ko’rsatmalarni yaratish.
  • Elektron dasturlarni yaratishda va ularni o’quv jarayoniga joriy etishda ko’maklashish.
  • Kutubxonada elektron kataloglar, elektron kutubxonani va xorijiy elektron kutubxonalariga chiqishni tashkillashtirishda ishtirok etish.
  • Universitetda 543 ta kompyuter, shu jumladan  8 kompyuter xonasi lokal tarmoqqa ulangan. "Uchitel-60" tizimi, 4 ta lingofon kabineti, 4 ta elektron doska va yuqori tezlikli internet tarmog’iga ulangan "Masofaviy ta`lim - videokonferensiya" ta`lim jarayonida qo’llanilmoqda.
  • Mul`timedia markazida elektron darsliklar va virtual laboratoriya stendlari yaratilib, ARMga va tegishli kafedralarga taqdim etiladi. Universitetda o’quv va ilmiy laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida bir qator ijobiy ishlar bajarilgan. 2009 yilda “Osiyo taraqqiyot banki” granti asosida fizika va kimyo yo’nalishlari uchun 100,0 mln so’mlik laboratoriya jihozlari olingan. 2009 yilning sentyabr` oyida KOICA granti asosida universitetda 50,0 ming AQSH dollari hajmidagi jihozlarga ega bo’lgan axborot texnologiyalari markazi ishga tushirildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.