0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Jismoniy madaniyat fakulteti




NOSIROV BOTIR MUNIROVICH
Fakultet dekani. Pedagogika fanlari nomzodi.

Telefon: 0(374)2258280
E-pochta: jis-tar_anddu@edu.uz
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1982 yil 18 iyunda Andijon viloyati, Andijon shaxar 2-tor Raximboboyev ko`cha 1 uy  ziyoli oilasida tug‘ilgan
  • 1999-1999 yillarda Andijontrans servis firmasi ishchisi/
  • 1999-2003 yillarda Andijon davlat universiteti Jismoniy tarbiya va Jismoniy madaniyat fakultetini  tamomlagan
  • 2003-2008 yillarda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari
  • 2008-2010 yillarda Toshkent shahar O`zbekiston davlat Jismoniy tarbiya instituti aspiranti.
  • 2010-2011 yillar  Toshkent shahar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tasarufidagi umumta`lim maktabi ma`naviy va ma`rifiy ishlari director o`rinbosari.
  • 2011-2012 yillarda Andijon davlat universiteti Sport fanlari va uni o`qitish metodikasi kafedrasi assistenti
  • 2012-2013 yillarda Andijon davlat universiteti Sport fanlari va uni o`qitish metodikasi kafedrasi mudiri
  • 2013-2015 yillarda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakul`teti dekan vazifasini bajaruvchisi
  • 2015 yil 31 dekabrdan Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakul`teti dekani lavozimida ishlab kelmoqda

YUSUPOV TO`LANBOY IBROXIMOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari

Telefon: 0(374)2258280
E-pochta: jis-tar_anddu@edu.uz

 

MAMADALIYEV QUDRATBEK MARIBOVICH
Ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha
dekan o`rinbosari.

Telefon: 0(374)2258280
E-pochta: jis-tar_anddu@edu.uz

 
Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti Andijon davlat pedagogika institutining ximiya-biologiya fakulteti  qoshida jismoniy tarbiya bo‘limi sifatida 1958-yilda tashkil etilgan.1959-1960 yildan mustaqil fakultet sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Uning birinchi dekani dotsent A.X.Yunusov (1960-1966) fakultetni boshqargan
Undan so‘ng fakultetga E.K.Xalilov (1988-1997)  I.Mamatoxunov (1997-2000), N. Yuldashev(2000-2008), S.Niyazov (2008-2010) X.X. Soliev (2010-2013)lar dekan lavozimida ishlab keldilar. 2013 yildan fakultet jamoasini iqtidorli yosh olim, pedagogika fanlari nomzodi Nosirov Botirjon Munirovich boshqarib kelmoqda.
 
O‘QUV JARAYONI
 
Jismoniy madaniyat fakultetida buguni kunda 512000 – Jismoniy madaniyat bakalavr ta’lim yo‘nalishi boyicha mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda “Jismoniy madaniyat” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud. Magistraturani tamomlagan iqtidorli magistrantlar fakultet pedagog jamoasi safiga ishga qabul qilinadilarFakultetda xozirgi kunda 108 nafardan ziyod, Olimpiada, jaxon, osiyo, halqaro va respublika chempionlari tahsil olmoqda ularga 50 dan ortiq professor o’qituvchilar ta’lim-tarbiya bermoqda.

TO`GARAKLAR FAOLIYATI
 
Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Futbol”, “voleybol (erkaklar)”, “voleybol (ayollar)”, “basketbol”, “qo’l to’pi (qizlar)”, “qo’l to’pi (erkaklar)”, “suzish”, “engil atletika”, “stol tennis”, “belbog’li kurash”, “erkin kurash”, “yunon rum kurashi”, “gimnastika”, “shaxmat”, “refleks” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
 
MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR
 
Jismoniy madaniyat fakultetidagi barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
 
FAKULTET KAFEDRALARI
 

JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI

JUMAQULOV ZOXIDJON PATIDINOVICH
Kafedra mudiri.

Telefon: 0(374)2258280
E-Pochta: jismoniy_anddu@edu.uz

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga mutaxasislik fanlaridan nazariy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar, seminarlar va tajriba mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Kafedraga kurash bo‘yicha jaxon chempioni Xalqaro toifadagi sport ustasi  Zoxidjon Jumaqulov mudirlik qilmoqda.
 

FAKULTETLARARO JISMONIY MADANIYAT VA SPORT KAFEDRASI

ISAQOV RUSLAN SHAVKATOVICH
Kafedra mudiri.

Telefon: 0(374)2258280
E-Pochta: jismad_anddu@edu.uz

 
Fakultetlararo Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi. Ushbu kafedraga sport ustasi, katta o‘qituvchi Ruslan Isaqov mudirlik qilib kelmoqda, kafedra universitet fakultetlari talabalariga jismoniy madaniyat darslarini, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalariga sport turlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda.
 

HAYOT FAOLIYATI XAVSIZLIGI KAFEDRASI

ZAYNOBIDDINOV ANVARJON ERKINJONOVICH
Kafedra mudiri. Biologiya fanlari doktori

Telefon: 0(374) 225-82-80
E-Pochta: 

Kafedra universitetning barcha  yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar bilan Fiziologiya va anatomiya, valiologiya xamda Hayot faoliyati xavsizligi fanlaridan mashg‘ulotlar olib boradilar.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2017. Barcha huquqlar himoyalangan.