0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti




AXMEDOVA UMIDAXON KADIRJANOVNA
Qo`mita raisasi

Telefon: 0(374)2257040
E-pochta: 


1991 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlarining Termiz konferensiyasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil topdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining     1995 yil 2 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-1084 sonli Farmoni asosida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga Bosh vazirning o‘rinbosari, viloyat, tuman, shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosari maqomi berildi. 2004 yilning 25 mayida Respublika Prezidentining “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-3434 sonli farmonining e’lon qilinishi xotin-qizlar qo‘mitalariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.Xotin-qizlar qo‘mitasining eng asosiy bo‘g‘ini – Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti hisoblanadi.

Boshlang‘ich tashkilotning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining XXXIX Rayosati Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati» haqidagi Nizom huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy vazifalari:

•  Xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish.
•  Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish.
•  Milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash.
•  Yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan yetuk insonlar qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.

Andijon davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi lavozimida filologiya fanlari doktori, professorlar Munavvara Yakubbekova, Salimaxon Mirzaeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Arofatxon Negmatova, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Me’rojxon Yusupovalar samarali faoliyat yuritgan.

Universitetdagi jami 508 nafar ayollarning 225 nafari professor-o‘qituvchilarni tashkil qiladi. Ulardan 6 nafari fan doktori (shundan, 4 nafari professor), 30 nafari fan nomzodi (shundan, 29 nafari dotsent) ilmiy darajalariga ega bo‘lib, talaba yoshlarga puxta bilim berish bilan birga, ularni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash yo‘lida munosib xizmat qilmoqdalar.

Universitetda mavjud 8 ta fakultetning barchasida boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyat olib boradi.

Fakultetlardagi boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisalari:
  1. Tabiiy fanlar fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – To‘xtabaeva Feruza Muratovna.
  2. Tarix fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – Radjapova Marg‘uba Zakirovna.
  3. Xorijiy tillar fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – Zokirova Dildoraxon Muydinovna.
  4. Jismoniy madaniyat fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – Dumaeva Feruzaxon Nasriddinovna.
  5. Pedagogika fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – Abdullaeva Mavludaxon Oripovna.
  6. Filologiya fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – Abdullaeva Dildoraxon Zumratbekovna.
  7. Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – Maraimova Umida Isamailjanovna.
  8. Fizika-matematika fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi – Turg‘unova Kamolaxon Xasanjonovna.

Talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida boshlang‘ich tashkilot qoshida «Iqtidorli qizlar» klubi, «Orasta qizlar» to‘garagi, «Ibn Sino» salomatlik maskani markazi, «Psixologik maslahat markazi» tashkil etilgan.2001 yil biologiya fanlari nomzodi, faxriy professor Q.Qo‘chqorov ilmiy rahbarligida ximiya-biologiya fakulteti talabasi Hilola Qo‘chqorova, 2004 yil tarix fanlari nomzodi, dotsent S.Hoshimov ilmiy rahbarligida tarix fakulteti talabasi Dilrabo Abdullaeva “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2016-2017 o‘quv yilida xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy bilimlarini oshirishga, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya targ‘ibotini, madaniy saviyani yuksaltirish, ularni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasida ayollar saylov huquqlarining kafolatlari”, “Yoshlar bilan muloqot – kelajak manfaatining poydevoridir”, “Har bir hayot qadrli”, “Reproduktiv salomatlik – barqaror hayot kafolati”, “O‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olishda inson manfaatlari va qadrini e’zozlashning ijtimoiy ahamiyati”, “Vatan himoyasi – muqaddas burch”, “Qizlarning yurish-turish, kiyinish va muloqot madaniyati”, “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!”, “Giyohvandlik va OITS profilaktikasi” mavzularida soha mutaxassislari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.